Masala va misollar


Download 47.91 Kb.
bet3/10
Sana09.01.2022
Hajmi47.91 Kb.
#264294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ЭЭ учун масала ва мисоллар

III.Mashq va misollar


  1. Tartib nomeri 15ga teng bo’lgan element atomining elektron formulasini tuzing.

  2. Marganes atomining elektron formulasini tuzing.

  3. Tartib raqami 42 bo’lgan element D.I.Mendeleev elementlar davriy sistemasining qaysi gruppasida va qaysi davrida joylashgan.

  4. Natriy va ceziy elementlaridan qaysi birida metallik xossalari yaqqolroq ifodalangan?

  5. VI gruppa bosh gruppachasining elementlari vodorod bilan qanday birikmalar hosil qiladi? Ulardan eng barqaror va eng beqaror birikmaning nomini ayting.

  6. Quyidagi yadro reaksiyasi tenglamasini tugating. Reaksiya natijasiga ko’ra qanday zarrachalar hosil bo’ladi 83209Bi+ 85211At+?

  7. Davriy sistemada joylashgan o’rniga qarab, tartib raqami 23 bo’lgan elementning kimyoviy xossalarini aytib bering.

  8. Bor 19,6% 10B izotop bilan 80,4% 11B izotopdan tarkib topganligi ma’lum bo’lsa, borning nisbiy atom massasini aniqlang.

  9. Atomining 3d- pog’onachasida bitta elektron bo’ladigan elementning elektron formulasini yozing. U qaysi davr, gruppa va gruppachada joylashgan hamda bu elementning nomi nima?

  10. Atomdagi energetik pog’onalarning qaysi biri oldin to’ladi? A)4p mi yoki 3d mi; B)3d mi yoki 4s; V) 4d mi yoki 5s mi; G)4d mi yoki 5p, sabab nima?

  11. Yordamchi kvant soni L=0,1,2 va 3 ga teng bo’lganda magnit kvant soni qanday qiymatlarga ega bo’lshini yozing.

  12. Tartib nomeri 9 va 28 bo’lgan element atomlarining elektron formulalarini yozing. Ularning qaysi biri ritm elementga mansub?

  13. Bir element atomining tashqi energetik pog’onasi 5s25p2 dan tuzilgan. Bu element atomining to’liq elektron formulasini tuzing. Uning tartib nomerini aniqlang va nomini ayting.

  14. Nima sababdan oltingugurt bilan xlor o’zgaruvchi oksidlanish darajali, kislorod bilan ftorning oksidlanish darajasi o’zgarmaydi?

  15. III davrning V gruppasida turgan elemetlarning elektron formulalarini yozing. Bu elementlar qaysi elektron oilaga mansub?

  16. Quyida ko’rsatilgan ionlar neytral atomlarga aylanishi uchun nechtadan elektron biriktirib olishi yoki yo’qotishi kerak:

J-, S2-, Са2+, Рb4+, Fе3+

  1. Atomlardan quyidagi ion birikmalarining hosil bo’lish jarayonini elektronli tenglamalar bilan ifodalang: СаО, SnО2, ВаСl­2, Fе­2О3




  1. 44. Atomdagi elektronlarning n, l, ml va ms kvant sonlari nimani ifodalaydi va ularning har biri qanday son qiymatlarigatega bo’lishi mumkin?

  2. Atomdagi qanday elektronlarga s, p, d va f elektronlar deyiladi? Bu elektronlarning elektron pog’onasidagi maksimal soni qanday formula yordamida topiladi?

  3. Na, Be, V, Rb, N va Mn elementlari atomlarining elektron fomulasini yozing.

  4. tartib nomeri 26 bo’lgan element qaysi qator, qaysi davr va qaysi guruhda joylashgan.

  5. Tartib nomeri 17, 27 bo’lgan element atomlarining elektron fomulalarini yozing. Ularning qaysi biri p elementga mansub?

  6. s, p, va d elementlarning eng tashqi energetik pog’onalarida qancha elektron bor? Misollar keltiring.

  7. Tartib nomeri 35, 45, 55 va 65 ga teng bo’lgan elementlar qaysi elektron oilasiga kiradi? Bu elementlar davriy sistemada qaysi davr va guruxda joylashgan.

  8. Nima uchun marganes metallik xosalarini xlor esa metallmaslik xossalarini namoyon qiladi? Shu elementlarning atom tuzulishiga asoslanib javob bering.

  9. Mishyak va vanadiy atomlarining elektron fomulalarini yozing. Ularning valent elektronlari qaysi pog’onachalarda joylashgan?

  10. Izotoplar va izobaralar nima? Misollar keltiring. Atom yadrosi 231 protaktiniy bo’lgan 6α va 3β zarracha nurlanishi natijasida qanday element izotopi hosil bo’ladi. Yadro reaksiyasi tenglamasini tuzing.

  11. Tartib nomeri 25 va 52 bo’lgan elementlar atomlarining elektron fomulalarini yozing. Ularning qaysi biri r elementga mansub?

  12. Niobiy va surma atomlarining elektron formulalarini tuzing. Ularning valent elektronlari qaysi pog’onachalarda joylashgan?

  13. Elementlarning nisbiy elektr manfiyligi qanday aniqlanadi va qaysi elementning nisbiy elektr manfiyligi eng katta qiymatga ega?




Download 47.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling