Masalalar to’plami


Download 150.52 Kb.
bet9/11
Sana06.04.2023
Hajmi150.52 Kb.
#1335248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
masala 2 qism

ATF MASALA-3

1. 9 mol glyukozaning bir qismi chala, bir qismi to'liq parchalanganida 126 mol ATF hosil bo'ldi. To'liq parchalangan glyukoza molekulalarini hosil qilish uchun o'simlik qancha ATF energiyasini (kj) sarflaydi?


A. 3160 B. 2660 C. 1960 D. 2160
2. Glyukoza parchalanganida 252 ta ATF molekulasi hosil bo'lgan. To'liq parchalangan glyukoza molekulalari soni to'liq parchalanmagan glyukoza molekulalari sonidan 0,5 marta katta. Shu glyukoza molekulalarini hosil qilish uchun o'simlikda qancha ATF sarflangan?
A. 223 B. 232 C. 324 D.423
3. Glyukoza to'liq parchalanganida 6400 kj issiqlik energiyasi ajraldi. Shu glyukozaning achish jarayonida necha molekula ATF hosil bo'lgan?
A. 14 ta B. 8 ta C. 12 ta D.10ta
4. Fotosintezning qorong'ilik bosqichi reaksiyalarida 54 molekula ATF sarflangan bo'lsa, glyukoza sintezi uchun necha molekula C02 sarf bo'lgan?
A. 26 B. 14 C. 22 D. 18
5. Glyukoza to'liq parchalanganida 7680 kj issiqlik energiyasi ajral- di. Energiya almashinuvining 3-bosqichida qanchaATF hosil bo'lgan?
A. 216 B. 212 C. 218 D. 214
6. Fotosintez jarayonida 12 molekula C02 dan glyukoza sintezlan- ganda hosil bo'lgan fosfat kislota miqdori necha mol sut kislota hosil bo'- ladigan achish jarayonida ishtirok etadigan fosfat kislota miqdoriga teng?
A. 30 B. 32 C. 40 D. 36
7. Energiya almashinuvining uchala bosqichida jami 25275 kj energiya ajralib chiqqan. Energiya almashinuvining dastlabki bosqichida ajralgan energiyaning miqdorini (kj) aniqlang. Bu jarayonda 342 molekula ATF hosil bo'lgan deb hisoblang.
A. 65 kj B. 75 kj C. 90 kj D. 85 kj
8. Noma'lum miqdordagi glyukozaning bir qismi chala, bir qismi to'liq parchalanganida 240 molekula ATF hosil bo'lgan. To'liq parchalan- gan glyukoza molekulalari hosil qilish uchun o'simlik 108 molekula ATF sarflagan bo'lsa, jami parchalangan glyukoza massasini (g) toping.
A. 2180 B. 2120 C. 2160 D. 2140
9. Sog'lom odam 1 daqiqa mashq bajarganida qo'l muskullari 12 kj energiya sarflaydi. Agar muskul qon orqali glyukoza bilan to'liq ta'minlansa, 10 daqiqa mashq bajarish uchun qo‘l muskullariga necha g glyukoza kerak?
A. 14,2 B. 12,5 C. 24,2 D.18,6
10. Fotosintez jarayonida 6 molekula C02 dan glyukoza sintezlanganida hosil bo'lgan fosfat kislota miqdori necha mol sut kislota hosil bo'ladigan achish jarayonida ishtirok etadigan fosfat kislota miqdoriga teng.
A. 18 B. 12 C. 24 D. 20
11. Bog'ibag'ir o'simligida fotosintezning yorug'lik bosqichida 72 molekula 02 hosil bo'ldi. Qorung'ilik bosqichida esa 36 molekula ugle- vod sintezlandi. Shu jarayonda qorong'ilik va yorug'lik bosqichida hosil bo'lgan suvlar nisbati qanday bo'ladi?
A. 1,2:1,5 B. 1:2,5 C. 1:3,7 D.2:3
12. Dastargul barglarida fotosintez davomida 270 ta ATF hosil bo'lgan bo'lsa, shu vaqtning o'zida mitoxondriyalarda nechta ATF hosil bo'ladi?
A. 3 ta B. 27 ta C. 9 ta D. 30 ta
13. Glyukoza molekulalari to'liqsiz va to'liq parchalangan, anaerob bosqichda 8 ta, aerob bosqichda 108 ta ATF sintezlangan. Glyukozaning necha foizi chala parchalangan?
A. 42,85 B. 57,14 C. 25 D. 33,3
14. Yunona hujayrasining mitoxondriya kristalarida ma’lum vaqt davomida 66 ta ATF sintezlandi. Shu vaqt ichida plastidalarda yorug'lik kvantlari hisobiga sintezlangan ATF molekulalari qanday og'irlikdagi (g) glyukoza sintezi uchun yetarli?
A. 110 8.19800 C. 20460 D. 9378
15. 8 mol glyukoza energiya almashinuvi reaksiyalariga kirishgan va issiqlik tarzida 6760 kj energiya ajralgan, shu jarayonda ajralib chiqqan C02 miqdorini (mof) aniqlang.
A. 36 B. 24 C. 30 D. 18
16. Glyukoza molekulalari to'liqsiz va to'liq parchalangan va umumiy 9400 kj energiya va 124 ta ATF sintezlangan. Shu ATF molekulalaridan nechtasi sitoplazmada anaerob sharoitda sintezlangan?
A. 14 B. 10 C. 18 D. 16
17. Glyukoza molekulalari to'liqsiz va to'liq parchalangan va umumiy 120 ta ATF sintezlangan. Shu ATF molekulalaridan nechtasi sitoplazmada anaerob sharoitda sintezlangan?
A. 8 B. 6 C. 14 D. 12
18. O‘simlikda ATF sintezi jarayoni plastidalarda 20 daqiqa, mitoxondriyalarda 80 daqiqa davom etgan bo‘lsa, sintezlangan umumiy ATF laming necha foizi mitoxondriyalarda hosil bo'lgan?
A. 15,3 B. 3,2 C. 11,7 D. 20
19. Anaerob sharoitda 1200 kj, aerob sharoitda 7800 kj energiya hosil bo'lgan glyukoza molekulalarining necha foizi chala parchalangan?
A. 66,7 B. 33,3 C. 40 D. 50
20. Energiya almashinuvining 1-bosqichida 113 kj, 2-bosqichida 720 kj, 3-bosqichida 2320 kj energiya issiqlik sifatida ajralgan bo'lsa, glyukoza molekulalarining necha foizi chala parchalangan?
A. 75 B. 70 C. 66,7 D. 80,6
21. Energiya almashinuvining 2-bosqichida hosil bo'lgan energiya 3-bosqichida hosil bo'lgan energiyaga teng bo'lsa, glyukoza molekulalarining necha foizi chala parchalangan?
A. 92,3 B. 85,7 C.92,8 D. 100
22. Bir necha molekula glyukoza chala parchalanishidan hosil bo'lgan energiya ularni sintezlash uchun sarflangan energiyadan 2600 kj kam ekanligi aniqlangan bo'lsa, ushbu glyukoza molekulalarining umumiy og'irligini aniqlang.
A. 1080 g B. 1200 g C. 160 g D. 900 g
23. Fotosintezning yorug'lik bosqichida 60 ta ADF fosfat kislota bilan reaksiyaga kirishgan bo'lsa, shu vaqt ichida mitoxondriyalarda nechta ADF reaksiyaga kirishgan?
A. 2 B. 36 C. 1800 D. 38
24. Bir necha molekula glyukoza energiya almashinuvi reaksiyalariga kirishgan va reaksiya so'ngida teng miqdorda C02 va sut kislota molekulalari hosil bo'lgan. Glyukoza molekulalarining necha foizi chala parchalangan?
A. 66,7 B. 75 C. 80 D. 60
25. Energiya almashinuvining 1-bosqichida 0 ta, ikkinchi bosqichida 16 ta, 3-bosqichida 72 ta ATF sintezlangan bo'lsa, glyukoza molekulalari- ning necha foizi chala parchalangan?
A. 80% B. 75% C. 90% D. 60%
26. Glyukoza molekulalari to‘liq parchalanganida issiqlik tarzida tarqalgan energiyaning necha foizi sitoplazmadan (a) va necha foizi mitoxondriyadan [b] ajraladi?
A. a-44,6; b-55,4 B. a-9,37; b-90,63
C. a-4,3; b-95,7 D. a-7,89; b-92,11
27.720 g glyukozaning hosil bo'lishi [a] va parchalanishi (b) bilan bog'liq jarayonlarni aniqlang.
1] 24 molekula C02 sarflanadi; 2) 24 molekula C02 hosil bo'ladi; 3) 2880 kj energiya sarflanadi; 4) 24 molekula 02 sarflanadi; 5) 152 ta ATF sarflanadi; 6) 24 molekula 02 hosil bo'ladi; 7) 6080 kj ATF energiyasi sarflanadi.
A. a-2,4, 5; b-1, 3, 6 B. a-1, 5, 6; b-2,4,7
C. a-1,4, 5; b-2, 6,7 D. a-1,3,6; b-2,4,7
28. Bir necha molekula glyukozaning to'liqsiz va to'liq parchalani- shidan 118 ta ATF va 18 mol suv hosil bo'lgan bo'lsa, jami hosil bo'lgan energiyani aniqlang.
A. 8400 B. 7600 C. 8800 D. 14175
29. Glyukozaning aerob parchalanishi tufayli 190 molekula ATF va anaerob parchalanishi tufayli 19 molekula sut kislota hosil bo'ldi. Necha molekula kislorod sarflangan (a), necha molekula glyukoza aerob usulda parchalangan [b], necha molekula glyukoza anaerob sharoitda parchalangan (c], qancha energiya (kj) aerob bosqichda ATFning fosfat bog'lariga bog'langan [d]?
A. a-30; b-5; c-9,5; d-7200 B. a-32; b-5,3; c-9,5; d-7600
C. a-30; b-6; c-14,5; d-7200 D. a-32; b-5; c-9,5; d-7600
30. Noma’lum miqdordagi glyukozaning bir qismi chala, bir qismi to'liq parchalanganida 407 molekula ATF hosil bo'lgan. To'liq parchalangan glyukoza molekulalari hosil qilish uchun o'simlik 171 molekula ATF sarflagan bo'lsa, jami parchalangan glyukoza massasini (g) toping.
A. 5850 B. 9990 C. 1928 D.4140



Download 150.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling