Masala va mashqlar
Download 93.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Joriy
Masala va mashqlar 1. Quyidagi sanab o’tilgan ne’matlardan qaysi birlari iqtisodiy, qaysi birlari noiqtisodiy ne’matlarga ajratiladi? a) Siz nafas olayotgan havo; b) qishda yoqqan qor; c) restoran, barlar va boshqalarda ishlatilayotgan muz; d) qishda ariqlardagi muz; e) uyingiz yaqinidagi buloq suvi; f) chinni idishlar tayyorlashda ishlatiladigan tuproq; g) bog’ingizda ekilgan daraxt To’g’ri javob bering va uni asoslang. 2. Barcha iqtisodiy ne’matlarning nafliligi xaqida qanday fikr yuritish mumkin? Masalan, narkotiklar, spirtli ichimlmklar, pornografiya nafaqat insonning jismiga balki ruxini sog’lomligiga xam qattiq zarar etkazadi! Siz mana shu fikrga qo’shilasizmi? Iqtisodiyot nazariyasida naflilik deganda nimani tushunish kerak? 3. Sizda 1 mln. so’m naqd pul bor. Do’stingizda esa shuncha so’mlik aktsiyalar bor. Ikkinchi do’stingizda 1 mln. so’mga baholangan dala hovli bor. Kimning mulki yuqori darajada likvidli? Doimo mulkni likvidli shakliga qarab saqlash ratsional hisoblanadimi? T/N 1. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi: 1) mexnat taqsimoti va uning chuqurlashuviga 2) ishlab chiqaruvchilarni mulk egasi sifatida iqtisodiy aloxidalashuvi sabab bo’ladi. 2. Tovar ikki xossaga ega: 1) Biron-bir extiyojni qondirish 2) Ma’lum miqdordagi tovarni boshqa tovarga almashish 3. Naflilikni yagona o’lchov bilan o’lchash mumkin. 4. Me’yoriy naflilikni pasayib borish qonuni universal qonun. U barcha ne’matlar uchun ham umumiy. 5. Xaridor o’z pulini ratsional sarflash uchun shunday yo’l tanlaydiki, natijada eng yuqori naf olishga erishadi. 1. Quyidagilardan qaysi biri noiqtisodiy ne’mat xisoblanadi? a) Harbiy kema b) Teatr, kontsert zali c) Bilim, malaka d) Quyosh nuri e) Ko’prik, yo’l 2. Buyuk Aristotel xar xil iste’mol qiymatlari, ya’ni tovarlarni ayirboshlash uchun nima bo’lish kerak deydi: a) Tenglik bo’lishi, tenglik bo’lishi uchun esa taqqoslash mumkin bo’lishi kerak b) Tovar miqdorini o’lchashni bilish kerak c) Xar xil tovarlarni ayirboshlash uchun miqdor jixatidan umumiy o’lchov birligini topish kerak d) Ayirboshlash uchun narxni adolatli bo’lishini ta’minlash kerak e) Tovarlarni ayirboshlash uchun ularning nafliligini tengligini ta’minlash kerak 3. Qaysi nazariyada tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy mexnat xarajatlari bilan o’lchanadi deyiladi? a) Marjinal nazariyasida b) Klassik nazariyasida Mini testlar c) Ratsionalistik nazariyasida d) Institutsional nazariyasida e) Neoliberalizm nazariyasida 4. Qaysi nazariyada tovarning qiymati uning naf keltirishiga qarab, xaridorning iqtisodiy psixologik nuqtai nazaridan aniqlanadi deyiladi? a) Marjinal nazariyada; b) Klassik nazariyada; c) Ratsionalistik nazariyada; d) Institutsional nazariyada; e) Neoliberalizm nazariyada; 5. Naflilikni pasayib borishi qonunini amal qilishini izohlashda quyidagilardan qaysi biri to’gri kelmaydi? a) Qonunning amal qilishi qisqa muddatli davrga xos; b) Universal qonun bo’lib, doimo amal qiladi; c) Amal qilish doirasi cheklangan bo’lib, shaxsiy extiyojni qondiradigan, eng avvalo kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xizmatlarga tegishliligi d) Ko’plab tovarlarga nisbatan qo’llab bo’lmaydi; e) Naflilikni baholovchi yagona o’lchov, ko’rsatkich yo’q; 6. Hozirgi zamon pulining qadr-qimmati a) undagi oltin miqdori; b) narxlar darajasi; c) mutloq likvidliligi; d) muomaladagi pul miqdori; e) mamlakatning oltin zahirasi bilan o’lchanadi. 7. Pul agregatlari a) likvidlik darajasi turlicha bo’lgan barcha pul turlarini muayyan nisbatlardagi yaxlit massasi; b) naqd pullar va elektron pullarning ma’lum nisbatdagi pul massasi; c) cheklar, qimmatli qogozlar kompleksi; d) naqd bo’lmagan pullarning ma’lum nisbatdagi massasi; e) naqd pullar va qimmatli qorozlarning ma’lum nisbatdagi massasi 8. Demonitizatsiya deganda … a) qogoz pullarning qadrsizlanishi b) pulni yaroqsiz holga kelishi c) qogoz pulni erkin ravishda oltinga almashtirish d) pulning baho masshtabini almashtirish e) oltinning pul funktsiyasini bajarishini to’xtatilishi Download 93.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling