Masala va mashqlar
Download 194.94 Kb. Pdf ko'rish
|
Topshiriq
Masala va mashqlar 1-Masala Aytaylik, mamlakatning real YaMM 2019-yil 3,5 mlrd. dollar, 2020-yili esa 4,5 mlrd. dollarni tashkil etdi. Aholisi esa shu davr ichida 2 mln. kishidan 2,3 mln.kishiga ko‘paydi. a) YaIMni o‘sish sur’ati; b) YaIMni aholi jon boshiga o‘sish sur’atini hisoblang; YaIM hajmi, o‘sish sur’ati va aholi jon boshiga o‘sish sur’atiga ko‘ra qanday xulosa chiqarish mumkin? Fikringizni izohlang. 2- Masala YaIM 2019-yili 18 mlrd. dollarni 2020-yili esa 25 mlrd. dollarni tashkil etgan. Shu davrda narxlar 25% o‘sgan. Nominal va real YaIM o‘sish sur’atini hisoblang. Iqtisodiy o‘sishga qanday omillar ta’sir qiladi? 3- Masala O‘zbekistonda 2020-yili yaratilgan YaIM hajmi joriy baholarda 77790,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu 2019-yilga ishlab chiqarilgan YaIMdan 15959,4 mlrd. so‘mga ko‘p. Aholi esa 29,5 mln. kishiga yetdi. 2019-yili esa 29,1 mln. kishi edi. Narx o‘rtacha 7,6% ga ortdi desak, nominal va real YaIM o‘sish sur’ati, YaIMning aholi jon boshiga qanday o‘zgarganini hisoblang. Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilayapti? Izohlang. 4-masala Quyidagilar berilgan: Кo‘rsatkichlar mlrd. so‘m 1. Foizlar 2. Yalpi xususiy investitsiyalar 3. Ish haqi va maosh 4. Кorporatsiya foydasi 5. Biznesga egri soliqlar 6. Renta to‘lovlari 7. Кorporatsiya foydasiga soliq 8. Tovar va xizmatlar sof eksporti 9. Tovar va xizmatlarning davlat xaridlari 10. Sof xususiy investitsiyalar 11. Mulkdan daromadlar 12. Davlat korxonalariga sof subsidiyalar 13. Aholiga transfert to‘lovlari 14. Aholi iste’mol xarajatlari 12 55 218 113 22 20 50 7 90 45 21 2 23 280 Ular asosida: a) YaIMni daromad va xarajatlar bo‘yicha hisoblang; b) sof milliy mahsulot hajmini hisoblang; d) milliy daromad hajmini hisoblang. YaIMni hisoblashning qanday usullari bor? YaMM YaIMdan nimasi bilan farq qiladi? Izohlang. Download 194.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling