«Ўзбекистон почтаси» ОАЖ Жиззах филиали туман-шаҳар почта алоқа тармоқларининг хизмат кўрсатувчи ходимларини компьютер технологиялари бўйича билимларини ва амалий кўникмаларини ошириш (3 кунлик) - Машғулотларни олиб бориш бўйича масъул:
- Филиал АТРБ бошлиги О.Сунатов
Компьютер узи нима? - Компьютер бу инсониятнинг энг ажойиб кашфиётларидан биридир. Хозирги кунда компьютер хаётимизнинг барча сохаларига шиддат билан кириб бормокда. Агар бошида персонал компьютер асосан маълумотларни саклаш ва уларни кайта ишлаш учун фойдаланган булса, хозирги кунда эса компьютерлар аудио, видео ва чизмачилик маълумотлар билан ишлаш учун кенг фойдаланади. Келажакни унингсиз тассавур килиш мумкин эмас.
Protsessor - Protsessor - kompyuter yuragidir. Protsessorni markaziy protsessor deb ham ataladi (CPU - Central Processing Unit). Bu sistemadagi eng muhim mikroshema bo`lib, programma ta`minoti buyruqlarini aynan protsessor tomonidan bajariladi. Zamonaviy protsessorlar o`lchami juda kichkina bo`lgan kremniy kristallida joylashgan millionlab tranzistorlarni o`z ichiga olgan. Zamonaviy kompyuterlarda protsessorning narxi, u o`rnatilgan sistemali plataning narxidan ikki va bir necha marta qimmatroqdir.
Operativ hotira - Sistemaning hotirasi ko`pincha operativ (tezkor) hotira (RAM - Random Access Memory) deb ataladi. Bu asosiy hotira bo`lib, unga protsessor tomonidan ma`lumotlarning qayta ishlanishi davomida barcha ma`lumotlar va programmalar yoziladi. Operativ hotirada ma`lumotlarning saqlanishi uchun to`xtovsiz elektroenergiya uzatilishi lozim. Kompyuter o`chirilganda, operativ hotira joylashgan barcha ma`lumotlar ochib ketadi, kompyuter yoqilganda ma`lumotlar qaytadan operativ hotiraga yuklanadi.
Qattiq disk - Qattik disk - sistemadagi eng asosiy ma`lumot tashuvchisidir. Unda barcha programma va ma`lumotlar saqlanadi. Qattiq disklarda tashuvchilar aylanadigan ferromagnetik qatlam bilan qoplangan alyuminiyli va karamikali disklardan iborat bo`lgani uchun ko`pincha qattik disk deb ataladi. Qattiq disk o`lchamlari turlicha bo`lishi mumkin. Qattiq diskning si`gimi esa qattiq disklar soniga, o`lchamlariga va zichligiga bo`g`liq.
CD/DVD-ROM - CD-ROM (Compact Disk) va DVD-ROM (Digital Versatile Disk) yig`uvchilari nisbatan katta sig`imga ega bo`lgan va ma`lumotlarni optik saqlaydigan saqlash qurilmalaridir. Dastlab bunday tashuvchilar ma`lumotlarni faqat o`qish uchun mo`ljallangan bo`lib, ulardagi ma`lumotlarni o`zgartish va qaytadan yozish imkoniyati yo`q edi. Hozir disk va disk yurituvchilarning ma`lumotlarni yozadigan (writeable) va ko`p marotaba yozadigan (rewriteable) modellari mavjud.
Klaviatura - SHK ga sonli, matnli va boshqaruvchi axborotni qo’lda kiritish uchun qurilma. Klaviatura tugmalar soni, shakllari, shuningdek maxsus imkoniyatga ega bo`lishi bilan farqlanadi.
Sichqoncha - Sichqoncha - amallarni tanlash qismi. Sichqonchalar tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ish holatlari (trekbol va sensor panel) bo`yicha farqlanadi.
Videoadapter - Videoadapter monitorda ko`rinadigan ma`lumotlarni aks ettrirish uchun ishlatiladi. Barcha videoadapterlar 4 ta asosiy qismlardan: videochip, operativ videohotira (Video RAM), raqamli va analogli signallarni o`giruvchi qurilma va asosiy kiritish - chiqarish sistemasidan (BIOS) iborat.
Monitor (displey) - Ma`lumotlarni ekran orqali foydalanuvchiga chiqaruvchi qurilma bu – monitordir. Monitorlar diagonal uzunligi (14-27 dyumgacha) va nuqtalar o`rtasidagi masofa (0,25 – 0,39 mm gacha) bilan farqlanadi. Bundan tashqari monitorlar rangli va monoxrom (2 xil rangli) bo`ladi.
Printer - Bosuvchi qurilmalar (printerlar) — bu qiymatlarni ЕHM dan chiqarish qurilmasidir.
- Printerlar quyidagi turlarga bo’linadi:
- - Matritsali printerlar;
- - Purkagichli printerlar;
- - Lazerli printerlar.
Skaner - Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita ЕHM ga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda еmas, balki еlektron ko’rinishda yaratadi — tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi.
Modem - Modem bu ma`lumotlarni bir turdan ikkinchi turga o`tkazib beruvchi qurilmadir (ADSL modem, Wi-Fi modem, USB 3G/GPRS modem va b-qalar). “Modem” so`zi “modulyator” va “demodulyator” so`zlaridan olingan. Yana ular ichki va tashqi ga ham ajratiladi.
E`tiboringiz uchun rahmat! - E`tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |