Masala va misollar
Download 47.91 Kb.
|
ЭЭ учун масала ва мисоллар
Masala va misollar Mis(II)-oksid qattiq qizdirilganda mis(I)-oksid Cu2O ga aylanadi. Shu reaksiyaning tenglamasini yozing. Bitta: a) vodorod, b) alyuminiy, v) uglerod, g) kalciy atomlarining massasi necha gramm keladi. A) 2,1 g-atom uglerod, B)10 g-atom temir, V)3 g-atom fosfor, G)0,01 g-atom kislorod necha gramm bo’ladi? Quyidagi moddalarning molekulyar massasini hisoblang: argon, azon, alyuminiy (III)-oksid, azot(V)-oksid, temir(III)-gidroksid, karbonat kislota. a) 234 g NaCl, b) 360 g HNO2, v) 4,4 g SO2 g) 34 g azot, d) 26 g ftor, e)15 g kislorod necha mol bo’ladi? Normal sharoitda: a)7,1 g xlor, b) 32 g sulfid angidrid, v)7 g azot, g)56 g uglerod(II)-oksid,d) 68 g ammiak qanday hajMni egallaydi? Biror gaz 190 da va 102,4 kPa bosimda 404,2 ml hajMni egallaydi. Shu gazntng normal sharoitdagi hajmini hisoblang. J:382,4 ml Uch valentli elementning ekvivalenti 9-ga tengligi ma’lum. Shu elementning atom massasini hisoblang. Havoga nisbatan zichligi 1,5 ga teng bo’lgan gazning molekulyar massasini hisoblang. J:43,5 Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirishga imkon beradigan reaksiyalarning tenglamalarini yozing. CuSO4CuCuCl2 Cu(OH)2 Cu(OH)NO3 Cu(NO3)2 Natriy,oltingugurt,kislorod hamda vodoroddan foydalanib, uchta o’rta tuz uchta nordon tuz va uchta kislota olishiga imkon beradigan reaksiyalarning tenglamalarini yozing. 16 kg 20% li sulfat kislotadan nordon tuz olish uchun necha kg KOH kerak bo’ladi? NaCl va KС1 ning teng og’irlikda olingan miqdorlariga koncentrlangan ortiqcha sulfat kislota ta’sir ettiriladi. Bo’larning qaysi birida NaC1 ko’p ajralib chiqadi? Azotning bir oksidi tarkibida 36,35%, boshqa oksidi tarkibida 69,55% kislorod bo’ladi. Har qaysi oksid tarkibidagi azotning ekvivalentini hisoblab toping. Metall oksidi tarkibida 39,69% kislorod bor. Metallning va metall oksidining ekvivalentini hisoblang. Birikmalarda oksidlanish darajasi +2 bo’lgan metallning ekvivalenti 20,04 ga teng ekanligini nazarda tutib, uning oksidida necha foiz kislorod borligini hisoblang. Metall oksidining ekvivalenti va metallning atom og’irligi nechaga teng? Element oksidi tarkibida massa jihatdan 64% kislorod bor. Elementning ekvivalentini toping. 0,139 g alyuminiy kislotadan 19 0C va 100 000 Pa da 184 ml vodorodni siqib chiqaradi. Alyuminiyning ekvivalentini aniqlang. 2 gr metall miss tuzi eritmasidan 1,132 ga misni siqib chiqaradi. Metallning ekvivalentini aniqlang. 2,168 g qalay oksidi vodorod bilan qaytarilganda 0,279 g suv hosil bo’ldi. Qalayning ekvivalentini hisoblang. 0,243 g magniy kisloroda yondirilganda massasi 65,8% ga oshgan. Magniyning ekvivalentini hisoblab toping. 1,456 g ishqorni neytrallash uchun 1,07 g nitrat kislota sarflangan. Ishqorning ekvivalentini toping. 0,36 g metall n.sh.da o’lchangan 168 ml kislorod bilan birikadi. Metallning ekvivalentini toping. 2 g fosfor yondirilganda 4,58 g fosfat angidrid hosil bo’ladi. Fosforning ekvivalentini aniqlang. 2,25 g kislotani neytrallash uchun 2 g o’yuvchi natriy sarflangan. Kislotaning ekvivalentini toping. Download 47.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling