Marxaboo pdf


Download 214.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.11.2023
Hajmi214.85 Kb.
#1769274
  1   2   3
Bog'liq
marxaboo



XARAKAT-TAYANCH A’ZOLARI 
JAROHATLANGAN BOLALAR
TUZUVCHI:ORIFOVA MARHABO


REJA:

1.MAKTABGACHA TARBIYA YOSHDAGI HARAKAT-TAYANCH A’ZOLARIDA 
KAMCHILIGI BO’LGAN BOLALARDA NUTQNING GRAMMATIK 
QURULISHINING SHAKILLANISHI 

2.MAKTABGACHA TARBIYA YOSHDAGI HARAKAT-TAYANCH A’ZOLARIDA 
KAMCHILIKLARI BO’LGAN BOLALARDA BOG’LANILISHI NUTQNI 
SHAKILLANISHI


Bolalar serebral falaji (BSF) – bosh miyaning harakat zonalari va harakatlarni 
o‘tkazuvchi yo‘llarining birlamchi jarohatlanishi bilan namoyon bo‘luvchi 
markaziy nerv tizimi kasalligi. Bolalar serebral falajida miyaning harakat va nutq 
harakat tizimlarining erta organik jarohatlanishi kuzatiladi. 

Ushbu nuqsonlarning sabablari turli-tuman bo‘lishi mumkin: 
infeksion kasalliklar, ayniqsa virusli infeksion kasalliklar; 
xomila-dorlik davrida zaxarlanish va turli xildagi jarohatlar; 
surunkali kasalliklar; ona va homilaning qon guruhi yoki rezus 
faktori bo‘yicha o‘zaro mos kelmasligi hamda boshqa sabablar; 
ba’zi holatlarda esa, masalan onaning tug‘ruq vaqtida 
kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi natijasida kelib chiquvchi tug‘ruq 
jarohatlari; xomilaning o‘z o‘qiga o‘ralib qolishi natijasida 
bolada kislorod yetishmasligining paydo bo‘lishi va buning 
oqibatidagi bosh miya nerv hujayralarining zararlanishi. 


Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning 
ko‘pchiligida nogironlar aravachalari olib berilganligi 
sababli, ular bog‘cha va maktablarga qatnay boshladilar. 
Serebral falajlangan bolalarning rivojlanishidagi psixo-
jismoniy nuqsonlar birinchi navbatda harakat, sensor va 
nutqiy kamchiliklar bilan bog‘liqdir. Bolalar serebral 
falajiga ega bo‘lgan bolalarda barcha harakat 
funksiyalarining shakllanishi orqada qoladi va 
kamchiliklar bilan shakllanadi: bolalarning boshini tutishi, 
o‘tirish, turish, buyumlar bilan harakatlarni amalga 
oshirish malakalari katta qiyinchilik bilan va juda kech 
rivojlanadi. 


Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar serebral falaji, poliomielit (shol kasalligi asorati), harakat-
tayanch a’zolarining turli tug‘ma va orttirilgan deformatsiyasi – artrogripoz, oyoq-qo‘llarning majruhligi, 
axondroplaziya yoki xondrodistrofiya – tana, bo‘yin, boshning normal rivojlanayotgan bir paytida tug‘ma 
oyoq-qo‘l suyaklri o‘sishining orqada qolishi, miopatiya – mushak to‘qima-larida modda almashinuvi bilan 
bog‘liq bolgan irsiy kasallikda mushaklar yaxshi qisqarmaydi, kishi qo‘l-oyoqni harakatga keltira olmaydi

Harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarning ko‘pchi-ligida miya falaji 
kuzatiladi. Bolalar serebral falaj kasalligi hali yetilmagan, shakllanib 
bo‘lmagan miyaning kasalligidir. Onaning xomiladorlik davrida ma’lum 
kasalliklar bilan kasallanishi, tug‘ilish vaqtidagi patologik o‘zgarishlar, 
tug‘ilgandan to bir yoshgacha davr ichida bolani kasallanishi natijasida bosh 
miyaning harakat zonalari shikastlanadi, uning natijasida esa miyaning yaxlit 
yetilishi kechikadi va buziladi.Oqibatda bolaning umumiy hamda nutqiy 
motorikasi (harakatchanligi) faoliyati buziladi. Nutqning rivojlanmasligi esa 
intellektual rivojlanishni sekinlashtiradi. Kishi organizmining asosiy 
funksiyalari – nafas olish, qon aylanish, yutunish, tana harakati, nutqiy 
harakatlar va boshqalar harakat orqali – mushaklarning qisqarish natijasida 
sodir etiladi. 


Harakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘ladi. Aniq maqsadni ko‘zlab 
bajarilgan ixtiyoriy harakatlar inson xatti-harakati, hissiy-irodaviy 
qobiliyati, bilish faoliyatini, hulqining shakllanishida asosiy rol 
o‘ynaydi

Kasallikning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat 
buzulishlari bolalar serebral falajida har xil namoyon bo‘ladi. 
Adabiyotlarda bolalar miya falajining qilingan: spastik diplegiya, 
spastik gemiplegiya, ikkilamchi gemip-legiya, paraplegiya, 
monoplegiya, atonik-astatik sindrom. Yuqori-dagi ta’sirlar 
natijasida bolaning bosh miyasida turli xildagi jarohat-lanishlar 
kelib chiqadi. Bosh miyadagi harakat markazlarining 
jarohatlanish darajasi, xususiyatlariga ko‘ra bolada harakat 
tayanch a’zolardagi turli xildagi falajlanishlarni keltirib 
chiqaradi. Shunga ko‘ra bu toifadagi nuqsonli bolalar 
quyidagicha klassifikatsiyalanadi: quyidagi shakllari qayd 


1)Ikki yoqlama gemiplegiya; 
2)Spastik dipligiya; 
3)Giperkinetik shakli; 
4)Gemiparetik shakli; 
5)Anatonik-astatik shakli. 



Download 214.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling