Masala. XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holatlar
Download 132.22 Kb.
|
O’zbekistonning eng yangi tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi davrda
Birinchi davr — o‘tish davri parlamenti deb atash mumkin bo‘lgan oxirgi - 12-chaqiriq Oliy Kengash deputatlari davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqgisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.
Oliy Kengashning o‘n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 dekabrda, 22 yanvarda) bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga binoan 250 nafar deputatdan iborat parlament shakllantirildi. Saylov ko‘p partiyaviylik asosida o‘tkazildi. Ikkinchi davrda Oliy Kengash o‘rniga O‘zbekiston Respublikasining bir palatali parlamenti - Oliy Majlis shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) Oliy Majlis tarkibida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 69 nafar, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan 47, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan 14, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 7 nafar deputat bo‘lib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan ko‘rsatilgan shaxslar tashkil etdi. Ikkinchi chaqiriq (2000-2004 yillar) Oliy Majlisga saylov hokimiyat vakillik organlari bilan bir qatorda beshta siyosiy partiya va saylovchilar tashabbuskor guruhlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisda 11 nafar deputatni birlashtirgan "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi, 10 nafar deputatdan iborat "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi, 20 nafar deputatga ega bo‘lgan "Vatan taraqqiyoti" partiyasi fraksiyasi, 34 nafar dsputatni tashkil etgan "Fidokorlar" milliy dsmokratik partiyasi fraksiyasi, 49 nafar deputatdan iborat Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki va 16 nafar saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki ro‘yxatga olindi. Keyinchalik "Vatan taraqqiyoti” va "Fidokorlar" partiyalari bitta "Fidokorlar" partiyasiga birlashganligi munosabati bilan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida ularning parlamentdagi fraksiyalari a’zolari ham birlashib, 54 nafar deputatni birlashtirgan bitta fraksiyani tashkil etdilar. Download 132.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling