Masalaga Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida baho bering?


Download 19.76 Kb.
Sana05.11.2023
Hajmi19.76 Kb.
#1750049
Bog'liq
Mulk huquqi oraliq (1)


1-kazus
«KАP» xoʼjalik shirkati aʼzosi А.V.Klichko Kiev shahriga koʼchib ketayotganligi tufayli shirkatdagi oʼz ulushini ajratib berishlari toʼgʼrisida murojaat etadi. Lekin shirkatning boshqa ishtirokchilari uning ulushini berish shirkatning moliyaviy ahvoliga salbiy taʼsir etishini, bundan tashqari shirkat ishtirokchisi agar shirkatdan oʼz ulushini olib chiqib ketmoqchi boʼlsa uch oy ilgari bu haqda bildirishi lozimligini vaj qilib ulushni berishdan voz kechadilar. А.V.Klichko oʼz ulushini olib berish toʼgʼrisida shirkatni sudga beradi.
Masalaga Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida baho bering?
Ushbu vaziyatga huquqiy baho berishdan oldin kazusimizda mavjud bo’lgan muammolarni sanab o’tsak.
1.Shirkat a’zosi A.V.Klichko shirkatdan o’z ulushini talab qilishi huquqiy asosga egami?
2.Shirkat ishtirokchilarining qilgan hatti-harakatlari qanchalik to’g’ri?
Yuqoridagi vaziyatdan ko’rinib turibdiki, “KAP” xo’jalik shirkati umumiy mulk hisoblanadi.Ya’ni 2 yoki undan ortiq mulkdorning egaligidagi bo’lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo’ladi.Bu yerda A.V.Klichko o’z ulushini talab qilishidan bilib olishimiz mumkinki, bu mulk ulushli mulk hisoblanadi.Bu qoida fuqarolik kodeksining 216-moddasida belgilab qo’yilgan.Bu muammoli vaziyatga Fuqarolik kodeksidan va Xo’jalik shirkatlari to’g’risidagi qonundan kelib chiqib yechim topamiz.
1-muammoli savolimizga to’xtaladigan bo’lsak,shirkat a’zosi A.V.Klichko o’z ulushini umumiy mulkdan ajratib olishni talab qilishga haqli chunki, fuqarolik kodeksining 223-modda 2-qismiga ko’ra: “Ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini umumiy mol-mulkdan ajratib berishni talab qilishga haqli1”.Shuningdek ushbu moddaning 3-qismida aytilganki agar ulushli mulk ishtirokchilari umumiy mol-mulkni taqsimlashda yoki ulardan birining ulushini ajratish usuli ba shartlari to’g’risida kelishuvga erisha olmasalar, ulushli mulk ishtirokchisi o’z ulushini asl holida ajratib berishni sud orqali talab qilishga haqli hisoblanadi.Odatda umumiy mulkka nisbatan ulush taqsimlanadi, ya’ni aniqlab qo’yiladi.Xuddi shu moddaning 4-qismida ko’rsatilgani kabi,agar umumiy mulk ishtirokchilari ulushni asl holicha qaytara olmasalar yoki qonun bunga yo’l qo’ymasa yoxud ushbu ulushni umumiy mulkka zarar yetkazmasdan ajratib olishni imkoni bo’lmasa, ajralib chiqayotgan mulkdor ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari tomonidan o’sha ulushning qiymatini to’lanishini talab qilishiga haqli va qonun bunga yo’l qo’yadi.Ishtirokchilar bunday holatda tegishli pul summasini to’lash yoki kompensatsiya to’lash evaziga ulushni o’rnini qoplash mumkin.Ammo bu vaziyatda masala yuzasidan bir tarafning murojaatiga ko’ra qaror chiqarish noo’rin.Shu sababli keyingi taraf ya’ni, 3 oy muddat oldin ogohlantirishni talab qilgan ishtirokchilarning ham qo’ygan talabini qonundan kelib chiqib tahlil qilamiz.
2-muammoga yuzlanadigan bo’lsak, shirkat ishtirokchiliarining qo’ygan talabi ya’ni, umumiy mulkdan ulushni olish haqida 3 oy oldin ishtirokchilarni xabardor qilishni vaj qilib, mulkni berishdan bo’yin tovlashgan.Bunga chuqur yondashadigan bo’lsak, aslida ularning talabi to’g’ri, qonuniy asosga ega qachonki shirkat nomuayyan muddatga ta’sis etilgan bo’lsa.Xo’jalik shirkatlari to’g’risidagi qonunning 23-moddasida: “Shirkatning ishtirokchisi shirkatda ishtirok etishdan voz kechishini bildirib, undan chiqib ketishga haqli.Nomuayyan muddatga ta’sis etilgan shirkatda ishtirok etishdan voz kechishini ishtirokchi shirkatdan amalda chiqib ketishdan kamida uch oy oldin bildirishi kerak. Muayyan muddatga ta’sis etilgan shirkatda ishtirok etishdan, shirkatning ta’sis shartnomasida belgilab qo‘yiladigan uzrli sababga ko‘ragina, muddatidan ilgari voz kechish mumkin”.Ya’ni shirkat noma’lum muddatga tuzilgan bo’lsa ishtirokchilar shirkatdan chiqib ketishidan 3 oy oldin qolgan ishtirokchilarni xabardor qilishi va muddat tugagach shirkatdan chiqib ketishi mumkin.Agarda shirkat ma’lum bir muddatga tuzilgan bo’lsa ishtirokchi qachonki o’sha muddat tugagach shirkatdan chiqish va ulushini olish huquqiga ega.Bunda muddatidan oldin ham chiqishi mumkin qachonchi uzrli sabablar yuzaga kelsa.Kazusimizda muddat belgilanmaganidan bilishimiz mumkinki ushbu shirkat nomuayyan muddatga ta’sis etilgan.Ushbu vaziyatda A.V.Klichko Xo’jalik shirkatlari to’g’risidagi qonunning 23-moddasining 2-qismiga ko’ra qolgan ishtirokchilarni shirkatdan chiqish to’g’risida 3 oy oldin ogohlantirishi kerak.Endi A.V.Klichko chiqish to’g’risidagi talabi bilan chiqqan kunidan boshlab muddat belgilanadi va 3 oy o’tishini kutadi.Muddat o’tgach qonuniy ravishda shirkatdan chiqishi va ulushini olishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, “KAP” xo’jalik shirkati a’zosi A.V.Klichko shirkatning nomuayyan muddatga ta’sis etilganini hisobga olgan holda qonunda ko’rsatilganidek 3 oy muddati tugagach ya’ni uning murojaat qilganidan boshlab muddat hisoblansa ushbu muddat yakuniga yetganda shirkatdan o’z ulushini olgan holda chiqishga haqli agar ulushini berishdan bosh tortsalar yuqorida muhokama qilganimizdek sud tomonidan qonuniy choralar ko’riladi.





1 21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (lex.uz)

Download 19.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling