Masala. Bir necha hafta mobaynida tadbirkor Xamroev A. va auditor viloyatlar bo’ylab sayohat qilmoqda. Tadbirkor Xamroev A. sayohati davomida turli XIL korxonalarda hissa qo’shish imkoniyatini qidirmoqda


Aniqlang: Bu holatda sir saqlash majburiyati buzilganmi? Holatlarni tahlil qiling. 5-Masala


Download 11.17 Kb.
bet2/5
Sana28.10.2023
Hajmi11.17 Kb.
#1732231
1   2   3   4   5
Bog'liq
Masala Bir necha hafta mobaynida tadbirkor Xamroev A va audito fayllar

Aniqlang: Bu holatda sir saqlash majburiyati buzilganmi? Holatlarni tahlil qiling.
5-Masala. Yillik hisobotni tekshirish jarayonida auditor buyurtmachi tomonidan raqobatbardosh korxona sotib olinayotganligini aniqladi. Agar bu ma’lumotlar ma’lum bo’lsa, raqobatbardosh korxona aktsiyalari kursi oshadi. Auditor vositachi tomonidan korxona aktsiyalarini sotib olishga qarshi emas va shu tarzda u ko’proq foyda olish imkoniyatini qidirmoqda.

Aniqlang: Bunday holatda u o’zining professionallik majburiyatini buzmayaptimi? Holatlarni tahlil qiling.
6-Masala. Audit o’tkazish jarayonida bosh auditor oddiy auditorga audit o’tkazilayotgan korxonaning soliqlar bo’yicha hisob-kitoblarini O’zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga asosan tekshirib chiqish yuzasidan topshiriq berdi. Tekshirish tugagach, oddiy auditor soliqlar bo’yicha hisob-kitoblarda hech qanday xato aniqlanmaganligini ma’lum qildi. Audit jarayonida bir haftadan so’ng hisobot tayyorlandi. Ikki oy o’tgandan so’ng soliq inspektsiyasi tomonidan tekshirish o’tkazilib, soliq hisob-kitoblari bo’yicha bir qator kamchiliklarni aniqladi. SHunga ko’ra, korxona, hisoblangan soliqlarni va jarimalarni to’lashi zarur bo’ldi. Mijoz qonuniy asosda auditorlik tashkilotiga nima sababdan bu xato-kamchiliklar tekshirish paytida aniqlanmaganligi haqida murojaat qildi.

Aniqlang: Bu holatga qanday baho berasiz? Holatlarni tahlil qiling.
7-Masala. Sug’urta kompaniyasi auditorlik firmasiga audit o’tkazishni taklif qildi. Ammo auditorlar orasida sug’urta kompaniyasi faoliyatini yaxshi biladigan mutaxassis yo’q.

Aniqlang: Bu holatda auditorlik firmasi taklifni qabul qiladimi? Holatlarni tahlil qiling.
8-Masala. Qandolatchilik fabrikasi boshqa bir auditorlik firmasi bilan shartnomani buzib, sizning auditorlik firmangiz bilan shartnoma tuzmoqchi.

Aniqlang: Bu holatda siz nima qilasiz? Holatlarni tahlil qiling.
9-Masala. Siz faoliyat yuritayotgan auditorlik firmasiga televizor ishlab chiqarayotgan korxonadan audit o’tkazish yuzasidan taklif tushdi. Sizning turmush o’rtog’ingiz bu kompaniyada tovarlar sotish bo’yicha menedjer lavozimida faoliyat ko’rsatadi.


Download 11.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling