Mavzu til va jamiyat, til va tafakkur tilning ijtimoiy tabiati
Download 362.29 Kb. Pdf ko'rish
|
4. Sotsiolingvistika. Til ijtimoiy hodisa bo‗lganligidan, u jamiyat bilan, jamiyatning
hayoti bilan uzviy aloqadadir. Demak, tilning ijtimoiy mohiyati, ijtimoiy vazifasi, tilga sotsial omillarning ta‘siri, til taraqqiyotida til siyosatining roli kabi qator masalalarni o‗rtanish bilan shug‗ullanuvchi tilshunoslik yo‗nalishining shakllanishiga katta ehtiyoj tug‗iddi. Ilmiy texnik revolyusiyaning rivojlanishi uning ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy, falsafiy muammolarinigina aktuallashtirmay, balki ijtimoiy-lingvistik muommolarni ham aktuallashtirmoqda. Bu esa, o‗z navbatida, dunyo tillarining faoliyatiga, rivojlanishiga, o‗zaro munosabatiga, dunyo lingvistik jarayoniga ulkan ta‘sir ko‗rsatmokda. Tillar faoliyati va rivojlanishining ichki qonunlarini sotsiolingvistik va strukturalistik yoritishda sotsiolingvistlar va strukturalistlar (ayniqsa tillarning shakllanish muammolari bilan shug‗ullanuvchi tilshunoslar) o‗rtasidagi ayrim bahslar asosiy manba sanaladi. SHuningdek, tillarning faoliyati, rivojlanishi, o‗zaro munosabatida jamiyatning tilga ongli hamda stixiyali ta‘sirini farkda-gan holda sinxron va diaxron aspektda ko‗rib chikishda ijtimoiy faktorlarning roli haqidagi masala xizmat kiladi.
Jamiyat lingvistik hayotiga ilmiy-texnika revolyusiyasi ta‘sirining xarakteri, tempi, ko‗lami, sohalari va xususiyliklarini aniklash - sotsiolingvistikaning eng muhim va aktual vazifasidir. Zamonaviy ijtimoiy rivojlanish xamda ilmiy texnik revolyusiya tilni sotsiolingvistik va struktur o‗rganish muammolarini chuqur taxlil qilishni hayotiy zaruriyat qilib qo‗ydi.
Glossematika asoschilaridan biri L.Elmslev konsepsiyasining mohiyati "tilga munosabatlarning sof struk-turasi sifatida qarashdir ( ElmslevL.. Metod strukturnogo analiza v lingvistike. // Zveginsev V.A. Istoriya yazы1koznaniya XIX i XX vekov v ocherkax i izvlecheniyax. M., 1965. S. 106) Sotsial lingvistika fonologik sistema birliklaridan tortib butun til strukturasigacha bo‗lgan barcha til hodisalarini ijtimoiy shartlashgan hodisalar deb qaraydi. Dunyo lingvistik jarayonining sotsiolingvistik tadqiqotlar ob‘ekti bo‗lmish tomonlari ilmiy texnika rivojlanishining eng kuchli ta‘siriga uchraydi, ya‘ni dunyo tillari ijtimoiy funksiyalarining notekis rivojlanish jarayonlari, terminologik sistemalarning paydo bo‗lishi, ularning uzluksiz differensiatsiyasining o‗sishi, hududiy dialektlarning "maydalashuvi", tillar(ayniqsa ri-vojlangan tillar)ning ijtimoiy-kasbiy differensiatsiyasining tezlashuvi, mafkuraviy konsegshiyalar ta‘sirining kuchayishi (ayniqsa, leksik-semantik va stilistik sistemalarga) va hokazo. Til va madaniyat, millii til va milliy madaniyat o‗zaro chambarchas bog‗langandir. Madaniyat atamasini biz keng ma‘noda qo‗llaymiz, ya‘ni moddiy va ma‘naviy madaniyatni ko‗zda tutamiz. Birinchisi, moddiy ishlab chiqarish, iste‘mol, xo‗jalik sohalari madaniyatini o‗z ichiga olsa, ikkinchisi esa fan, maorif, san‘at, badiiy adabiyot va boshqa barcha sohalarni qamraydi. Til-madaniyat munosabatini shakl va mazmun o‗rtasidagi munosabatlarga tenglashtirish to‗g‗ri bo‗lmaydi. Til - ko‗p yo‗nalishli hodisa. O‗zining ijtimoiy va moddiy tabiatiga ko‗ra moddiy va ma‘naviy madaniyatning barcha sohalari, barcha tarkibiy qismlarining mazmuni hamda boshqa tomonlarini bevosita yoki bilvosita aks zttiradi, ifodalaydi. Til - madaniyat yaratish, ijod qilishning eng asosiy vositalaridan biridir. U madaniyatga erishish, uni gushunish, uning sohalarida muloqot qilish, rivojini oldindan aytib berish vositasidir. Madaniyat til rivoj-lanishiga ta‘sir qilsa xam, u til ichki rivojlanishining asosiy vositasi va quroli emas. O‗zining universalligi va tabiatiga ko‗ra til madaniyat bilan o‗zaro solish-giriladigan hodisalar emas. Til va madaniyatni yaratuvchi va rivojlantiruvchi ijodkor kuch xalq va jamiyatdir. SHunday qilib, til ham, madaniyat ham bir-biriga nisbatan ijod qiluvchi sub‘ekt rolini o‗ynamaydi. Ular orasidagi munosabat ob‘ekt va sub‘ekt o‗rtasidagi munosabat ham emas. Milliy madaniyatlar yaqinlashuvi va qo‗shilishiga asosan tashqi ijtimoiy faktorlar ta‘sir ko‗rsatadi. SHuning uchun ba‘zi ijtimoiy sharoitlarda madaniyatlarning o‗zaro yaqinlashishi va qo‗shilishini kuzatish mumkin. Bu ma‘noda milliy tillar milliy madaniyatdan ajralib turadi. Barcha ijtimoiy hodisalar ichida til sistemasi eng yopiq hisoblanadi va o‗ta o‗ziga xos xususiyatlarga hamda murakkab strukturaga ega. SHunga ko‗ra, tillarning bir-biriga qo‗shilishiga asosan tilning ichki qonuniyatlari qarshilik qo‗rsatadi.
Download 362.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling