Masalaga huquqiy baho bering. Sardor va Niginaga qanday maslahat berasiz?


Download 13.75 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi13.75 Kb.
#1549030
Bog'liq
казус 1


1 MASALA
Sardor va Nigina 6 yoshli farzandlarining ismini o`zgartirish istagida tuman FHDYO organiga ariza bilan murojaat qildilar. FHDYO organi vakili ularga farzandlari 16 yoshga to`lganlaridagina kelishlari mumkinligini, shunda ham tuman IIB dan xulosa olib kelishlarini aytib ularni qaytaradi. Sardor va Nigina advokatdan maslahat olish maqsadida Advokaturaga boradilar.
Masalaga huquqiy baho bering. Sardor va Niginaga qanday maslahat berasiz?
2 masala.
Ahror 4 yildirki kichik xususiy korxonaning raxbari bo‘lib ishlaydi. Uning oylik daromadi 8 mlnni tashkil qiladi.U yoshlik vaqtida Fuqaro Botir va Xursanoy tomonidan Farzandlikka olingan, oilada ularning o‘z farzandlari qatorida tarbiya topgan edi. Muayyan sabalari bilan ularning 2 nafar o‘z farzandlari oiladan urishib chiqib ketgan edilar.Ota ona ta’minoti uchun Ahror akalarining xam pul to‘lashi lozimligi to‘g`risida sudga da’vo qo‘zg‘ata oladimi?
Masalaga huquqiy baxo bering.

3 MASALA


Fuqaro Qosimova sudga fuqaro Qosimov bilan tuzilgan nikohini haqiqiy emas deb toppish to‘g‘risidagi da’vo bilan murojaat etadi. Da’vog ararizasida shuni ko‘rsatadiki, javobgar nikohga oila qurish maqsadisiz kirgan, unga Toshkentdan propiska olish masalasini hal qilish kerak bo‘lgan. Shu tufayli,er-xotin o‘rtasida mehr yo‘qligini,munosabatlari yomonligini, javobgar yaqin orada sud orqali turar joyni bo‘lib olmoqchi ekanligini aytadi. Qosimov bu ma’lumotlarni rad etadi hamda sudga tushuntirish beradiki, u oila qurish Niyati bilan nikohga kirgan, biroq keyinchalik da’vogarning aybi tufayli o‘rtaga sovuqchilik tushgan. Shuningdek, javobgar shuni ta’kidlaydiki, u da’vogar bilan 2 yil birga yashagan, oylik maoshini doimiy ravishda oilasiga olib kelgan, xotiniga g‘amxo‘rlik qilganini, o`z daromalari evaziga yashash uylarini qayta ta’mirlagan, 2 xonalik yangi uy ham qurgan.Ammo u o‘rtada paydo bo‘lgan sovuq munosabatlar tufayli u haqiqatdan yaqin orada sud orqali turar joyni bo‘lib olmoqchiligini ko‘rsatadi. Qosimova da’vosi bo‘yicha sud qanday qaror qabul qilishi kerak? Nikohni sohta deya uning haqiqiy emas deb topilishi qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi? Taraflarning mulkiy va nomulkiy huquqlariga bu qanday ta’sir etadi? Soxta nikoh va uning huquqiy oqibatlari haqida fikr yuriting.

4 masala.


Fuqaro Doston 4 oy avval axloqiy holati sabab otalik huquqidan maxrum qilingan edi. U mexnat jamoasida voyaga yetmagan farzandi bor shaxslarga berilayotgan imtiyozga da’vo bilan korxona kasaba uyushmasiga murojaat qildi.Kasaba uyushma raisi yo‘llanma tayyorlab imzolatish uchun raxbarga olib kirganda raxbar uni tasdiqlamadi. Fuqaro Doston esa aliment to‘layotganini asos qilib ko‘rsatdi va ularning ustidan sudga murojaat bilan chiqdi.


Masalaga huquqiy baxo bering. Doston otalik huquqqini qayta tiklata oladimi?
Download 13.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling