Masalalar to’plami


Download 150.52 Kb.
bet4/11
Sana06.04.2023
Hajmi150.52 Kb.
#1335248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
masala 2 qism

DNK 30 Masala-4

1. DNK molekulasidagi nukleotidlar soni 154 ta bo`lib, undagi vodorod bog`lar soni S lar sonidan 4,5 marta ko`p bo`lsa vodorod bog`lar sonini aniqlang.


A)198 B)200 C)240 D)300

2. DNK molekulasidagi nukleotidlar soni 192 ta bo`lib, undagi vodorod bog`lar soni G lar sonidan 5 marta ko`p bo`lsa vodorod bog`lar sonini aniqlang.


A)198 B)200 C)240 D)300

3. DNK molekulasidagi nukleotidlar soni 240 ta bo`lib, undagi vodorod bog`lar soni G lar sonidan 5 marta ko`p bo`lsa vodorod bog`lar sonini aniqlang.


A)198 B)200 C)240 D)300

4. Bir DNK da 750 ta, 2-DNK da 1100ta nukleotid bo`lsa, 1-DNK dagi purin asosi G lar sonidan 2,5 marta ko`p, 2-DNKdagi adeninlar soni pirimidin sonidan 2,75 marta kam bo`lsa, 2ta DNKdagi vodorod bog`lar ayirmasini aniqlang.


A)550 B)450 C)350 D250

5. (A+T)-(G-S)=30 va umumiy vodorod bog`lar soni 360 bo`lsa, DNK fragmenti uzunligini aniqlang.(qo`shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34nm)


A)49,98 B)50,4 C)61,2 D)45

6. (A+T)-(G-S)=60 va umumiy vodorod bog`lar soni 300 bo`lsa, DNK fragmenti uzunligini aniqlang.(qo`shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34nm)


A)51 B)50,4 C)61,2 D)45

7. (A+T)-(G-S)=50 va umumiy vodorod bog`lar soni 300 bo`lsa, DNK fragmenti uzunligini aniqlang.(qo`shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34nm)


A)42,5 B)50,4 C)61,2 D)45

8. (A+T)-(G-S)=40 va umumiy vodorod bog`lar soni 540 bo`lsa, DNK fragmenti uzunligini aniqlang.(qo`shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34nm)


A)74,8 B)50,4 C)61,2 D)45

9. (A+T)-(G-S)=30 va umumiy vodorod bog`lar soni 330 bo`lsa, DNK fragmenti uzunligini aniqlang.(qo`shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34nm)


A)49,5 B)50,4 C)61,2 D)45

10. 4ta nomalum nukleotidli DNK molekulalarining biridan su`niy sharoitda 99ta peptid bog`li oqsil molekulasi sintezlandi.Barcha DNK molekulasidagi nukleotidlar oqsil biosinteziga javob bo`lgan DNK molekulasidan 4,3 marta ko`p. 2-DNK nukleotidi 1-DNK nukleotidlaridan 1,2 marta, 3-DNK dan 0,8 marta, 4-DNK nukleotidlaridan 2 marta katta bo`lsa,2-DNK malekulasidagi fosfodiefir bog`lar sonini aniqlang.


A)718 B)598 C)898 D)358

11. 4ta nomalum nukleotidli DNK molekulalarining biridan su`niy sharoitda 99ta peptid bog`li oqsil molekulasi sintezlandi.Barcha DNK molekulasidagi nukleotidlar oqsil biosinteziga javob bo`lgan DNK molekulasidan 4,3 marta ko`p. 2-DNK nukleotidi 1-DNK nukleotidlaridan 1,2 marta, 3-DNK dan 0,8 marta, 4-DNK nukleotidlaridan 2 marta katta bo`lsa,3-DNK malekulasidagi fosfodiefir bog`lar sonini aniqlang.


A)718 B)598 C)898 D)718

12 3 xil nomalum nukleotidli DNK malekulasi mavjud bo`lsa.Ulardan oqsil sintezlanishi uchun jami 420 ta t-RNK sarflangan. 2-DNK malekulasidan oqsil sintezlanishi uchun sarflangan t-RNKlar soni 1-DNKdan oqsil sintezlanishi uchun sarflangan t-RNKlar sonidan 0.75 marta kam, 3-DNKdan oqsil sintezlanishi uchun sarf bo`lgan t-RNKlar sonidan 0.8 marta ko`p bo`lsa, 1-DNKdagi nukleotidlar sonini aniqlang.


A)1050 B)840 C)630 D)920

13. 3 xil nomalum nukleotidli DNK malekulasi mavjud bo`lsa.Ulardan oqsil sintezlanishi uchun jami 420 ta t-RNK sarflangan. 2-DNK malekulasidan oqsil sintezlanishi uchun sarflangan t-RNKlar soni 1-DNKdan oqsil sintezlanishi uchun sarflangan t-RNKlar sonidan 0.75 marta kam, 3-DNKdan oqsil sintezlanishi uchun sarf bo`lgan t-RNKlar sonidan 0.8 marta ko`p bo`lsa, 2-DNKdagi nukleotidlar sonini aniqlang.


A)1050 B)840 C)630 D)920

14. Teskari transkripsiya natijasida i-RNK dan qo’sh zanjirli DNK sintezlandi. i-RNK da guanine 25%, DNK qo’sh zanjirida sitozin 20% bo’lsa, i-RNK da sitozin foizini toping.


A) 5% B) 10% C) 15% D) 25%

15. Ma’lum DNK fragmentida guanin va sitozin nukleotidlari o’rtasidagi vodorod bog’lar bilan adenin va timin nukleotidlari o’rtasidagi vodorod bog’lar yig’indisi 750 ga, ayirmasi 150 ga teng. DNK fragmentining uzunligini toping?


A) 255 nm B) 204 nm C) 102 nm D) 127,5 nm

16. Ikki zanjirli DNK fragmentining og’irligi 227700, bitta nukleotid og’irligi 345, bitta aminokislota og’irligi 120. Agar DNK fragmentidan gen mutatsiyasi tufayli 12 juft nukleotid yo’qolsa, undan sintezlangann oqsilning og’irligini qanchaga kamayishini aniqlang.


А) 12720 В) 12000 С) 1440 D) 480

17. i-RNK da 30 ta triplet bor. i-RNK ning 1/3 qismini A, 20% G, 1/5 S tashkil etadi. Teskari transkripsiya natijasida hosil bo’lgan DNK qo’sh zanjiridagi A sonini toping.


A) 54 B) 36 C) 48 D) 60

18. .i-RNK da 30 ta triplet bor. i-RNK ning 1/3 qismini A, 20% G, 1/5 S tashkil etadi. Teskari transkripsiya natijasida hosil bo’lgan DNK qo’sh zanjiridagi G sonini toping.


A) 54 B) 36 C) 48 D) 60

19. i-RNK zanjirida 60 ta triplet mavjud. Undagi nukleotidlarning 1/3 qismi uratsilli, 1/5 qismi adeninli, 20% i sitozinli nukleotidlardan iborat. Nuklein kislotalar tarkibidagi nukleotidlar fosfodiefir bog’lar orqali tutashadi. Shu i-RNK fosfodiefir bog’lar sonini (a) va nukleotidlar tarkibini (b) toping.


A) a-179; b-U=20, A=12, C=12, G=16
B) a-179; b-U=60, A=36, C=36, G=48
C) a-59; b-U=20, A=12, C=12, G=16
D) a-180; b-U=60, A=36, C=36, G=48

20. DNK tarkibida 2700 ta vodorod bogi bolib, adenin va timin orasidagi vodorod boglari soni guanin va sitozin orasidagi vodorod boglar sonidan 1,5 marta kop. Mutatsiya natijasida nukleotidlarning 20 foizi yo’qolgan bolsa, mutatsiyaga uchragan DNKdan sintezlangan oqsil tarkibidagi aminokislotalar sonini toping.


A) 390 B) 312 C) 156 D) 195

21. Ma’lum bir uzunlikdagi DNK fragmenti tarkibidagi vodorod bog’lar soni timin nukleotidlari sonidan 600 taga, guanin nukleotidlari sonidan 800 taga ko‘p bo’lsa, DNK fragmentidagi adenin va timin nukleotidlari orasida nechta vodorod bog’ mavjud?


A) 900 B) 600 C) 800 D) 300
22. To‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
1) 189 ta peptid bog‘iga ega oqsil sintezida qatnashgan i-RNK da 569 ta fosfodiefir bog’i bo’ladi. 2) 420 ta nukleotiddan iborat DNK asosida sintezlangan oqsil molekulasida 69 ta peptit bo'ladi; 3) 123 ta riboza molekulasi bo‘lgan i-RNK dan 39 ta peptid bog'li oqsil molekulasi hosil bo‘ladi;
4) 358 ta nukleotiddan iborat DNK dan 180 molekula ribozaga ega i-RNK hosil bo‘ladi
A) 1, 4 B) 2, 4 С) 1, 3 D) 2 ,1

23. Ikkita DNK molekulasi tarkibida jami 1000 ta nukleotid mavjud. Birinchi DNK molekulasidagi nukleotidlarning 25%i adenin nukleotididan iborat, ikkinchi DNK molekulasidagi nukleotidlarning 20%i timin nukleotididan iborat. Agar ikkala DNK molekulasi tarkibidagi guanin nukleotidlari yig‘indisi 270 taga teng bo‘lsa, ikkinchi DNK molekulasining uzunligini (nm) aniqlang. (qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm)


A) 120 B) 72 C) 102 D) 68

24. Ikkita DNK molekulasi tarkibida jami 1000 ta nukleotid mavjud. Birinchi DNK molekulasidagi nukleotidlarning 25%i adenin nukleotididan iborat, ikkinchi DNK molekulasidagi nukleotidlarning 20%i timin nukleotididan iborat. Agar ikkala DNK molekulasi tarkibidagi guanin nukleotidlari yig‘indisi 270 taga teng bo‘lsa, birinchi DNK dagi vodorod bog!lar sonini aniqlang.


A) 750 B) 520 C) 360 D) 420
25. Timin va guanin nukleotidlari soni 1:2 nisbatda bo‘lgan DNK fragmentidagi oqsil sinteziga javobgar gendan 87 ta peptid bog'iga ega bo'lgan oqsil hosil bo‘ldi. Ushbu DNK
fragmentida nechta T nukleotidi bor?
A) 88 B) 352 C) 176 D) 44

26. Timin va guanin nukleotidlari soni 1:2 nisbatda bo‘lgan DNK fragmentidagi oqsil sinteziga javobgar gendan 87 ta peptid bog'iga ega bo'lgan oqsil hosil bo‘ldi. Ushbu DNK


fragmentida nechta A nukleotidi bor?
A) 88 B) 352 C) 176 D) 44

27. Timin va guanin nukleotidlari soni 1:2 nisbatda bo‘lgan DNK fragmentidagi oqsil sinteziga javobgar gendan 87 ta peptid bog'iga ega bo'lgan oqsil hosil bo‘ldi. Ushbu DNK


fragmentida nechta G nukleotidi bor?
A) 176 B) 352 C) 88 D) 44

28. Timin va guanin nukleotidlari soni 1:2 nisbatda bo‘lgan DNK fragmentidagi oqsil sinteziga javobgar gendan 87 ta peptid bog'iga ega bo'lgan oqsil hosil bo‘ldi. Ushbu DNK


fragmentida nechta fosfodiefir bog’ bor?
A) 526 B) 528 C) 522 D) 520

29.Adenin va sitozin nukleotidlari soni 2:1 nisbatda bo‘lgan DNK fragmentidagi oqsil sinteziga javobgar gendan 23 ta peptid bog'iga ega bo'lgan oqsil hosil bo‘ldi. Ushbu DNK


fragmentida nechta T nukleotidi bor?
A) 48 B) 96 C) 24 D) 144

30. Adenin va sitozin nukleotidlari soni 2:1 nisbatda bo‘lgan DNK fragmentidagi oqsil sinteziga javobgar gendan 23 ta peptid bog'iga ega bo'lgan oqsil hosil bo‘ldi. Ushbu DNK


fragmentida nechta A nukleotidi bor?
A) 48 B) 96C) 24D) 144



Download 150.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling