Маърузани олиб бориш технологияси


Download 1.51 Mb.
bet64/120
Sana08.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#245980
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120
Bog'liq
muloqat ma'ruza 1doc

1. Mashg'ulotning modeli



O’quv soati: 1 soat

O’quvchilar soni:____

Mashgulot shakli va turi

Muloqat soati


Mashg’ulot rejasi

Tinchlik va osuda hayotimizni himoya qilish – muqaddas burch .

Mashg’ulotning maqsadi:


Pedagagik vazifalar:

  • Mavzu bo’yicha ma’lumot berish;

  • O’quvchilarni ma’nan yetuk barkamol shaxs etib tarbiyalash;

  • Oquvchilar ongida mavzu yuzasidan tushunchalar hosil qilish;

  • Mavzu yuzasidan o’quvchilar qarashlarini o’rganish

Oquv faoliyatining natijalari:

  • Mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar;

  • Mavzudan ma’naviy ozuqa oladilar;

  • Mavzuni o’rganadilar;

  • O’ fikrlarini aytadilar.

O’qitish metodlari

Ma’ruza, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matn, doska, bo’r

O’quv faoliyati shakllari

Ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda o’qitish texnologiyalari: “O’ylang – juftliklarga bo’lining – fikr almashing”

O’qitish sharoiti

Sinf xonasi

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, topshiriq




    1. Mashg’ulotning texnologik xaritasi




Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

I. Kirish

(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, rejasini aytib, dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tomonlari bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar








II. asosiy qism

(30 daqiqa)

2.1. Mavzuni skaydlar namoiyi orqali tushuntiradi.

2.3. Ko’rilgan savollarni umumlashtiradi va yakuniy xulosa qiladi



Tinglaydilar, yozib oladilar.

Savollarga javob beradilar, oz fikrlarini bildiradilar



III. Yakiniy qism

(5 daqiqa)

3.1 Faol ishtirok etgan o’quvchilar faoliyatini baholaydi. Uyga vazifa beriladiMashg’ulotni yakunlaydi.

Baholar bilan tanishadilar.


(1-ilova)

Tinchlik — eng ulug‘ ne’mat. Osoyishtaliksiz farovonlikka ham, taraqqiyotga ham erishib bo‘lmaydi. Bugungi tahlikali zamonda bizdan talab etiladigani — ogohlik. Taraqqiyotimizga hasad ko‘zi bilan qarovchilarning makriga uchmasligimiz, yolg‘onu ig‘volariga aldanmasligimiz zarur. Prezidentimiz aytganidek, ko‘zimizni kattaroq ochib, kechagi tarixdan o‘zimiz uchun zarur xulosayu saboqlar chiqarish fursati keldi. Bu har bir yurtdoshimizning nafaqat iymon va vijdon ishi, balki ham qarzi, ham farzidir. Zero, xalqimiz ta’biri bilan aytganda, YAratganning nazari tushgan yurtda yashaymiz. Bu o‘lkaning har qarich eri zar, har hovuch tuprog‘i oltinga teng.

2012 yil sentyabrda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” qabul qilindi. Darhaqiqat, mintaqamizda murakkab vaziyat vujudga kelayotgan sharoitda, uzoq va yaqin atrofimizda turli qarama-qarshiliklar tobora kuchayib borayotgan bir paytda mamlakatimiz tinchligi va farovonligini saqlash, yon-atrofimizdagi davlatlar va xalqlar bilan o‘zaro bir-birini tushunish va hamjihatlikda yashash uchun shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosat xalqimizning asl orzu-umid va intilishlariga mos keladi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligiga qarshi qaratilgan tashqi va ichki taxdid va xatarlarni chuqur o‘rganish asosida Qurolli Kuchlarni qurish va boshqarishning mutlaqo yangi tizimi shakllantirildi. Harbiy okruglar, chegara hududlarining tuzilishi, harbiy operatsiyalar olib boriladigan eng muhim yo‘nalishlarda jangovar qo‘shin guruhlarining tashkil etilishi, o‘z tarkibida eng muhim harbiy tuzilmalarni birlashtirgan Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabining shakllantirilishi mamlakatimizda yagona maqsad va vazifalar negizida uzviy bog‘langan ishonchli mudofaa tizimini yaratish imkonini berdi.

1991 yil 31 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunda mudofaa tizimini vujudga keltirishda mamlakat harbiy siyosatining belgilanishi, 1996 yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining beshinchi sessiyasida ma’qullangan “Milliy xavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun, 1997 yil avgust oyida Oliy Majlis IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi asosida mamlakat xavfsizligining keng qamrovli konsepsiyasi ishlab chiqildi, uning huquqiy asosi yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi masalalari bo‘yicha” Qarori asosida mamlakat Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi va uning Nizomi hamda tashkiliy – shtat tuzilishi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992 yil 10 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari va o‘quv muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olish to‘g‘risida”gi va 14 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarorlar qabul qilindi. Ushbu qarorlarga muvofiq, sobiq SSSR Qurolli Kuchlarining respublika hududida joylashgan qismlari, qo‘shilmalari, birlashmalari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasalari, tashkilotlari va boshqa harbiy tuzilmalari qonuniy asosda O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olindi. Mazkur qaror qabul qilingan kun – 14 yanvar, O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 29 dekabrdagi Qonuniga muvofiq, “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 18 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo desanti qo‘shinlari, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qo‘shinlari, ta’minot qismlari haqida”gi, 1992 yil 12 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo hujumiga qarshi harbiy qismlar haqida”gi, 13 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan kimyoviy harbiy qismlar haqida”gi farmonlari bilan mamlakatimiz hududida joylashgan mazkur turdagi qo‘shinlar respublika tasarrufiga olindi va sifat jihatidan takomillashtirildi.

Milliy xavfsizlik xizmati tasarrufidagi CHegara qo‘shinlari boshqarmasi 1992 yil 24 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etildi. 1993 yil 26 aprelda esa davlat chegaralarini mustahkamlash, qo‘shinlarni boshqarishni mukammallashtirish va ularning xavfsizligini oshirish maqsadida Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari Bosh boshqarmasiga aylantirildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qo‘riqlashni kuchaytirishning tashkiliy tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 30 noyabrdagi qarori davlat chegaralari himoyasini tashkil etishni yanada takomillashtirishda muhim voqea bo‘ldi. Bunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish Konsepsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekistonda chegara qo‘shinlarini rivojlantirish va takomillashtirishdagi yangi davr – 1999 yilning 13 yanvardan amalga oshirila boshlandi. Xuddi shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan chegara qo‘shinlari Bosh shtabi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil topdi. Mamlakatimiz chegaralarini qo‘riqlash “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan qonuni asosida amalga oshirilib kelinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Mudofaa vazirligining tuzilmasi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 12 fevraldagi Farmoniga asosan Toshkent elektrotexnika va aloqa institutining maxsus fakulteti, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1994 yil 15 iyuldagi Qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi, 1994 yil 18 martdagi qaroriga muvofiq Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti tashkil etilgani harbiy sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 26 yanvardagi professional harbiy xizmatchilarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan serjantlar tayyorlash maktablariga asos solish haqidagi farmoni asosida Markaziy va Toshkent harbiy okruglarida 2001 yil may oyidan va 1 noyabridan SHarqiy va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglarida, 2007 yilda SHimoli-g‘arbiy harbiy okrugida serjantlar tayyorlash maktabi tashkil etildi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari faoliyatining huquqiy negizini yaratish maqsadida mamlakat XII chaqiriq Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyuldagi X sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi, “Muqobil xizmat to‘g‘risida”gi Qonunlari qabul qilindi. Qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari bo‘yicha vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Qurolli Kuchlarning huquqiy mavqei uzil-kesil va eng yuksak darajada mustahkamlandi. Uning 125-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi” deb belgilanishi davlat Qurolli Kuchlarining asl maqsad va vazifalarini dunyo hamjamiyati oldida yana bir bor namoyon etdi. Vatan himoyasi mamlakatning har bir fuqarosi uchun sharafli burch ekanligi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 52-moddasida belgilab qo‘yildi. Ushbu modda O‘zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunining 1-moddasi bilan mustahkamlanadi. Mazkur moddada “O‘zbekiston Respublikasini tashqaridan bo‘ladigan qurolli tajovuzdan himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchi”, deb ko‘rsatildi. Ushbu konstitutsiyaviy burchni ado etish O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonuni bilan mustahkamlandi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatlari asosida harbiy xizmatga chaqirish hamda fuqarolarning shartnomaga asosan harbiy xizmatga kirishi belgilandi. 1996 yil 9 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat, Intizom, Garnizon qorovullik xizmatlari nizomlari tasdiqlandi. 1996 yil 14 oktyabrda esa Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Saf nizomi harbiy hayotga joriy etildi.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni (2001 yil 11 may) va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi (2002 yil 12 dekabr) Qonuni qayta ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilindi.



SHu yillar mobaynida serjant va ofitser kadrlarni professional asosda tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida ko‘p ishlar qilindi. Bugungi kunda serjantlarning qariyb uchdan ikki qismi zamonaviy o‘quv bazasiga ega bo‘lgan, salohiyati tobora ortib borayotgan serjantlar tayyorlash maktablarida ta’lim olganini qayd etish lozim. Qurolli Kuchlarda xizmat qilayotgan serjantlar shaxsiy tarkibining yuksak jangovar va siyosiy tayyorgarligini ta’minlash harbiy qism va bo‘linmalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni, harbiy tartib-intizomni saqlashning muhim omiliga, armiyaning asosiy o‘zagiga aylandi.

Ayniqsa, armiyani qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash, qo‘shinlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaxshilash masalalariga aloxida e’tibor qaratildi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar uchun ishga joylashish va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish bo‘yicha qator imtiyozlar tizimi belgilandi.

Bir so‘z bilan aytganda milliy mudofaani barpo etish sohasidagi chuqur tizimli o‘zgarishlar natijasida armiyamizning jangovar va siyosiy tayyorgarlik darajasi va qudrati sezilarli ravishda oshdi, jamiyatimizda, davlatimizda harbiy xizmatning nufuzi, Qurolli Kuchlarning o‘rni va ahamiyati yangi bosqichga ko‘tarildi.

Darhaqiqat, bu sohada bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli Qurolli Kuchlarimizni tashkil etish hamda boshqarishning mutlaqo yangi tizimi shakllantirildi. Armiyamiz saflarini to‘ldirish takomillashtirildi. Muddatli harbiy xizmatning bir yil etib belgilangani, unga yilda bir marta chaqiruv tashkil etilayotgani, qo‘shinlarda shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjantlar tarkibining sezilarli darajada kengaygani, safarbarlik-chaqiruv rezerv xizmatining joriy etilgani jangovar imkoniyatlarimizni, harbiy jamoalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni tubdan o‘zgartirdi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oilalari ehtiyojlariga javob beradigan qulay ijtimoiy-maishiy sharoit va infratuzilmalarni yaratishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.



Bugungi navqiron avlod kechagi kun yoshlaridan tubdan farq qiladi. Ularning ongu tafakkuri, dunyoqarashidagi o‘zgarishlar, qalbidagi g‘ayrat-shijoat, Vatanga muhabbat, sadoqat, ezgu ishlarga daxldorlik hissi kelajagimiz ishonchli qo‘llarda ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Zero, sarhadlarimiz daxlsizligi, turmushimiz farovonligi yurtimiz mudofaa qudrati bilan chambarchas bog‘liq. SHunday ekan, yigit-qizlarimiz, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Mana shu muqaddas tuproq meniki, bu erda ota-bobolariminig xoki yotibdi, agar shu musaffo osmon, shu erkin va yorug‘ hayot, mana shu muqaddas Vatanni men himoya qilmasam, kim himoya qiladi” degan e’tiqod ruhida yashashlari ularning muqaddas burchidir.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling