Mavzu til va jamiyat, til va tafakkur tilning ijtimoiy tabiati


Download 362.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana08.01.2022
Hajmi362.29 Kb.
#243525
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13


 

 

5-MAVZU 



TIL VA JAMIYAT, TIL VA TAFAKKUR

 

 

1. Tilning ijtimoiy tabiati.  

Jamiyatda  turli  ijtimoiy  hodisalar  bo‗lib,  ular  o‗ziga  xos  belgi-xususiyatlarga, 

mohiyatga egadir. Til ana shu ijtimoiy hodisalardan farqlanadi. Bu farq shundan iboratki, 

til  jamiyat  bilan  uzviy  bog‗liqdir.  Jamiyatsiz  til  bo‗lmaganidek,  tilsiz  ham  jamiyat 

bo‗lmaydi.  Ijtimoiy  so‗zi  bilan  jamiyat  so‗zi  aslida  arabcha  bo‗lib,  ma‘nosi  bir  xildir 

(Uyushgan, jam bo‗lgan degan ma‘nolarni anglatadi).  

 

Tilshunoslik  fanida  til  va  uning  o‗ziga  xos  xususiyatlari,  tilning  boshqa 



hodisalarga munosabati o‗rganiladi. 

 

Uzoq vaqtlar davomida olimlar tilni biologik hodisa deb tushunib kelgan. Ularning 



fikricha,  odamning  rangi,  gavda  tuzilishi  avloddan-avlodga  qanday  yo‗l  bilan  o‗tsa,  til 

avloddan-avlodga shunday yo‗l bilan o‗tadi. 

 

Til  biologik  hodisa  emas,  balki  ijtimoiy  hodisadir.  Til  kishilik  jamiyati  bilan 



birgalikda paydo bo‗ladi. 

 

Hindistonlik  psixolog  Rid  Sing  1920  yilda  (to‗rt)  bo‗ri  uyasidan  ikkita  qizcha 



topib oladi. Ulardan biri ikki-uch  yashar, boshqasi etti-sakkiz  yashar bo‗ladi. Kichik qiz 

esa vafot etadi. Kattasi yana o‗n yilcha yashaydi. Rid Sing bu qizni otini Kamola qo‗yadi 

va bu qizni doim kuzatadi. U emaklab yurgan, ovqatni tili bilan yalab eydi, oldiga birov 

kelsa  irrilaydi.  Oradan  ikki  yil  o‗tgach,  u  (orqa)  oyoqda  turishga,  olti  yil  o‗tgach, 

yurishga o‗rgangan. Etti yil davomida u bor-yo‗g‗i qirq beshta so‗z o‗rgangan. 

 

Ko‗rinadiki,  bu  qizlar  jamiyatdan  ajrab  qolgan,  shuning  uchun  ularning  tili 



chiqmagan. 

 

Til  irqiy  hodisa  ham  emas.  Bir  tilda  gapiradigan  odamlar  turli  irqqa  mansub 



bo‗lishi va aksincha turli irqqa mansub bo‗lgan odamlar bir tilda gapirishi mumkin. 

 

Ijtimoiy hodisalarga bazis, ustqurma, madaniyat, urf-odatlar, tafakkur va boshqalar 



kiradi. Bu hodisalar kishilik jamiyati uchun xizmat qiladi. Til ham bu ijtimoiy hodisadan 

farqi  bo‗lib,  jamiyatga  xizmat  qiladi.  Til  sinfiy  hodisa  emas.  U  barcha  sinflarga  birday 

xizmat  qiladi.  Jamiyatdan  tashqarida  yashagan  inson  bolasi  qancha  umr  ko‗rmasin,  u 

hech qachon gapirmaydi. Til nasldan naslga ta‘sir etmaydi. Uning irsiyatga hech qanday 

aloqasi yo‗q. Irsiyat qonuniga binoan bolaning biologik, antropologik xususiyatlari: yuz 

tuzilishi, rangi, sochining rangi va boshqalar avloddan-avlodga o‗tadi. 

 

SHunday qilib, tilning ijtimoiy moщiyati quyidagilardan iborat: 



Til tabiiy щodisa emas. 

Til biologik щodisa emas. 

Til irqiy щodisa emas. 

Til sinfiy щodisa emas. 

Tilning paydo bqlishi uchun kishilik jamiyati bqlishi shart. 

 

Demak,  til  kishilik  jamiyati  tomonidan  yaratilgan,  unga  xizmat  qiladigan  va  щar 



doim rivojlanib turadigan щziga xos ijtimoiy щodisadir. 


Download 362.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling