Masala va mashqlar 1-mavzu: statistika fanining predmeti va usullari 1-misol.“


-misol.“Yurak xastaligi bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlar uchun hayvon-terapiyasi”


Download 190.61 Kb.
bet2/4
Sana12.11.2023
Hajmi190.61 Kb.
#1768096
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu. Statistika fanining predmeti va usullari

1.3-misol.“Yurak xastaligi bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlar uchun hayvon-terapiyasi”
(Amerika kardiologlar uyushmasi konferentsiyasi, noyabr 2005 yil)
Keti Koul boshchiligidagi UCLA tibbiyot markazi va hamshiralar maktabining bir jamoasi hayvon-terapiyasi yurak xastaligiga chalingan bemorlarda fiziologik reaktsiyalarini yaxshilashi mumkin yoki mumkin emasligini baholash uchun misol o’tkazdi. Koul va uning hamkasblari 76 ta yurak xastaligiga chalingan bemorlarni tasodifiy uch guruhga bo’lgan holda tekshirib ko’rdi va o’rgandi: birinchi guruhning har bir bemoriga ko’ngilli xodim o’rgatilgan it hamrohligida tashrif buyurdi; ikkinchi guruhning har bir bemoriga faqat ko’ngilli xodim tashrif buyurdi va uchinchi guruhiga esa hech kim tashrif buyurmadi. Misolchilarning tashriflardan oldin va keyinbemorlarning fiziologik reaktsiyalarini (bezovtalik, ruhiy zarba va qon bosimi darajasi) o’lchashdi. Ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, hayvon-terapiyasi bilan bo’lgan bemorlarda bezovtalik, qattiq hayajon va qon bosimi darajasi ancha yuqori bo’lgan. Shunday qilib, misolchilar “hayvon-terapiyasi yurak xastaligi bilan yotqizilgan bemorlar uchun samarali davolash usuli bo’lish salohiyatiga ega” degan xulosaga kelishdi. Mazkur 2-misol analitik statistikadan foydalanish namunasidir. Tibbiy misolchilar, hayvon-terapiyasi yurak xastaligiga chalingan barcha bemorlar uchun samarali degan xulosa chiqarish uchun 76 ta bemorlar to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalandi.
Ushbu misollar uchta hayotiy misolda statistikadan foydalanilganligidan dalolat beradi. Shunga e’tibor beringki, harbiriyoxud ma’lumotlar to’plamini tasvirlash (1.1-misol) yoxud ma’lumotlar to’plami to’g’risida xulosa olish (1.2 va 1.3-misollar) maqsadlari uchun ma’lumotlari tahlilini o’z ichiga qamrab oladi.


1.4-misol.Statistika muammolarning asosiy unsurlari – teletomoshabinlarning yoshi
Variety (2009 yil 27 avgust) ma’lumotlariga ko’ra, CBS, NBC, ABC kanallaridan uzatiladigan televizion dasturlarda tomoshabinlarning o’rtacha yoshi 51 yilni tashkil etgan. Faraz qilaylik, raqobat qiluvchi tarmoq (masalan, Fox) rahbariyati Fox tomoshabinlarining o’rtacha yoshi 51 yildan kichik degan taxminni keltirmoqda. O’zlarining taxminini tekshirish maqsadida, ular Foxning 200ta tomoshabinlaridan tanlanma tashkil etadi va har birining yoshini aniqlaydi.

Download 190.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling