Masalalar


Download 339.18 Kb.
bet1/5
Sana13.01.2023
Hajmi339.18 Kb.
#1091171
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Axmadaliyeva Dilorom. masalalar

MASALALAR


1-masala.
Bir soatda bankomatdan 111 nafar mijoz foydalansa, undan 3 soatda necha nafar mijoz foydalanadi? 5 soatda-chi?


BERILGAN:
1 soatda→111 nafar
3soatda→?
5 soatda-chi?


YECHISH:
1)111∙3soatda =333 nafar
2)111∙5soatda =555 nafar
JAVOB: 3 soatda 333 nafar; 5 soatda nafar mijoz foydalanadi.


2-masala.
Hovuzda 125ta o’rdak suzib yurgan edi. Tongda 9 ta, tush paytida yana 8 ta o’rdak uchib ketdi. Hovuzda nechta o’rdak qoldi? Jami nechta o’rdak uchib ketdi?


BERILGAN:
bor edi-125ta o’rdak;
tongda uchdi- 9 t;,
tush payti- 8 ta uchib ketdi;
hovuzda qoldi nechta-?


YECHISH:
1)125-9=116
2)116-8=108
3)9+8=17
JAVOB: Hovuzda 108 ta o’rdak qoldi; jami 17ta o’rdak uchib ketgan.


3-masala.
Restoranda jami 348 ta pitsa tayyorlandi. Ulardan 114 tasi pishloqli va pomidorli, 102 ta pomidorli va go’shtli bo’lsa, qo’ziqorinli pitsadan nechta tayyorlangan?
BERILGAN:
jami pitsalar soni- 348 ta;
pishloqli va pomidorli pitsa- 114 ta;
pomidorli va go’shtli pitsa- 102 ta;
qo’ziqorinli pitsa-?


YECHISH:
1)348-114=234
2)234-102=132
JAVOB: 132ta qo’ziqorinli pitsa tayyorlangan.


4-masala.
Qo’g’irchoq teatrining tomosha zali 282 o’rinli. “Oppog’oy” teatr tomoshasi uchun 267 ta chipta sotildi. Teatr tomosha zalida nechta o’rindiq bo’sh qoldi?


YECHISH:
282-267=15
JAVOB: 15 ta o’rindiq bo’sh qolgan.
5-masala.
Karim va Anora lego donalarini bo’lib olmoqchi. Agar Karim o’ziga 528 ta lego donasini olgan bo’lsa, Anoraga nechta lego donasi qoladi?


BERILGAN:
Jami lego-1000 ta;
Karim oldi- 528 ta;
Anorada- ?


YECHISH:

  1. 1000-528=472

JAVOB: Anoraga 472 ta lego qolgan.


6-masala.
Otam 35, onam 32 yoshdalar. Mening yoshim otam va onamning yoshlari yig’indisidan 57ga kichik. Mening yoshim nechida?


BERILGAN:
Otam- 35 yosh;
Onam- 32 yosh;
Men-?


YECHISH:
1)35+32=67
2)67-57=10
JAVOB: 10 yosh.


7-masala.
Birinchi mavsumda issiqxonada 85 kg bodring yetishtirildi. Yerga qayta ishlov berilgach, oldingidan 3 marta ko’p hosil olindi. Keying mavsumda necha kilogramm ko’p bodiring olingan?


YECHISH:

  1. 85∙3=255

  2. 255-85=170

JAVOB: 170 kilogramm ko’p hosil olingan.


8-masala.
Sherzod klaviaturada 10 minutda 124 ta, opasi esa undan 4 marta ko’p so’z teradi. Ular birglikda 10 minutda nechta so’z terishadi?


YECHISH:

  1. 124∙4=496

  2. 496+124=620

JAVOB: Opasi- 496 ta so’z teradi; birgalikda- 620 ta so’z teradi.


9-masala.
90 ta daftar va 30 ta qalam 30ta o’quvchiga teng taqsimlansa, har bir o’quvchi nechtadan daftar va nechtadan qalam oladi?


YECHISH:

  1. 90:30=3

  2. 30:30=1

JAVOB: 3 tadan daftar va 1 tadan qalam oladi.


10-masala.
Ona quyon bolasiga qaraganda 3 baravar ko’p sabzi yeydi. Agar ona quyon bir oyda 216 ta sabzi yesa, bolasi bir oyda nechta sabzi yeydi? Ikkovi ikki oyda nechta sabzi yeydi?


YECHISH:

  1. 216:3=72

  2. 216+72=288

  3. 288∙2=567

JAVOB: Bolasi bir oyda 72 ta sabzi yeydi; ikkovi ikki oyda 567 ta sabzi yeydi.


11-masala.
Mahallaning turli joylariga 150 ta chiqindi idishlari 3 tadan qilib o’rnatilgan bo’lsa, jami nechta joyga chiqindi idishlari qo’yilgan?


YECHISH:

  1. 150:3=50

JAVOB: 50 ta joyga qo’yilgan.


12-masala.
Mahallada 128 ta uy bor. Har bir uyda 4 nafardan farzand, 2 tadan mushuk va 1 tadan kuchuk bor.

Bu mahallada nechta bola yashaydi?


Mahallada nechta uy hayvoni bor?


YECHISH:

  1. 128∙4=512

  2. 2+1=3

  3. 128∙3=384

JAVOB: 512 ta bola yashaydi va mahallada 384 ta uy hayvoni bor.


13-masala.
Avtoturargoh 133 ta mashinaga mo’ljallangan. Unda 5 ta mashina turibdi. Qancha bo’sh joy bor?


YECHISH:

  1. 133-5=128

JAVOB: 128 ta bo’sh joy bor.


14-masala.
Sport anjomlari do’konida 1000 ta to’p bor. Jadvaldan foydalanib ayting-chi, bouling sharlari nechta?


Download 339.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling