Маърузани олиб бориш технологияси


(4-ilova) Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.51 Mb.
bet9/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

(4-ilova)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. Sharq ilm-fanining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni va ahamiyati qanday?

2. Sharq alloma va mutafakkirlari ma’naviy merosining zamonaviy ilm-fandagi o‘rni

nimalarda ko‘rinadi?

3. Dunyo olimlaridan kimlarning Ahmad Farg‘oniy va uning ilmiy merosi haqidagi

fikrlarini bilasiz?

4. Abu Rayhon Beruniy va uning ilmiy salohiyotiga kimlar tomonidan qanday baho

berilgan?



Xulosa.

O‘rta asrlarda Sharqda yashab o‘tgan

alloma va mutafakkirlarning boqiy merosini

tadqiq va targ‘ib etishga, keng ommaga etkazishga

munosib hissa qo‘shayotgan ko‘plab fidoyi olim

va mutaxassislar ham shunday

e’tirof va hurmatga sazovordir.

Islom Karimov

Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi Dunyo olimlarining doimiy nigohida bo‘lib kelgan va bugungi globollashuv jarayonida, ayniqsa, bunga e’tibor va e’tirof kuchayib bormoqda. Anjumanda yurtimiz va xorijlik olimlar Sharq mutafakkirlari ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar qildilar. Anjuman ishtirokchilari aniq va tabiiy fanlar sohasida faoliyat yuritgan O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining ilmiy, tarixiy va falsafiy merosi, ularning astronomiya, matematika, geografiya, geodeziya, tibbiyot, farmakologiya, kimyo, mineralogiya kabi zamonaviy ilm-fan shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasiga oid masalalarni muhokama qilib, fikr va tajriba almashdilar.

Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi dunyo olimlarining doimiy nigohida bo‘lib kelgan va bugungi globallashuv jarayonida, ayniqsa, bunga e’tibor va e’tirof kuchayib bormoqda.

Quyida ushbu e’tiroflardan namunalar: L.Torndayk: Agar biz Alfraganus va Sakroboskoning mavjud qo‘lyozmalari sonini yoxud “Astronomiya elementlari” va “Sakrobosko sferalari”ga tegishli lotincha sharhlarining sonlarini o‘zaro solishtirsak, unda biz bu ma’lumotlardan qaysi biri ko‘p o‘qilgani va o‘rganilganiga aniq baho Bera olamiz. SHubhasiz, Alfraganus asarlari seviliyalik Jon va kremonlik Jerar tarjimalaridan so‘ng XII asrda keng

o‘rganilgan. Rizoulloh Ansoriy (Hindiston): al-Farg‘oniy — o‘z davrining dahosidir.

Rashid Rushdiy (Fransiya): al- Farg‘oniyning stereografik proeksiya nazariyasi bu sohani astronomiyadan ajratib, geometriyaning bir sohasiga aylantirib yuboradi.

XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Barerey (1226 – 1286) Beruniyga shunday baho beradi: “...Uning asarlari nihoyatda ko‘p, etuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir so‘z bilan aytganda, o‘z davrida, undan so‘ng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo‘lmagan”.

O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, dunyo ivilizatsiyasi va ilm – fani rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lib, uni o‘rganish, ommalashtirish zamonaviy ilm – fan va taraqqiyot uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.








    1. Download 1.51 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling