Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet37/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat, “aqliy xujum”

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




    1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (1-ilova)

2.2 Mavzuni mustahkamlash uchun klasterda ishlaydi (2-iilova)

2.3 Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi


Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Mashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.


Aqliy hujum usulining texnologik xaritasi

Savol: Yuksak ma’naviyat nima uchun yengilmas kuch deya e’tirof etilmoqda?


Ishlar bosqichi va mazmuni

Faoliyat

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchi

1 - bosqich

Tayyorgarlik



Dars davomida aqliy xujum vaqtini aniqlaydi va uning maqsadini sakllantiradi, baholash mezonini ishlab chiqadi.




2- bosqich.

Kirish


Aqliy hujum qoidasi bilan tanishtiradi. Ishtirokchilarni 2- jamoaga ajratadi. Berilgan savolni eslatadi va boshlashga ruhsat beradi.

Har bir jamoa ekspert tanlaydi. Qulay joylashadi.


3-bosqich

Asosiy qism



Kuzatadi, yo’llaydi, rag’batlantiradi. Tortishuvga halaqit bermaydi.

Ekspertlar bilan birgalikda javoblarni muhokama qiladi.



Savol bo’yicha takliflar va fikrlarni aytadilar. Eng yaxshi g’oyalarni ajratadilar. G’oya mualliflari o’z g’oyalarini himoya qiladilar.

4-bosqich

Yakunlash



Ekspertlar hulaosasini umumlashtirib, jamoalar ishini baholaydi. Faol jamoani rag’batlantiradi.

O’z-o’zlarini baholaydilar


(1- ilova)

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'linasligi, farzandlarimiz-ning bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo'lib yashashi uchun bor, kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqi­yos ahamiyat kasb etadi. Islom Karimov

Insoniyat tarixining saboqlari ko'p. Shulardan biri -o'z tarixini, ota-bobolari bosib o'tgan yo'lni, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi bo'lmaydi. Har bir xalq milliy taraqqiyot, farovonlik sari intilar ekan, o'z o'tmishiga ziyrak nigoh bilan qarashi, yaxshi yomon kunlaridan anglashiladigan xulosalarni diqqat-e'tiborda tutishi lozim bo'ladi. Yana bir saboq: ozodlik, hurlik yo'lidagi maqsad-muddaolari ijobat bo'lib, mustaqillikni qo'lga kiritganlar ham, bir lahza bo'lsin, hushyorlikni qo'ldan bermasligi, hamisha ogoh bo'lishi, ta'lim-tarbiyada ma'naviy bo'shliqqa yo'l qo'ymasligi lozim bo'ladi. Bu to'g'rida fikr yuritar ekan, kitob muallifi quyidagilarni ta'kidlaydi: "Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, bi­limli, dono va, albatta, baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo'qotsak, bu o'ta muhim ishni o'z holiga, o'zibo'larchilikka tashlab qo'yadigan bo'lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo'g'rilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, Mustaqillikmizdan ayrilib, oxir-oqibatda o'zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo'lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin".

"Ma'naviyat" tushunchasi hayotimizga istiqlolga erishganimizdan keyin kirib keldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. To'g'ri, bu tushuncha avval ham mavjud edi. Ammo totalitar tuzum sharoitida inson ma'naviyati, ruhiy olami, milliy-axloqiy qadriyatlar to'g'risida fikr yuritish mutlaqo mumkin emas edi. Davlatimiz rahbarining yangi kitobida ma'naviyatning ma'no-mohiyati uzoq yillik hayotiy kuzatishlar, mustaqillik yillari tajribalari va bugun dunyo miqiyosida yuz berayotgan voqea-hodisalar, inson ruhiy olamidagi o'zgarishlar misolida g'oyat ta'sirchan va ishonarli tarz-da ifodalab berilgan: "Ma'naviyat — insonni ruhan poklanish, qalban ulg'lashga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining me-zonidir. Mening nazarimda, "ma'naviyat" tushunchasi jamiyat hayotidagi g'oyaviy, mafkuraviy, ma'rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarini o'zida to'la mujassam etadi".

Istiqlolimizning dastlabki qadamlaridan boshlaboq ijtimoiy-madaniy hayotimizda, ta'lim va tarbiyada ma'naviyatga, xususan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga alohida e'tibor berildi. Dav­latimiz rahbari o'zining bar bir ma'ruzasida, asarlarida ma'naviyat milliy o'zlikni anglashda muhim va hal qiluvchi vosita ekanligini alohida uqdirib o'tadi. Shu bois o'tgan yillar davomida olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilar bu yangi tushunchani sharhlashga, uning bugungi hayotimizdagi ahamiyatini anglashga harakat qildilar. Ammo e'tirof etish kerakki, yuqorida keltirilgan ta'rifda, hech mubolag'asiz, "ma'naviyat" so'zining ma'no-mohiyati har jihatdan mukammal darajada ochib berilgan.

"Insoniyatning ko'p ming yillik tajribasi shundan dalolat bcradiki, — deb yozadi muallif, - dunyodagi zo'ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o'ziga tobe qilib, bo'ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo'lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya'ni eng buyuk boyligi bo'lishga milliy qadriyatlari, tarixi va ma'naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig'ini uzoq va yaqin tarixdagi ko'p-ko'p misollarda yaqqol ko'rish mumkin. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma'naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o'sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda, shak-shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi".

Kitobda ma'naviyatimizga bo'layotgan turli ko'rinishdagi tahdidlarga alohida e'tibor beriladi. Ma'naviy qurolsizlantirilgan va buning oqibatida ma'naviy ildizlari zaiflashgan xalq eng oddiy xavf-xatar oldida ham ojiz bo'lib qoladi. Bugun dunyodagi katta-kichik har bir mamlakat ona-sayyorainizning duch kelgan chorrahasida o'z manfaatini qidirib, voqea-hodisalarga baho berishda, avvalo, o'z manfaatidan kelib chiqar ekan, yanada hushyor va ogoh bo'lishga to'g'ri keladi. Negaki iqlisodiy, harbiy tazyiqni sezish oson, ammo mafkuraviy tazyiq ko'rinmas va sezilmas bir ofat sifatida xalq, millat hayotiga asta-sekin kirib keladi va chuqur ildiz otadi.Iqtisodiy tanglikni hamjihatlik bilan ko'rilgan chora-tadbirlar tufayli yengish mumkin, ammo ma’naviy tanglikni yengish oson kechmaydi. Buning sababi niyati xolislikdan yiroq kuchlar bugungi globallashuv zamonidu o'zga bir xalq, millat ma'naviyatiga qarshi kurash boshlar ekan, bir qarashda beozor ko'rinadigan "maftunkor,jozibali" vositalardan, jumladan, Intemet, radio va televideniye imkoniyatlaridan, chiroyli ko'rinish va manzaralarga burkalgan ko'p seriyali kino mahsulotlaridan, ommaviy axborot vositalaridan g'oyatda unumli foydalanadi. Bunda asosiy kuch va imkoniyatlar yosh avlod ongi va qalbiga ta'sir o'tkazish, ularni to'g'ri yo'llardan og'dirishga qaratiladi. Bu kurashning yana bir maqsadi - o'zga bir xalq, o'zga bir millat hayotiga, ma'naviy olamiga o'z qadriyatlarini singdirishga urinishdir.

Istiqlol yillarida bunday noxush holatlarga ko'p bor duch keldik va, aytish joizki, bunday urinishlar hozir ham yo'q emas, kelgusida ham bo'ladi. Eng achinarlisi: goho o'zimiz ham beparvoligimiz, alrofimizda, uzoq-yaqin hududlarda kechayotgan jarayonlar mohiyatini chuqur anglamasligimiz oqibatida ma'naviyat va milliy ruh ildizlarini zaiflashtirishga bo'lgan urinishlarning ishtirokchisi bo'lib qolamiz. Birovning ashulasiga o'ynab ketamiz, odob-axloqimizga, ma'naviyatimizga, milliy mentalitetimizga yot narsalarni farqlamay, taka bo'lsin-u, sut bersin deganday, bemalol targ'ib qilaveramiz. Bugun biz e'tibor bermayotgan bunday "mayda-chuyda" narsalar ertaga yoshlar ongini zararli chirmovuq yanglig' o'rab olishi aniq. Zero, ma'naviyatda, ma'naviy-axloqiy tarbiyada mayda-chuyda narsalaming o'zi yo'q.

Davlatimiz rahbari har doimgidek, bu gal ham bizni, butun xalqimizni, ayniqsa, kelajagimiz, ertangi kunimiz bo'lgan farzandlarimizni mana shu xavfdan ogoh qilmoqda: "Ma'naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e'tiqodidan qat'i nazar, har qaysi odamning tom ma'nodagi erkin inson bo'lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko'zda tutadigan mafkuraviy, g'oyaviy, informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o'ylayman... Lo'nda qilib aytadigan bo'lsak, bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishni, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko'zlashini, o'ylaymanki, yurtimizda yashaydigan sog'lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi".

Kitob muallifi sodda tilda tushuntirib berayotgan va biz alohida e'tibor berishimiz lozim bo'lgan yana bir muhim fikr shuki, ma'naviyatni tushunish va anglash uchun, avvalo, insonni tushu­nish va anglash zarur. Demak, ma'naviyat insonning ruhiy olami, komillik sari intilishi, odob-axloqi, o'zi mansub bo'lgan xalq tarixi, urf-odatlari va qadriyatlariga munosabatini ko'rsatuvchi o'ziga xos ko'zgu hamdir. Ma'naviyatning yengilmas kuch ekanligi boisi ham shunda. Zero, ruhiy olami pok, o'zini, o'zligini anglagan, Vatani tarixidan boxabar, kelajakka ishonchi mustahkam, imon-e'tiqodi butun kishiga hech qanday kuch ta'sir o'tkaza olmaydi.

Savol tug'iladi: inson ma'naviyatini shakllantiradigan asosiy omillar nimalardan iborat? Bu savolga kitob muullili shunday javob beradi: ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko'hna tarixiy yodgorliklar. Shu uch mezon haqida o'ylar ekanmiz, ko'z o'ngimizdan mustaqillikning dastlabki yillari birin-ketin o'ta boshlaydi.

To'qsoninchi yillarning boshlari... Sobiq tuzumdan bizga qanday meros qolgani - yodimizda. Iqtisod parokanda bo'lgan, xalqning turmushi benihoya og'irlashgan bir payt O'shanda bir paytning o'zida ham iqtisod, ham sanoat, ham chegara, ham moliya, madani­yat, maorif, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalar bilan barobar shug'ullanishga to'g'ri kelgan edi. Bu sohalarda to'planib qolgan muammolar yechimini bir zumga bo'lsin, kechiktirish mumkin emas edi. Shunday bir paytda davlatimiz rahbari Mustaqillik, ma'naviy meros, ma'naviyat, ta'lim va tarbiya, din va diniy qadriyatlarga munosabat masalalarini yangi mustaqil davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri mustaqillikni saqlab qolish va uni har jihatdan muslahkamlashning muhim sharti sifatida e'tirof etdi. Negaki "ma'naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o'z-o'zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog'lom avlod kelajagini ta'minlash yo'lidagi jiddiy xatarlardan birga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin" edi. Isliqlol sharofati bilan biz ulug' ajdodlarimizning bebaho merosidan bahramand bo'ldik. Millat o'zligiga qaytdi.

(Mashg 'ulot so 'ngida so 'zga chiqqan o 'quvchilar o 'z so 'zlarida kitobda o 'rtaga qo'yilgan muhim ijtimoiy-ma 'naviy masalalaming mohiyati to 'g 'risida atroflicha fikr yuritadilar. Bu kitob uni mutaolaa qilgan har bir kishini bugungi o 'zgarayotgan, globallashayotgan, "ommaviy madaniyat" ta'sirini o'zida his etayotgan dunyoning muhim ma'naviy muammolari xususida o'ylashga, fikr yuritishga va o 'zi, kelajagi uchun tegishli xulosalar chiqarishga da 'vat etadi.)




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling