Masalalar
Download 339.18 Kb.
|
Axmadaliyeva Dilorom. masalalar
426+314=740
Javob: Jami 740 nafar 29-masala. Hayvonot bog’idagi 4 ta olmaxonning har biriga 2 tadan yong’oq berildi. Olmaxonlarga jami nechta yong’oq berilgan? Berilgan: Olmaxonlar ------ 4 ta Berildi---------2 tadan Jami----- ? Yechish: 4•2=8 Javob: Jami 8 ta yong’oq berilgan. 30- masala. Do’konda 1 chelak pomidor bor edi. Yana 4 ta chelakda pomidor olib kelindi. Har bir chelakdagi pomidor 6 kg dan bo’lsa, olib kelingan 4 ta chelakda necha kg pomidor bor? Berilgan: Bor edi ------ 1 ta chelak pomidor ----6 kg Olib kelindi ------- 4 ta chelak pomidor Jami-----. Kg? Yechish: 4•6=24. Javob 4 ta chelakda 24 kg pomidor bor. 31- masala. Nazira uydan non do’konigacha 15 minut, non do’konidan maktabgacha esa 8 minut yo’l yuradi. Nazira uydan maktabgacha qancha vaqtda yetib keladi? Berilgan: Uyidan do’kongacha ---- 15 minut Do’kondan maktabgacha ----8 minut Uyidan maktabgacha --------? minut. Yechish: 15+8=23 Javob: Uyidan maktabga 23 minutda yetib boradi. 32- masala. O’yinchoqlar do’konidan sovg’a uchun 3 ta bir xil o’yinchoq sotib olindi. Buning uchun qancha pul to’landi? Masalan, 3 ta bir xil ayiqcha sotib olinsa — 3•3100=9300 so’m. Kamaz avtomashinasi — 3•2900=8700 so’m . Koptok —3•2700=8100 so’m Qo’g’irchoq— 3•3300=9900 so’m. 33- masala. Uydan maktabgacha 75 qadam. Gulnoza maktabga qarab 10 qadam yurgandan keyin kitobi uyida qolganini esladi. Kitobni olgach u qaytib maktabga ketdi. Gulnoza hammasi bo’lib necha qadam yo’l yurgan? Berilgan: Uydan maktabgacha ----- 75 qadam Yurdi -----10 qadam Qaytdi -----10 qadam Jami -----? Qadam Yechish: 10+10+75=95. Javob: 95 qadam yo’l yurgan. 34- masala. Bozorga 865 kg sabzi keltirildi. Birinchi kuni 342 kg, ikkinchi Kuni 326 kg sabzi sotilganidan keyin qancha sabzi qoldi? Berilgan: Jami----- 865 kg Sotildi 1-kuni ---- 342 kg 2-kuni ----326 kg Qoldi ------- ? Kg Yechish: 342+326=668 865-668=197 kg Javob: 197 kg sabzi qolgan. 35- masala. Ombordan do’konga jami necha kg sabzavot jo’natilgan? Berilgan: Birinchi do’konga---- 500 kg Ikkinchi do’konga -----280 kg Jami----- ? Kg Yechish: 500+280=780 kg Javob: jami-----780 kg sabzavot jo’natilgan. 36- masala. Javonda 16 ta piyola bor edi. Javondan bir nechta piyola olingandan keyin unda 6 ta piyola qoldi. Javondan nechta piyola olingan? Berilgan: Jami piyola ----16 ta Olindi ------ x ta Qoldi ------ 6 ta Yechish: 16-x=6 16-6=x X=10. Javob 10 ta piyola olingan. 37- masala. Rasm asosida masala tuzing va uni yeching. Do’konda 18 kg anjir bor edi. Sotildi 10 kg anjir. Qoldi qancha? Yechish: 18-10=8 Javob: qoldi -----8 kg anjir. 38- masala. Bor edi 16 kg pomidor. Keltirildi yana 14 kg. Keltirilgan pomidorlardan 20 kilogrammi tuzlandi. Qancha pomidor qoldi? Download 339.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling