Маърузани олиб бориш технологияси


Milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi


Download 1.51 Mb.
bet4/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

Milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi
Bugun muqaddas bayramimiz bo‘lgan mustaqillik ayyomini nishonlar ekanmiz, biz albatta ularning mamlakat va millat oldidagi xizmatlari oldida bosh egib, ta’zim qilishimiz, ularning ruhi-poklariga duolar qilishimiz lozim, deb o‘ylaymiz. “Millat gullari”ning o‘rtacha yoshi 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lib, ular endi kuchga to‘lgan, Vatan taqdiri uchun o‘zlarining mas’ullik hissini to‘laqonli ravishda anglagan vatandoshlarimiz, millatparvarlar edi.

1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston Respublikasi milliy mustaqilligining e’lon qilinishi, shubhasiz, Vatan tarixida zarhal harflar bilan yoziladigan sahifa bo‘ldi. Ammo, sovet mustabid tuzumi bizga juda og‘ir “meros” qoldirdi. Keling, o‘sha tahlikali davrlarni, o‘tgan asrning 80-yillari oxirlari-yu 90-yillar boshlaridagi yaqin tarixni eslab ko‘raylik. O‘sha davrda odamlarimizni ikkita narsa qiynar edi. Birinchisi qorinni to‘ydirish g‘ami bo‘lsa, ikkinchisi O‘zbekistonda barqaror tinchlik, odamlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat edi. CHunki, mazkur davrda millatlararo munosabatlar tobora kuchayib, vaziyat yanada keskinlasha bordi, aholining iqtisodiy ahvoli o‘ta og‘irlashdi, xalqning haqli ravishda noroziligi kuchaya boshladi.

Buning ustiga, ijtimoiy muammolar qalashib yotardi. Barchani ertangi kun tashvishi ezardi. Odamlarda tushkun kayfiyat kuchayib borardi. Kasalliklar, bolalar o‘limi, inson qadr-qimmatining tobora pasayib borishi avj oldi. Bolalarda maktabda o‘qishga qiziqish kamaydi. Ana shunday sharoitda milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi, aslida xalqimizning ming yillar davomidagi orzu-umidlarining real holatdagi ruyobi edi.

Endi O‘zbekiston oldida boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechish, odamlarda demokratik qadriyatlar to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, mamlakatimizga mos, uning milliy, hududiy, demografik xususiyatlariga to‘g‘ri keladigan yo‘lni tanlashdan iborat buyuk vazifalar turar edi. Biz hech ikkilanmasdan o‘z oldimizga eng taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatoriga ko‘tarilish, farovon va badavlat hayot kechirish, xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashdan iborat vazifani qo‘ydik.

Qisqa vaqt ichida O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning to‘laqonli sub’ektiga aylandi. Mamlakatda demokratik jamiyatni barpo etishning huquqiy asoslari yaratila boshlandi. Iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohalarda, ma’naviy-ma’rifiy jabhada islohotlar amalga oshirilishga kirishildi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling