Marxaboo pdf
Download 214.85 Kb. Pdf ko'rish
|
marxaboo
XARAKAT-TAYANCH A’ZOLARI JAROHATLANGAN BOLALAR TUZUVCHI:ORIFOVA MARHABO REJA: ► 1.MAKTABGACHA TARBIYA YOSHDAGI HARAKAT-TAYANCH A’ZOLARIDA KAMCHILIGI BO’LGAN BOLALARDA NUTQNING GRAMMATIK QURULISHINING SHAKILLANISHI ► 2.MAKTABGACHA TARBIYA YOSHDAGI HARAKAT-TAYANCH A’ZOLARIDA KAMCHILIKLARI BO’LGAN BOLALARDA BOG’LANILISHI NUTQNI SHAKILLANISHI Bolalar serebral falaji (BSF) – bosh miyaning harakat zonalari va harakatlarni o‘tkazuvchi yo‘llarining birlamchi jarohatlanishi bilan namoyon bo‘luvchi markaziy nerv tizimi kasalligi. Bolalar serebral falajida miyaning harakat va nutq harakat tizimlarining erta organik jarohatlanishi kuzatiladi. ► Ushbu nuqsonlarning sabablari turli-tuman bo‘lishi mumkin: infeksion kasalliklar, ayniqsa virusli infeksion kasalliklar; xomila-dorlik davrida zaxarlanish va turli xildagi jarohatlar; surunkali kasalliklar; ona va homilaning qon guruhi yoki rezus faktori bo‘yicha o‘zaro mos kelmasligi hamda boshqa sabablar; ba’zi holatlarda esa, masalan onaning tug‘ruq vaqtida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi natijasida kelib chiquvchi tug‘ruq jarohatlari; xomilaning o‘z o‘qiga o‘ralib qolishi natijasida bolada kislorod yetishmasligining paydo bo‘lishi va buning oqibatidagi bosh miya nerv hujayralarining zararlanishi. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko‘pchiligida nogironlar aravachalari olib berilganligi sababli, ular bog‘cha va maktablarga qatnay boshladilar. Serebral falajlangan bolalarning rivojlanishidagi psixo- jismoniy nuqsonlar birinchi navbatda harakat, sensor va nutqiy kamchiliklar bilan bog‘liqdir. Bolalar serebral falajiga ega bo‘lgan bolalarda barcha harakat funksiyalarining shakllanishi orqada qoladi va kamchiliklar bilan shakllanadi: bolalarning boshini tutishi, o‘tirish, turish, buyumlar bilan harakatlarni amalga oshirish malakalari katta qiyinchilik bilan va juda kech rivojlanadi. Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar serebral falaji, poliomielit (shol kasalligi asorati), harakat- tayanch a’zolarining turli tug‘ma va orttirilgan deformatsiyasi – artrogripoz, oyoq-qo‘llarning majruhligi, axondroplaziya yoki xondrodistrofiya – tana, bo‘yin, boshning normal rivojlanayotgan bir paytida tug‘ma oyoq-qo‘l suyaklri o‘sishining orqada qolishi, miopatiya – mushak to‘qima-larida modda almashinuvi bilan bog‘liq bolgan irsiy kasallikda mushaklar yaxshi qisqarmaydi, kishi qo‘l-oyoqni harakatga keltira olmaydi ► Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko‘pchi-ligida miya falaji kuzatiladi. Bolalar serebral falaj kasalligi hali yetilmagan, shakllanib bo‘lmagan miyaning kasalligidir. Onaning xomiladorlik davrida ma’lum kasalliklar bilan kasallanishi, tug‘ilish vaqtidagi patologik o‘zgarishlar, tug‘ilgandan to bir yoshgacha davr ichida bolani kasallanishi natijasida bosh miyaning harakat zonalari shikastlanadi, uning natijasida esa miyaning yaxlit yetilishi kechikadi va buziladi.Oqibatda bolaning umumiy hamda nutqiy motorikasi (harakatchanligi) faoliyati buziladi. Nutqning rivojlanmasligi esa intellektual rivojlanishni sekinlashtiradi. Kishi organizmining asosiy funksiyalari – nafas olish, qon aylanish, yutunish, tana harakati, nutqiy harakatlar va boshqalar harakat orqali – mushaklarning qisqarish natijasida sodir etiladi. Harakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘ladi. Aniq maqsadni ko‘zlab bajarilgan ixtiyoriy harakatlar inson xatti-harakati, hissiy-irodaviy qobiliyati, bilish faoliyatini, hulqining shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi ► Kasallikning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat buzulishlari bolalar serebral falajida har xil namoyon bo‘ladi. Adabiyotlarda bolalar miya falajining qilingan: spastik diplegiya, spastik gemiplegiya, ikkilamchi gemip-legiya, paraplegiya, monoplegiya, atonik-astatik sindrom. Yuqori-dagi ta’sirlar natijasida bolaning bosh miyasida turli xildagi jarohat-lanishlar kelib chiqadi. Bosh miyadagi harakat markazlarining jarohatlanish darajasi, xususiyatlariga ko‘ra bolada harakat tayanch a’zolardagi turli xildagi falajlanishlarni keltirib chiqaradi. Shunga ko‘ra bu toifadagi nuqsonli bolalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: quyidagi shakllari qayd 1)Ikki yoqlama gemiplegiya; 2)Spastik dipligiya; 3)Giperkinetik shakli; 4)Gemiparetik shakli; 5)Anatonik-astatik shakli. Download 214.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling