masala. Quyida keltirilgan tasdiqni sharhlang va berilgan ma’lumotlarga asoslanib masala tuzing: agar hamma insonlarning xohish-istaklari cheklanmagan miqdorda qondirilganda, iqtisodiyot nazariyasi kerak bo‛lmas edi


Download 56.99 Kb.
bet70/76
Sana08.01.2022
Hajmi56.99 Kb.
#243605
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76
Bog'liq
Иқтисодиёт назарияси масала - 180 (б)

10-masala.


Agar mahsulot sotish hajmi joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 25 % ortsa va baholar 5 %ga kamaysa, tovaroborot qanday o‘zgaradi?

1-masala.


Agar joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan umumiy harajatlar 15 % oshgan, fizik hajmi 10 %ga kamaygan bo‘lsa, mahsulot tannarxi qanday o‘zgaradi?

2-masala.


Korxona bir yil davomida 60 mln. so‘m daromad qildi. Uning yillik o‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari 30 million so‘mni, o‘zgarmas xarajatlari esa 10 million so‘mni tashkil etsa, korxona foydasining nominal miqdorini, agar foydadan to‘lanadigan soliq 25 %ni tashkil etsa, uning sof foydasini, korxona samaradorligini, agar narxlarning o‘sish darajasi 1,25 bo‘lsa, korxonaning bu yildagi real foydasi qanchani tashkil etishini aniqlang.

3-masala.


Oila 2019 yil 4 mln. so‘m, 2020 yil 6 mln. so‘m daromad qildi. Bu davr ichida iste’mol narxlar indeksi 2,5 marta oshgan bo‘lsa, bu oilaning 2020 yildagi real daromadi miqdorini toping.

4-masala.


Mamlakat aholisining daromadlari 2019 yilda o‘rtacha 5 mln. so‘m bo‘lib 2020 yilda o‘rtacha daromadlar 7 mln. so‘mga oshgan, narxlar esa 20 % oshgan, 2020 yildagi real daromad qancha?

5-masala.


Korhona har yili mahsulotdan 80 so‘mdan foyda oladi. Oylik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1112 tani tashkil etadi. Bankdan olingan 280 ming so‘mlik qisqa muddatli bank kreditining oylik stavkasi 11 %. Asosiy faoliyatdan tashqari tushadigan foyda 23500 so‘mni tashkil etsa, maksimal foyda va qoldiq foydani hisoblang.

6-masala.


Agar yillik daromadingiz 50 % narx esa 100 % ortgan bo‘lib, mehnat unumdorligi 60 % kamaysa sizning:

a) real daromadingiz o‘zgarmaydi;

b) nominal daromadingiz kamayadi;

v) real daromadingiz kamayadi;

g) real daromadingiz ko‘payadi.


7-masala.


Firma bir yil 4 mln. so‘m, ikkinchi yil esa 7 mln. so‘m foyda qildi. Narxlar ikkinchi yilda birinchi yilga nisbatan 1,6 marta oshgan bo‘lsa, firmaning ikkinchi yilda birinchi yilga nisbatan real foydasi qanchaga o‘zgargan?

8-masala.


Besh yil oldin A kompaniyasi B kompaniyasiga qaraganda 12 marta ko‘p foyda olar edi. O‘shandan buyon har ikkala kompaniyaning foydasi yiliga bir xil 200 ming dollardan o‘sib bordi. Bu yil esa shu narsa ma’lum bo‘ldiki A kompaniyaning daromadi B kompaniyaning daromadiga nisbatan atigi 2 barobar ko‘p ekan. A va B kompaniyalarning 11 yil oldingi va bu yilgi daromadlarini aniqlang.

9-masala.


Zavod o‘z mahsulotini uchta ulgurji vositachi va bitta chakana magazindan iborat bo‘lgan vositachilar zanjiri orqali sotadi. Vositachilarning har biri tovarga zavod narxining (tovar birligi uchun 3000 so‘m) 40 %i miqdorida ustama narx belgilaydi. Yakuniy iste’molchi uchun tovar narxi eng kamida qanday bo‘ladi?

10-masala.


Aktivlarning daromadi birinchi yili 25 %ni, ikkinchi yili 35 %ni, uchinchi yili 45 %ni tashkil qildi. Aktivlarning daromadi va tavakkalchilik ko‘rsatkichlari aniqlansin.



Download 56.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling