Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet62/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




    1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Ma’ruza savollarini tushuntiradi va asosiy joylarini yozdiradi. (1-ilova)

2.2 Mashg’ulot rejasining savollari bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazadi

2.3. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi


Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Mashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.


(1- ilova)

Kirish: Hurmatli o'quvchilar va ustozlar! Bugungi ma'naviyat soatida biz O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash" Milliy dasturining mazmun-mohiyati bilan tanishamiz.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunining asosiy maqsadi fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda bar kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun­ning asosiy mohiyati ta'Iimning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o'rta, shuningdek, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining maj-buriyligi; o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi; bilimli bo'lishni va isle'dodni rag'batlantirish, shuningdek, ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirishdan iborat.

"Kadrlar tayyorlash" Milliy dasturi 1997-yil 29-avgustda qa-bul qilingan.

"Kadrlar tayyorlash" Milliy modelming asosiy maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qa-nishlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yarat-ishdir.

Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro'yobga chiqariladi. Mazkur islohotning barchasi xalqaro ham-do'stlikning teng huquqli a'zosi bo'lgan mamlakat rivojini ta'min­lashga qaratilgan.


O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati bilan tanishish.

"Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohot-larimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sha-roitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish dav-latimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoldi".



Prezident I.Karimovning 1995-yil fevral oyida bo 'lib o 'tgan O 'zbekiston Respublikasi Oily Majlisining birinchi sessiyasidagi ma 'ruzasidan

1992-yil2-iyulda O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'ri-sida"gi Qonuhi qabul qilindi. Bu qonun ijrosini ta'minlash, bozor iqtisodiyoti sharoitida pedagoglarni ijtimoiy himoyalash borasida Prezident va Vazirlar Mahkamasining 30 dan ziyod farmon va qarorlari e'lon qilindi. Maktabgacha ta'lim sohasida islohotlar o'tdi. Yangi tipdagi maktablar va umumta'lim o'quv yurtlari tarmog'i rivojlantirildi, litseylar, gimnaziyalar tashkil qilindi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 29 institut, 16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi. Lekin ta'lim tizimi zamonaviy, taraqqiy etgan davlatlar darajasidan ancha orqada ekanligi bois, Prezidentimiz LA. Karimov tashabbusi bilan ta'limni isloh qilish yo'llari ishlab chiqildi. 1997-yil 27-avgust kuni Oliy Majlisning IX sessiyasida O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" Qonuni va "Kadrlar tayyorlash" Milliy dasturi qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagicha turlarda atnalga oshiriladi:

• Maktabgacha ta'lim.

• Umumiy o'rta ta'lim.

• O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi.

• Oliy ta'lim.

• Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim.

• Kadrlar malakasini oshirish.

• Maktabdan tashqarii ta'lim.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mamlakatimizda ta'lim islo-hotini o'tkazishdan ko'zda tutilgan maqsad, ta'lim vazifalari das-turini ro'yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlashning Milliy modeli asoslab berildi. Mazkur dasturning maqsadi ta'lim sohasi-ni tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy, ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. Milliy dastur tizim islohotlarini 3 bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan.



  1. (1997 - 2001-yillar) bunda mavjud kadralar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilishi va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, (ilg'or) ilmiy-uslubiy, g'oyaviy-moddiy shart-
    sharoitlar yaratiladi.

  2. (2001 - 2005-yillar) bu davrda milliy dastur to'liq ro'yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlarni xisobga olgan holda, unga aniqlik kiritiladi.

  3. (2005- ... ) bu bosqich to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy rivoj­lantirish istiqbollariga muvofiq olib boriladi.

O'quvchilarning O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy das­turi" haqidagi fikrlari:
1-o'quvchi: Milliy dasturda amaldagi kadrlar tayyorlash tizimining ahvoli, mavjud muammolar atroflicha tahlil qilingan, uni tubdan o'zgartirish yo'nalishlari va dasturni amalga oshirishdan kutilgan asosiy natijalar ko'rsatib berilgan.
2-o'quvchi: Kadrlar tayyoriash Milliy modelining noyobligini unga shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, ilm-fan, ishlab chiqarish kabilarning asosiy tarkibiy komponentlar sifatida kiritilganligi, har bir komponentning to'laqonli tutgan o'rni va roll aniq belgilanganligi, ularning o'zaro ta'sir mexanizmlari, bosh maqsad raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga strategik yo'naltirilganligi singari fazilatlar ta'min etadi.
3-o'quvchi: Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o'rni va roli, huquq va majburiyatlari konstitutsiyaviy mustahkamlanib, qonuniy himoyaga olingan.
4-o'quvchi: Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimining amal qilishi va rivojlanishining kafolati, Milliy model barcha subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi sifatida maydonga chiqadi.
5-o'quvchi: Milliy modelni amalga oshirish ilm-fanning kadrlar tayyorlash tizimida butunlay yangi sifatda, yangi vazifalarni bajarishni, rivojlanishning yangi prinsipial bosqichga ko'tarilishini taqazo etadi.
6-o'quvchi:Ilm-fanning engasosiy vazifalaridan biri tez sur'atlarda eng yuksak malakali kadrlar tayyorlash, mamlakatning ilmiy potensialini shakllantirish hisoblanadi.
7-o'quvchi: Milliy modelda ishlab chiqurish kadrlar tayyorlash tizimining asosiy teng huquqli komponcntlaridan biri sifatida e'tiborga olingan.
8-o'quvchi: Ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste'molchi funksiyalarini bajarib, kurakli yuksak darajalarda va tegishli sohalar uchun kadrlar tayyorlash va malaka oshirish jarayonida faoi ishtirok etadi.
9-o'quvchi: Islohotlar boshlanmasdan oldin ishlab chiqarish va ta'lim muassasasining o'zaro aloqalari shu ahvolda ediki, bitiruvchi talabalar yaxshigina nazariy tayyorgarlik olsada, kasbiy muammolarni mustaqil hal ctishga asoslangan zaruriy ko'nikmalarni egallay olishmas cdi. Shu boisdan ham yosh muta hassislar ko'pincha ishlab chiqarishni yaxshi bilmas, o'z kasbiy laoliyatini takomillashtirish va mahoratini oshirish uchun faollik ko'rsata olmas edi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling