Masalani tushunish
Download 17.41 Kb.
|
Masalani tushunish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritmlarni yaxshilash.
Algoritmlarni kodlash. Ko’pchilik algoritmlar qachondir kompyuter dasturlariga aylantiriladi. Dastur - bu algoritm buyruqlarni maxsus dasturlash tillaridan birida kompyuterlarga tushunarli ko’rinishda yozish usuli bo’lib, uning ijrochisi sifatida kompyuter tan olinadi. Demak, ta'rifga ko’ra dasturlarni ham algoritm deb qarash mumkin. Dasturlarning to’g’riligi (korrektligi) test sinovlar orqali tekshiriladi. Bu jarayonda boshlang’ich ma'lumotlar mumkin bo'Igan dipazaondan chetga chiqishi mumkinligiga alohida e'tibor qaratish zarur. Dasturning ishchi versiyasi ishlab chiqilganidan so’ng uning asosida yotgan algoritmni empirik tahlil qilishga to’g’ri keladi. Bunday boshlang’ich ma' lumotlarning turli qiymatlari uchun dasturning bajarilishi vaqti tahlil qilinadi.
Algoritmlarni yaxshilash. Algoritmlarni loyihalash ziddiyatli vaziyatlarda qaror qabul qilishni talab qiladigan o’ta murakkab masala hisoblanadi. Qo’yilgan masala uchun birinchi algoritm qurilganidan keyin, uni yaxshilash masalasini o’ylab ko’rish mumkin. Buning uchun yuqoridagi bosqichlarning ayrimlarini qayta va qayta bosib o’tishga to’g’ri keladi. Umuman olganda, birinchi urinishdayoq yaxshi algoritm qurishga umid qilmasa ham bo’ladi. Ammo, qandaydir buyruqlarni qo’shish yoki olib tashlash evaziga uni yaxshilashga urinib ko’rish mumkin. Bu o’rinda Sent Ekzyuperining quyidagi so’zlar esga keladi: “Konstruktor o’zi yaratgan mahsulotga yangi narsalami qo’sha olmagan xolda emas, balki olib tashlaydigan ortiqcha narsalar qolmagandagina mukammallikka erishdi deb hisoblash mumkin”. Algoritmlami yaxshilash jarayonini vaqt, resurs, mablag’, mehnat kabi bir qator mavjud cheklovlarni e'tiborga olgan xolda to’xtatiladi. Download 17.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling