8-masala.
|
Besh yil oldin A kompaniyasi B kompaniyasiga qaraganda 6 marta ko‘p foyda olar edi. O‘shandan buyon har ikkala kompaniyaning foydasi yiliga bir xil 100 ming dollardan o‘sib bordi. Bu yil esa shu narsa ma’lum bo‘ldiki A kompaniyaning daromadi B kompaniyaning daromadiga nisbatan atigi 2 barobar ko‘p ekan. A va B kompaniyalarning 5 yil oldingi va bu yilgi daromadlarini aniqlang.
|
9-masala.
|
Savdo firmasi tovarni 195 dollarga sotib oladi va har hafta 1700 dona shu tovardan 235 dollarga sotadi. Marketing bo‘limi narxni bir haftaga 5 % pasaytirishni taklif etdi. Firma foydani avvalgi darajada saqlab qolish uchun nechta birlik tovar sotishi lozim?
|
10-masala.
|
Zavod o‘z mahsulotini uchta ulgurji vositachi va bitta chakana magazindan iborat bo‘lgan vositachilar zanjiri orqali sotadi. Vositachilarning har biri tovarga zavod narxining (tovar birligi uchun 1200 so‘m) 30 %i miqdorida ustama narx belgilaydi. Yakuniy iste’molchi uchun tovar narxi eng kamida qanday bo‘ladi?
|
|