Masalaning qo`yilishi
-mavzu: iSPRING DASTURI YORDAMIDA 3D KITOB YARATISH
Download 1.72 Mb.
|
11 va 12 mavzularga javoblar
11-mavzu: iSPRING DASTURI YORDAMIDA 3D KITOB YARATISH
Kompyuterda foydalanish mumkin bo'lgan 3D elektron kitob yaratishni o'rganamiz. Oldingi maqola Android uchun kitob tayyorlash edi, bu maqola davomi bo'ladi. Yaratmoqchi bo'lgan kitobimizni boshqa dasturlarda ochmasdan to'g'ridan-to'g'ri foydalanishimiz mumkin. Qiziqarli tomoni bu kitobni sichqoncha yordamida varaqlab, oddiy kitobni varaqlaganday o'qish mumkin. Kitob yaratishimiz uchun bizga iSpring dasturlar to'plami kerak bo'ladi. Bu dastur pullik bo'lib, https://www.ispringsolutions.com rasmiy saytidan yuklab olishingiz mumkin. iSpring dasturlar to'plami ta'lim sohasida ko'p foydalaniladigan eng yaxshi dasturlardan biri. Bir nechta dasturlar jamlanmasi bo'lib, elektron darsliklar, qiziqarli har xil testlar, video darslar va boshqa virtual ta'lim texnologiyalarini yaratishda foydalaniladi. Dasturni o'rnatib bo'lgandan so'ng bosh menyudan iSpring Kinetics ni ishga tushiramiz va "Книга" yozuvi ustida bosamiz. iSpring Kinetics dasturi. Kitob yaratish oynasi hosil bo'ladi. Oynaning yuqori qismida uskunalar paneli joylashgan. Pastki qism esa ikkiga bo'lingan bo'lib, chap va o'ng oynalardan tashkil topgan. Chap oynada kitob sahifalari ko'rinib turadi va sahifani tanlab o'ng oynada ma'lumot kiritamiz. Yangi sahifa qo'shish uchun uskunalar panelidagi "Создать разворот" tugmasini bosamiz, o'chirish uchun belgilab chap oynadagi "Удалить выбранное" tugmasini bosamiz. Sahifa yani varoqlarning orqa fonini o'zgartirish uchun uskunalar panelidagi "Фоны страниц" tugmasini bosib kerakli dizaynni tanlaymiz. Har bir sahifaga ma'lumot kiritamiz. "Изображение" tugmasi orqali rasm, "Надпись" tugmasi orqali matn joylashtirishimiz mumkin. Ma'lumotlarni kiritish. Kerakli ma'lumotlarni kiritib bo'lgandan so'ng "Публикация" tugmasini bosamiz. Ekranda publikatsiya oynasi hosil bo'ladi. Bu oynada kitobimiz sarlavhasi nomini, fayl nomi va saqlanadigan joyni ko'rsatamiz, oyna o'lchamlarini kiritamiz. "Сжатие" qismida esa kitobimiz qilish darajasini o'zgartiramiz. Publikatsiya qilish oynasi. Barcha ishlarni tugatgandan so'ng "Опубликовать" tugmasini bosamiz. Kitobimiz tayyor ko'rsatilgan papka ichidan olib foydalanishimiz mumkin. Maqolani qisqa va tushunarliroq bo'lishiga harakat qildim. Savollaringiz bo'lsa komentariyada qoldirishingiz mumkin. Kompyuterda 3D kitob yaratishni o'rganib chiqdik. Kompyuterda elektron kitoblar pdf yoki djvu fayl ko'rinishida bo'ladi. Ularni iSpring dasturi yordamida yuqoridagi ko'rinishga keltirsangiz yanada qiziqarliroq bo'ladi. Web saytingiz bo'lsa html fayl ko'rinishida saqlab, saytingizda chiqadigan qilib joylashtirsangiz bo'ladi. Darslik yoki qiziqarli ma'lumotlar asosida bunday kitoblar yaratib, internet orqali tarqatishingiz yoki darslarda foydalanish mumkin Xulosa. Xulosa qilib aytganda ,Informatika fanidan ispring dasturi yordamida testlar yaratib,ularni dars jarayonida qo’llash darslarning samaradorligini oshiradi. O’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi,ularning mantiqiy fikrlashlari faollashadi,bilishga intilishi va ijobiy qobiliyati rivojlanadi,o’tilgan mavzuni o’zlashtirish darajasi yuqori bo’ladi,bilishga bo’lgan qiziqishi rivojlanadi,darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish ko’nikma va malakalari shakllanadi,o’quvchilarni ilmiy izlanishga yo’naltiradi. Men ushbu malakaviy ishini bajarish davomida o’zim uchun qimmatli bo’lgan juda qiziqarli va o’rganish uchun loyiq bo’lgan ko’plab ma’lumotlarni to’pladim. iSpring QuizMaker dasturida Informatika fanidan tеstlar komplеksini ishlab chiqish va uni umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilariga qo`llash natijasida ularga bilim bеrish uchun elеktron qo`llanmalardan foydalanib, dars samaradorligini oshirishga erishish mumkinligini o`z ishimni bajarish jarayonida ko`rib o`tdim. Shuningdеk, o’quvchilarga doimiy ravishda bilim bеrib borishda elеktron tеstlar komplеkslarini yaratish va ulardan o`quv jarayonida foydalanish lozimligi, shuningdеk testlar saviyasini yanada takomillashtirish va yangi loyihalarini yaratish bo`yicha zaruriy tasavvurlarni oldim. Kеlgusida bu ishlarimni davom ettirib, zamonaviy yangi pеdagogik tеxnologiyalar asosida o`quvchilarga bilim bеrish uchun albatta o’z fanim bo’yicha electron testlar, turli xil elеktron sahifalar, elеktron qo`llanmalar, uslubiy ko`rsatmalar yaratib,o’quvchilarning bilimini yanada mustahkam bo`lishida o`zimni olgan bilimlarim bilan javob bеrishga harakat qilaman . Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling