Masal janirining boshqa janirlardan farqini tushuntirish. Masal
Download 54.13 Kb.
|
Masal janirining janirining boshqa janirlardan farqini tushuntirish. Masal (arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Taʼlimiy harakterdagi, aksariyat kichik sheʼriy, baʼzan nasriy shakldagi asar. M.da insonga xos xususiyatlar, jamiyatga xos ijtimoiy hodisalar, munosabatlar qushlar, hayvonlar orasidagi munosabatlar va tabiat hodisalari vositasida aks ettiriladi. Mazmuni majoz asosiga quriladi, komiklikning va ki-noyaning, ijtimoiy tanqid motivining ustunligi M.ga hajviy ruh bagʻishlaydi. M.ning hikoya qismi hayvonlar haqidagi ertaklar, novella yoki latifalarta yaqin boʻlib, xotimasi, taʼlimiy xulosasi maqol, hikmatli soʻz va iboralar tarzida boʻladi. M. materiallari aksariyat ertak, majoz, novella, latifa va boshqa da ham qoʻllanishi mumkin. Ramzli hikoyadan farqli ravishda M.ning oʻz anʼanaviy obrazlar va motivlar doirasi mavjud boʻladi (hayvonlar, oʻsimliklar, qushlar, muayyan tizimdagi odamlar va h.k.). M. janri unsurlari juda qadimdan maʼlum. Uning namunalari "Kalila va Dimna" (Panchatantra, 3-asr) tarkibida uchraydi. M.lar Farididdin Attor, Rumiy, Navoiy asarlarida tamsil uchun ishlatilgan. Gulxaniy "Zarbulmasal" asarida M.dan mohirlik bilan foydalangan. Qad. yunon adabiyotida Ezop (milodiy 6—5-asrlar), Rim adabiyotida Fedr (miloddan avvalgi 1-asr), fransuz adabiyotida Lafonten (17-asr), rus adabiyotida Krilov bu janrning yetuk namoyandalari sifatida shuhrat qozonganlar. Rus adabiyotida D. Bedniy, S. Marshak, S. Mixalqov M.ning ajoyib namunalarini yaratdidar. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida S. Abduqahhor, O. Qoʻchqorbekov, Ya. Qurbonov va boshqa M. janrini rivojlantirdilar. Download 54.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling