Masala va mashqlar 1-mavzu: statistika fanining predmeti va usullari 1-misol.“
Download 190.61 Kb.
|
1-mavzu. Statistika fanining predmeti va usullari
3. Uzunligi (santimetrhisobida);
4.Og’irligi (gramm hisobida); 5. DDT kontsentratsiyasi (milliondagi qismlar hisobida). Miqdor yoki sifat jihatdan o’lchangan beshta o’zgaruvchilardan har birini tasniflang. 1.8-misol.Ma’lumotlarni yig’ish usuli – Internetga qaramligini o’rganish Veb-foydalanuvchilarning necha foizi Internetga qaram bo’lib qolgan? Buni bilish uchun, psixolog keng foydalaniladigan uyin uchun o’rnatilgan mezonlari asosida bir qator 10ta savollarni ishlab chiqdi va ularni ABCNews.com veb-sayti orqali tarqatdi. (Savolning namunasi: “Muammolardan qochish uchun siz Internetdan foydalanasizmi?”) Savolnomaga jami 17251ta Internet veb-foydalanuvchilari javob berishdi. Agarda ishtirokchilar savollarning kamida yarmiga “ha” deb javob berganganda, ular qaram bo’ulib qolganlar sifatida ko’rilardi. Amerika psixologlar uyushmasining yillik yig’ilishida chop etilgan tadqiqot natijalari 990 respondentlar yoki 5,7% Internetga qaram ekanligini ko’rsatdi. a. Ma’lumotlarni yig’ish usuli aniqlang; b. Bosh to’plamning maqsadli guruhlarini aniqlang; v.Ma’lumotlar tanlanmasi reprezentativ bosh to’plam deb hisoblanadimi? 1.9-misol.Ma’lumotlarni yig’ish usuli - gipnozga sezuvchanlikni o’rganish Tennessi universiteti psixologlari insonlarni gipnozga sezuvchanligini yuzasidan o’rganish o’tkazdi (Psychological Assessment, mart 1995y.). Psixologiya universitetining 130 talabasidan iborat tasodifiy tanlanmadan har birisi an’anaviy gipnozni ham kompyuter yordamidagi gipnozni ham sinab ko’rdi. Ulardan qariyb yarmisi tasodifiy tartibda avvalisiga an’anaviy amaliyotni, keyin esa kompyuter yordamidagi amaliyotni o’tish uchun taqsimlandi. Boshka yarmi tasodifiy tartibda avvalisiga kompyuter yordamidagi amaliyotni, keyin esa an’anaviy amaliyotni o’tish uchun taqsimlandi. Barcha talabalar gipnoz qismlaridan so’ng talabani gipnozga sezuvchanligini o’lchash uchun mo’ljallangan savolnomalarni to’ldirishdi. Talabalar ikki guruhlarning sezuvchanlik baholash taqqoslamasini o’tkazing. a. Ma’lumotlarni yig’ish usulini aniqlang; b.Ma’lumotlar tanlanmasi reprezentativ bosh to’plam deb hisoblanadimi? Download 190.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling