Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet12/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

Mashg'ulotning modeli




O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

1. Odob-axloq tusunchalari nima?


Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

  • Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

  • Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

  • Mavzuni o’rganadilar;

  • O’ fikrlarini aytadilar.

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat, “baliq skeleti”

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




    1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi. (1-ilova)

Tinglaydilar

1.2. Adabiyotlar ro’yxati bilan tanishtiradi. (2- ilova)

Tanishadilar


II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (3-ilova)

2.2 Mashg’ulot rejasining savollari bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazadi. (4-ilova)

2.3 Mavzuni mustahkamlash uchun “Baliq skeleti” texnologiyasidan foydalanib jamoaviy ishlaydi. (5-ilova)

2.4. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi



Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Mashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.

(1-ilova)

1. Odob-axloq tusunchalari nima?

2. Suhbat odobi

(2-ilova)

1. O. Alimardonova. ”Hayot va turmush odobi” 1996 yil

(3 ilova)

1. Odob-axloq tusunchalari nima?

«Axloq» so`zi arabchadan olingan bo`lib, «xulq» so`zining ko`plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma`noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob`ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe`l-atvori va hatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo`lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.

Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg`otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo`lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o`z ichiga oladi.

Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko`y miqyosida ahamiyatli bo`lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta`sir ko`rsatmaydigan yoqimli insoniy hatti-harakatlarning majmui.

Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo`la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig`indisidir.

Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o`tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro`parasida tik turib qoldi. Agar talaba darxol: «O`tiring, otaxon!» deb joy bo`shatsa, u chiroyli amal qilgan bo`ladi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topkur, odobli yigitcha ekan», deb qo`yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o`zini mudraganga solib, qariyaga joy bo`shatmasa, g`ashimiz keladi, ko`nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o`tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg`otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo`shatgani yoki bo`shatmagani oqibatida vagondagi yo`lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi – muhim o`zgarish ro`y bermaydi.

Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo`ni-qo`shnilarning barcha ma`rakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo`lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko`ngil, ochiq qo`l, doimo o`z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a`zolariga mexribon va h. k. Unday odamni biz xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo`lsa, u qo`ni-qo`shnilar bilan qo`pol muomala qilsa, to`y- ma`rakalarda janjal ko`tarsa, sal gapga o`dag`aylab, musht o`qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba`zi shaxslar jabr ko`radi, maxalladagilarning tinchi buziladi, lekin hatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta`sir o`tkazmaydi.

Axloqqa kelsak, masala jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yohud viloyat prokurori o`zi mas`ul hududda doimo qonun ustuvorligini, adolat qaror topishini ko`zlab ish yuritadi, lozim bo`lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o`z kasbini e`zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u – umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag`ishlagan yuksak axloq egasi; u, o`zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo`laroq, o`sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi bo`laturib, o`zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo`lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo`ladi: oddiy fuqoro nazdida birgina kishi prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg`onadi. Bu tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-oqibat o`sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi.

Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o`z yakka hukmronligi yo`lida millionlab begunoh insonlarni o`limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Gitlyer, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari hatti-harakatlari umumbashariy miqyosidagi fojialarga olib keladi.

Bu o`rinda shuni alohida ta`kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik-xushxulqlilikka, xushxulqlilik – yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo`lga qo`yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan – badxulqlilikka, badxulqlilikdan – axloqsizlikka o`tishi mumkin.


2. Suhbat odobi

Toy, ziyofat, ma’raka yoki shularga o’xshash yig’in joylarga borib, suhbatlashib o’tirgan odamlar orasiga kirsangiz, quyidagi zikr qilingan suhbat odobi qoidalariga rioya qiling: avvalo o’tirganlarning nafratiga sabab bo’lmaslik uchun badaningiz va kiyimingiz ozoda, por bo’lsin, og’zingizdan sarimsoq, hom piyoz hidlari kelmasin. Song suhbatdoshlar orasiga kirib, salom berib, ular bilan ko’rishing, bitta salob xammalari uchun kifoyadir. Sizdan yoshi katta bo’lgan odamlardan oldin o’tirmang.

O’tirganlar suhbatiga qo’shilishni istasangiz, nojo’ya harakatlardan saqlaning. Suhbatda esnab, mudrab o’tirish yarashmaydi. Gapirar ekansiz boshqalarga so’z bermay, o’zingizni bilarmon ko’rsatmang. Ortiq darajada ezmalik qilmang, so’zingiz qisqa va ma’noli bo’lsin.

Hikmatlar

Balo keltiradi boshga bu tilim.

Boshimni u kesmay, qilayin tilim.

So’zingni tiyib yur, boshing yormasin.

Tilingni tiyib yur, tishing sinmasin.

Ortiq so’zda also bo’larmi foyda.

Ziyondan bo’lak yo’q so’z ortiq joyda.

Kishi so’z tufayli bo’ladi malik

Ortiq so’z bu boshni etadi egik.

Tilingni avayla omondir boshing.

So’zingni avayla uzayar yoshing.

(Yusuf Hos Hojib)



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling