Masala sharti Ferromagnit materialning kuchlanganligi 2250 A/m bo‘lganda


Download 292.4 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi292.4 Kb.
#1597403
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-мустақил иш масалалари






Masala sharti


Ferromagnit materialning kuchlanganligi 2250 A/m bo‘lganda,
undagi magnit induksiya 1,5 Tl. Materialning absolut va nisbiy magnit
singdiruvchanligi aniqlansin.


Magnit maydonga kiritilgan ferromagnit tayoqchadagi magnit induksiya
xuddi shunday kuchlanganlikdagi havoning magnit induksiyasidan 500
marta ko‘p. Ferromagnit tayoqchaning absolut magnit ingdiruvchanligini aniqlang.


Tok o‘tayotgan o‘tkazgichdan 20 m uzoqdagi havoning magnit
induksiyasi 2 -10-7 Tl. Shu nuqtadagi magnit maydon kuchlanganligi va o‘tkazgichdan o'tuvchi tokni toping.


Halqasimon magnit o‘tkazgichdagi (rasm) w — 250 o‘ramli hulg‘amdan 2,5 A tok o‘tyapti. Agar magnit o‘tkazgichning o‘rtacha diametric 0,1 m bo‘lib, u har xil: a) 1512 elektrotexnik po‘latdan; b) 1410 quyma polatdan yasalgan bo‘lsa, undagi magnit induksiyani aniqlang. Material xarakteristikasi 5-ilovada keltirilgan.



Magnit kuch chizig'ining o‘rtacha uzunligi 0,4 m va havo tirqishi
δ0= 2 mm bo‘lgan tarmoqlanmagan magnit zanjirda V = 1,6 T1 magnit
induksiya hosil qilish kerak. Magnit o‘tkazgich 1512 elektrotexnik polatdan yasalgan. Agar o‘ramlar soni w = 300 bolsa, magnit o‘tkazgichdagi hamda havo tirqishidagi kuchlanganlik va magnitlovchi tok aniqlansin.


0‘ramlar soni w = 150 bo'lgan magnitlovchi chulg‘amdan I=5 A tok o'tayapti. Bu chulg‘am o‘rta chizig'i 0,3 m va ko‘ndalang kesim yuzi
10-4 m2 tarmoqlanmagan magnit o‘tkazgichga joylashgan. Agar magnit
o'tkazgich quyma po'latdan yasalgan va havo tirqishi δ0 = 0,5 mm
bo'lsa, zanjirdagi magnit oqim va induksiya aniqlansin.


0‘ramlar soni w = 100 bo‘lgan chulg‘am quyma po'latdan yasalgan
magnit o‘tkazgichga o‘matilgan (rasm). Magnit o'tkazgich kuch
chiziqlarining o‘rtacha uzunligi lo’r = 0,3 m, o‘zakning ko‘ndalang kesimi Sk =5 *10-3 m2; yakomiki esa Sya =2 *10-3 m2. Agar 2δ0 = 0,5 mm bo‘lsa, tortish kuchi 6 kN dan kam bo‘lmasligi uchun, chulg‘amdan o‘tadigan tok kuchi qancha bo‘lishi kerak?



Toroidal magnit o'tkazgichga (rasm) Ø 2 mm sim o‘ralgan. Agar uning ichki diametri d = 0,25 m, tashqi diametri D = 0,31 mm va havo tirqishi δ0= 2 mm, sim esa “o‘ram yoniga o‘ram” usulda o'ralib,
undan o'tayotgan tok 5 A bo‘lsa, magnit o‘tkazgich maydonidagi kuchlanganlikni hisoblang.



Konfiguratsiyasi rasmda keltirilgan magnit o‘tkazgichga o‘ramlar soni w1= w2= 250 bo‘lgan magnitlovchi chulg'amlar o‘ralgan. u magnit o'tkazgich 1512 elektrotexnik po‘latdan yasalgan, havo tirqishlari δ01 = δ02 = 1 mm . Shu chulg'amlardan o‘tadigan toklar I1 = I2 = 8 A 0’ lchamlari S1 = S3= S5= 3 -l0-4m2; S2= S4= 2 • 10-4 m2; l1 = l2 = 0,3 m va /3 = /4 = /5= 0,1 m bo'lgan magnit zanjiming barcha qismlaridagi magnit oqimlar aniqlansin



Quvvati P = 100 Vt li cho‘g‘lanma lampa U= 220 V ,f= 50 Gs
manbaga ulangan (rasm). Zanjirdan o‘tuvchi
tokni toping.
Kuchlanish va tok oniy qiymatlari ifodasini
yozing, ulaming to'lqin grafiklarini va vektorlar
diagrammasini quring.



Induktivligi L = 5 Gn, aktiv qarshiligi rg’= 500 Om li induktiv g‘altak kuchlanishi U = 220 V, f=50 Gs sinusoidal kuchlanish manbaiga ulangan (rasm). Zanjirdan o'tuvchi tokni, aktiv, reaktiv, to‘la quwatlami va quwat koeffitsientini aniqlang Kuchlanishlar va tok oniy qiymatlari ifodalaxini yozing, ulaming grafigi va vektorlar diagrammasini quring.



C = 4 mkF li kondensator U =220 V, f = 50 Gs sinusoidal o'zgaruvchan kuchlanish manbaiga ulangan. (rasm) Zanjirdagi tokni va quwatlami hisoblang. Kuchlanish va tokning oniy qiymatlari ifodalarini yozing, ulaming grafiklarini va vektor diagrammasini quring.



Elementlari ketma-ket ulangan elektr zanjir (rasm) uchun ok va lementlardagi kuchlanish qiymatlarini hisoblang va vektorlar iagrammasini quring.

Download 292.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling