Aniqlang: Sizning firmangiz bu taklifni qabul qila oladimi? Holatlarni tahlil qiling.
10-Masala. Sizning auditorlik firmangiz mijozga moliyaviy hisobot tayyorladi. Uch haftadan so’ng mijoz telefon orqali qaysidir hujjatda xatoga yo’l qo’yilganligini e’lon qildi.
Aniqlang: Xatoni yuzaga kelmasligi borasida qanday sifat nazorati tadbiri amalga oshirilishi lozim. Holatlarni tahlil qiling.
11-Masala. «Info-buxgalter» tashkiloti auditorlik tashkilotiga buxgalteriya hisobini kompьyuterlashtirish yuzasidan murojaat qildi. Ushbu auditorlik tashkiloti «Info-buxgalter» tashkilotini bir necha yildan beri tekshiruvdan o’tkazadi va tashkilotning moliyaviy va boshqaruv hisobi muammolarini va xususiyatlarini yaxshi biladi.
Topshiriq: Agar auditorlik tashkiloti korxonaga kompьyuterlashtirish yuzasidan xizmat ko’rsatsa, auditorlik tekshiruvi o’tkazayotgan vaqtda auditorning mustaqilligiga ta’sir ko’rsatadimi?
12-Masala. “SHodlik” firmasining ta’sischisi auditorlik tashkilotiga «Yandeks» firmasi ijrochi direktorini ishdan bo’shatish maqsadida auditorlik tekshiruvi o’tkazishga taklif qildi. Tekshiruvning to’lov haqi qo’yilgan maqsadga erishishdan kelib chiqib belgilanadi.
Topshiriq: Auditorning tutadigan yo’lini aniqlang?
13-masala. Siz “SHodlik” firmasini tekshirayotgan auditorsiz. Sizning auditorlik firmangizga ofis uchun ijaraga bino kerak. “SHodlik” firmasi Sizga o’zining mulki hisoblangan binoni ijaraga olishni taklif qildi.
Topshiriq: Bu taklif qabul qilinsa auditorlik firmasining mustaqqilligi yo’qoladimi? Holatlarni tahlil qiling.
14-masala. “Himoya audit” auditorlik tashkiloti 3 yil oldin tashkil etilgan. U hozirgi kunga qadar kattalashib ketgan va o’z filliallariga ega. Firma auditorlik xizmati ko’rsatadi va qo’shimcha ravishda Soliq Qonunchiligi masalalari bo’yicha maslaxatlar beradi.
Topshiriq: Bu maslaxatlar auditorlik xizmatiga qanday ta’sir ko’rsatadi.
15-masala. “Himoya audit” auditorlik firmasining auditori Ahmedov A.I. o’zining malakaviy xizmati to’g’risida matbuotda va radioda reklama qilib, mahoratlilik darajasi va boshqa auditorlarga nisbatan yuqori malakali ekanligini e’lon qildi. SHuning bilan birgalikda xizmati uchun to’lanadigan summani ham oshkor qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |