Маърузани олиб бориш технологияси


O’qituvchi: Xuddi shimday qizijonim. 4-o'quvchi


Download 1.51 Mb.
bet26/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

O’qituvchi: Xuddi shimday qizijonim.

4-o'quvchi: Vatan otaning farzandlari kamoli uchun katta umidlar ila qurgan poydevori emasmi, ustoz? O’qituvchi: Xuddi shimday, qizijonim.

5-o'quvchi: Vatan tug'ilib o'sgan uying, beshiging, ostonang emas­mi, ustoz?

O’qituvchi: Xuddi shunday, qizijonim.

6-o'quvchi: Vatan ko'zlarida hayrat aks etgan o'quvchining ilk muallimi, sinfi, jonajon maktabi emasmi, ustoz?

O’qituvchi: Xuddi shunday, qizijonim.

Endi qizlarim, kim aytib beradi ushbu Vatanda

Ne-ne ulug' zotlar yashab o'tganin.

Ne uchun ularni dunyo xaiqlari

Nomlarin tillarda doston etganin.

7-o'quvchi: Shu yurtning muqaddas gul tuprog'iga,

Ne-ne azizlarning qadami tekkan.

Buyuk bobolarning buyuk ishlari,

Ta'rifi Mashriqdan Mag'ribga yetgan.



8-o'quvchi: Farg'oniy o'z narvonin qo'yib,

Yulduzlar siridan ko'p dovrug' soldi.

Temurning qurdirgan binolariga

Butun dunyo xalqi hayron, lol qoldi.



9-o’quvchi: Tanamdagi yetmish ikki tomirda

To'maris momomning jo'shqin qoni bor,

Nodira, Uvaysiy, Zebunisoning

Ruhlari bizlarga doim madadkor.



10-o'quvchi: Marg'iloniy bobom yozgan hikoya

Barchani ezgulik sari chorlaydi.

Vatanni sevgan har bir insonni

Bobomning ruhlari doim qo'llaydi.


O’qituvchi: Mening dono qizlarim! Sizlar ulug'larimiz to'g'risida ham ko'p ma'lumot bilar ekansiz. Endi har birimiz ona-yurtga bo'l-gan mehr-muhabbatimizni qanday ifoda etsak bo'ladi?

11-o'quvchi: Xalqi uchun istiqlol, ozodligi erk bergan,

Yurtning farzandlarini o'z bolasiday sevgan.

Buyuk Turon ishqida doim yonib yashagan,

Vatanparvar bo'lishni Yurtboshimizdan o'rgan.




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling