Masala yechishni birgalikda oʻrganamiz


«ESLATMA! «Matnli masalani qanday yechish kerak»»


Download 137 Kb.
bet5/7
Sana13.02.2023
Hajmi137 Kb.
#1194813
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MASALA YECHISHNI BIRGALIKDA OʻRGANAMIZ

«ESLATMA! «Matnli masalani qanday yechish kerak»»


  1. Masalani oʻqing va tasavvur qiling. Uning mazmunini tushuning.

  2. Masala shartini va savolini aniqlang.

  3. Qisqa masala shartini yozing yoki chizmasini chizing.

  4. Oʻylab koʻring, masalaning hamma savoliga javob topib boʻladimi? Yoʻq boʻlsa nima uchun? Nimani dastlab aniqlab, keyin qaysini aniqlash kerak!

  5. Masala yechish rejasini tuzing!

  6. Masalani yeching!

  7. Yechimni tekshiring va javobini yozing.
    1. Arifmetik usul.


Masala tahlili.

  1. Ma’lum, ya’ni berilganlar… (masala shartini ayting)

  2. Topish kerak… (Savolni takrorlang)

  3. Masalaning savoliga javob berish uchun, kerakli ma’lumotlar …

  4. Biz darhol masala savoliga javob bera olmaymiz, chunki … biz bilmaymiz

  5. Shuning uchun birinchi amalda biz … bilib olamiz

  6. Ikkinchi amalda masalaning savoliga javob beramiz. Shuning uchun

… (qaysi amalni bajaramiz)

  1. Javob ...

2. Algebraik usul:


Matematika fanini oʻqitishni sifatini yaxshilashning asosiy yoʻnalishlaridan biri bu – uning amaliy tadbigʻini mukamallashtirish. Bunga matnli masalalrni yechishni va tenglamalar usulini kiritishimiz mumkin. Haqiqatan, matnli masalalarni tenglamalar bilan yechish matematikaning tabiiy jaroyonlarni qoʻllanilishini koʻrsatadi. Shuning uchun algebraik matnli masalalarni yechishga e’tibor qaratish kerak.

Masala ustida ishlash sxemasi:


1- bosqich – masala shartini tahlil qilish va yozish. Agar kerak boʻlsa, chizmasini chizish.
Ushbu bosqich quyidagilardan iborat:
Kuzatish ob’yektini aniqlash (tadqiq etish); Oʻrganish kerak boʻlgan jarayonlarni ajratish; Har bir jarayonga kiradigan kattaliklarni aniqlash;
Kattaliklar orasidagi funksional bogʻliqlikni aniqlab, bu bogʻliqlikning formulasini yozish;
Noma’lum kattaliklar bilan bogʻliq masala shartining sxematik yozuvini yozish;

  1. bosqich yechish rejasini topish.

Tenglama yoki tenglamalar sistemasini tuzish uchun asosiy tushunchalarni aniqlash;
Tenglama yoki tenglamalar sistemasini tuzish;

  1. -bosqich masalani yechish rejasini amalga oshirish.

Tenglama yoki tenglamalar sistemasini yechish;
Tenglama yoki tenglamalar sistemasining ildizlarini (yechimlarini) masala shartiga muvofiq tadqiq etish. Yechimni tekshirish va asoslash; Javobni yozish;
4-bosqich – masala yechimini tahlil qilish. Masala yechimini izohlash.


  1. Download 137 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling