Masalalar turlicha bo’lishiga qaramasdan ularni quyidagi umumiy rejaga muvofiq yechish mumkin


Download 23.5 Kb.
Sana25.03.2023
Hajmi23.5 Kb.
#1295312
Bog'liq
Masala yechish rejasi


Masala yechish rejasi
Masalalar turlicha bo’lishiga qaramasdan ularni quyidagi umumiy rejaga muvofiq yechish mumkin:

  1. Masala shartini diqqat bilan o’qib chiqing;

  2. Masala matnidagi hamma terminlar ma’lum va tushunarlimi yoki yo’qligini qarab chiqing (agar biror narsa noaniq, tushunarsiz bo’lsa, darslikka murojaat qiling, avval yechilgan masalalarni qayta ko’zdan kechiring, qarab chiqing, o’qituvchi bilan maslahatlashing);

  3. Masala shartini qisqartirilgan ko’rinishda yozing (standart belgilashlardan albatta foydalaning, bu holda formulalarni esga olish osonlashadi, hamma kattaliklar birta birliklar sistemasida berilganmi, XS ga o’tkazing, jadvallardan foydalaning va h.);

  4. chizma chizing (cizmani mumkin qadar umumiyroq hol uchun chizing);

  5. masalani tahlil eting, uning fizikaviy mohiyatini oching (masalaning echimi nimadan iborat bo’lishini aniq tushunish zarur);

  6. berilgan masalani echishda qanday fizikaviy qonunlar va munosabatlardan foydalanish mumkinligini aniqlang;

  7. masalada qaralayotgan hodisalarni miqdoriy xarakterlovchi fizik kattaliklarni bog’lovchi tenglamalarni tuzing;

  8. bu tenglamalarni noma’lumlarga nisbatan eching, javobni umumiy ko’rinishda oling;

  9. miqdoriy kattaliklarni birliklarning standart sistemasiga, (XS)ga o’tkazing, sonli natijani toping;

  10. olingan natijani tahlil eting, izlanayotgan kattalik boshqa kattaliklar o’zgarganida qanday o’zgarishini aniqlang, chegaraviy hollarni tadqiq eting.

Download 23.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling