Masala. Buxgalteriya balansini tuzish


Kasallik varaqasi bo‘yicha haq to‘lash


Download 39 Kb.
bet2/4
Sana09.02.2023
Hajmi39 Kb.
#1182204
1   2   3   4
Bog'liq
AMALIY MASHG\'ULOT BO\'YICHA MASALALAR TO\'PLAMI 2

Kasallik varaqasi bo‘yicha haq to‘lash.
Ishchi va xodimlar kasal bo‘lganida ularga ish haqi to‘lash O‘zbe-kiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2002 yil 1 apreldagi 21-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom» ga muvofiq amalga oshiriladi. (kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar 2003 yil 20 mayda №1136-1 raqam bilan Adliya Vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan).
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari va b.) bo‘yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:



Umumiy ish staji

Kasallik uchun haq to‘lash miqdori

5 yilgacha

Ish haqining 60%i

5 yildan 8 yilgacha

Ish haqining 80%i




Ish haqining 100%i

Ushbu Nizomning 26 va 27-bandlarida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:


a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga hamda 21 yoshga to‘lmagan chin (sag‘ir) etimlarga ish haqining 80%i miqdorida;
b) umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60%i miqdorida.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safidagi muddatli xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng bir oy ichida kasal bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchilarga respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida qolgan boshqa hollarda ish haqining 60%i miqdorida.
Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa barcha hollarda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori bo‘lmasligi lozim.
Umumiy ish staji Nizomning §3-paragrafida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ishchi va xodimlar kasal bo‘lganida ularga ish haqi to‘lash kasallik varaqasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan varaqa-byulletn asos bo‘ladi. Haq miqdori xodimning kasal bo‘lishidan oldin ishlagan oydagi o‘rtacha ish haqi miqdori, kasallikning davom etish mudddati va uzluksiz ish stajiga bog‘liq.
Ish haqi summasiga ijtimoiy sug‘urta ajratmalari hisoblanadigan barcha ish haqi, qo‘shimcha haq va to‘lovlar (bir martalik mukofotlardan tashqari) kiritiladi.

Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling