Aniqlang: Auditor Ahmedov A.I.ga kasbiy etik me’yorlarga rioya qilgan holda qanday bo’lishi haqida maslaxat bergan bo’lar edingiz?
16-masala. “Himoya audit” auditorlik firmasining 3 kishidan iborat auditorlari «Alskom» sug’urta kompaniyasini auditdan o’tkazmoqda. Auditorlardan biri korxona bosh direktori muoviniga yaqin qarindoshchiligi borligi aniqlandi.
Topshiriq: Bunday holat auditning etik me’yorlariga zid bo’ladimi?
17-masala. «Ali-Akbar» korxonasida audit o’tkazildi. Auditorlar tomonidan kamchiliklar aniqlanmadi. Korxona rahbarlari tomonidan auditorlarga qimmatbaho sovg’alar berildi.
Topshiriq: Auditorlar bunga qanday qarashlari lozim?
18-masala. «Kamron» xususiy korxonasida audit qilish natijasida soliqlardan kam to’langanligi ma’lum bo’ldi. Uni yashirish maqsadida korxona direktori har bir auditorga dam olish uchun yo’llanmalar taklif qildi va ulardan ijobiy auditorlik xulosa berishlarini iltimos qildi.
Topshiriq: Bunday holatda auditorlar qanday harakat qilishlari lozim?
19-masala. Siz faoliyat yuritadigan auditorlik firmasiga televizor ishlab chiqaradigan korxonadan audit o’tkazish yuzasidan taklif tushdi. Sizning turmush o’rtog’ingiz bu kompaniyada tovarlar sotish bo’yicha menedjer lavozimida faoliyat ko’rsatadi.
Topshiriq: Sizning firmangiz bu taklifni qabul qila oladimi?
20-masala. Tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik firmasi bilan tuzilgan shartnomada ko’rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi va auditorlik firmasi o’rtasida o’zaro nizo kelib chiqdi. SHu sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik firmasi bilan amaldagi shartnomani buzib, Sizning auditorlik firmangiz bilan shartnoma tuzmoqchi.
Topshiriq: Bu holatda sizning auditorlik firmangiz qanday yo’l tutishi lozim?
21-Masala. Auditorlik firmasi mijozining 3 ta katta magazinlari mavjud. Uning har birida bir nechta bo’limlari bo’lib, ular kamida 5 yilda bir marta hujjatli tekshirishdan o’tishi kerak. Auditor oldiga risk yuqori bo’lgan bo’limlarni mukammal tekshirish vazifasi qo’yilgan. Magazinlarning har birida ichki nazorat bo’limi mavjud. O’tgan yili magazinlarda auditorlik tekshiruvi o’tkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |