Masala foyda solig‘i bo‘yicha


Download 35.39 Kb.
bet1/7
Sana02.12.2023
Hajmi35.39 Kb.
#1780316
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MASALA


MASALA-1. Foyda solig‘i bo‘yicha.
Quyidagi ma’lumotlar asosida foyda solig‘ini hisoblang (ming. so‘m hisobida):
 Tovarlar (ish, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum – 5 765 000
 Qo‘shilgan qiymat solig‘i – 751 956
 Aksiz solig‘i – 455 731
 Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi – 3 195 000
 Sotish xarajatlari – 55 000
 Ma’muriy xarajatlar – 93 000
 Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad – 25 000
 Olingan dividendlar – 105 000
 Valuta kursi bo‘yicha ijobiy farq – 66 000
 Foizlar shaklidagi xarajatlar – 22 000
 Favqulodda foyda – 5 000
 Chegirilmaydigan xarajatlar – 28 000
 Foyda solig‘i stavkasi – 15 foiz
Quyidagilardan kelib chiqib soliq solinadigan bazani aniqlaymiz
5 765 000 +25 000 + 66 000-3 195 000- 55 000- 93000 -22000=2 491 000
Bunga Favqulodda foydani qo’shamiz
2 491 000 +5000= 2 496 000 2 496 000*15%=374 400 so’m foyda solig’ini to’laymiz.
2.Masala
Xalqaro nohukumat tashkilotining chet ellik fuqarosiga 2023 yil avgust oyi uchun 30 mln.so‘m ish xaqi, 5 mln.so‘m q.x mahsuloti uchun moddiy yordam hisoblandi. Ushbu fuqaroning d.sga tortiladigan daromadini aniqlang.
Javob: 980 000*4.22=4 135 600 Moddiy yordamni MROTning 4.22 baravari daromad soligiga tortilmaydi
5000 000-4 135 600=864 400 somiga daromad soligi to’laymiz
30 000 000+ 864 400= 30 864 400 *12%= 3 703 728 som daromad soligi to’laydi
Javob: 30 864 400 som
3.Masala
J.Sh o‘ziga tegishli bo‘lgan 2 ta turar joy binosini sotdi. 1-bino o‘ziga meros bo‘lib qolgan. 2-binoni 2 yil avval 300 mln.so‘mga sotib olgan. 1-binoni 400 mln.so‘mga, 2-binoni 500 mln.so‘mga sotgan bo‘lsa, j.shning soliqqa tortiladigan daromadini aniqlang.
500 000 000-300 000 000= 200 000 000 200 000 000*12%= 24 000 000 som daromad solig’I to’lanadi.
Merosdan qolgan uy bo’yicha daromad soligi tolanmaydi
Javob: 200 000 000 som
4.Masala
Korxona 2023 yil yanvar-iyun oylari uchun 50 mln.so‘m ish haqi, 20 mln.so‘m mukofot, to‘y uchun 10 mln.so‘m moddiy yordam va xodimlariga bayram uchun 10 mln.so‘mlik televizorlar sovg‘a qildi. Ushbu davr uchun daromad va ijtimoiy soliqni hisoblang.
980 000*4,22=4 135 600
10 000 000 so’m moddiy yordamdan MROTning 4.22 baravarigacha chegirma qilinadi yani
10 000 000-4 135 600=5 864 400 so’mdan daromad solig’i olinadi
10 000 000 som televizor sovg’asidan MROT ning 2.11 baravarigacha chegirma qilinadi yani
980 000*2.11=2 067 800 chegirma qilinadi
10 000 000-2 067 800=7 932 200 daromad solig’I olinadi
Daromad solig’ini hisoblaymiz:
50 000 000+5 864 400+7 932 200=63 796 600*12%=7 655 592 so’m daromad solig’I to’lanadi
Ijtimoiy solig’ni hisoblaymiz
50 000 000+ 20 000 000+ 7 932 200 + 5 864 400=83 796 600*12%=10 055 592 so’m ijtimoiy soliq to’lanadi

Download 35.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling