Mashg‘ulot №5
Download 18.75 Kb.
|
5-семинар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar.
MASHG‘ULOT № 5MAVZU: FARMASEVTIKA MUASSASALARI HUDUDINI OBODONLASHTIRISII USKUNALARNI JOYLASHTIRISH, ERGONOMIKA ELEMENTLARI VA XAVFSIZLIK BELGILARI Tayanch iboralar: ergonomika, obodonlashtirish, uskunalarni joylashtirish, shamollar guldastasining ta`siri. Mavzu maqsadi: Ergonomika elementlari, korxona hovlisini obodonlashtirish,uskunalarni joylashtirish haqida ma`lumot berish. Korxona hovlisini obodonlashtirish, unga daraxt gul va butular maysazorlar ajratib qo`yish – yong`inning tarqalib ketmasligi uchun shovqin va changli havoning tarqalib ketmasligi uchun himoya lentalari hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bino ichidagi ishchilarni yo`ldan o`tayotgan transport shovqinlaridan quyosh radiatsiyasidan saqlaydi. Mehnat sharoitlarini yaxshilaydi va ochiq havoda dam olish joylari tashkil qilish imkonini beradi va h.k. Odatda fabrika oldi maydonlari magistral yo`llar chetlari qurilishdan bo`sh barcha joylar, ayniqsa maishiy binolar atrofi oshxona, tibbiy yordam punkti dam olish joylari, suv olish nasos stansiyalari suv havzalari toza havo olish zonalari. Daraxt va butalarni transport vositalarining harakatiga muhandislik tarmoqlarining o`tkazilishiga va yo`llarni yoritish uchun o`rnatiladigan chiroqlarga halaqit bermasligini hisobga olish kerak. Ular yo`l harakatiga halaqit bermasligi belgilar yaqqol ko`rinib turishi kerak. Mashina yo`llari, piyodalar yo`laklari, yuk tushirish va ortish maydonlari hamda korxona hovlisidagi ish joylari yoritilishi shart. Ergonomika insonning ish jarayondagi harakatidir. Ergonomika ishlab chiqarish jarayonida ishchining charchamasdan, ish qobiliyati pasaymagan va sog`ligini yo`qotmagan maksimal ish unumdorligiga erishishda funksional imkoniyatlarni o`rganuvchi fandir. Ergonomika - nazariy fan bo`lib fiziologiya, psixologiya, antropometriya, mehnat gigiyenasi va insonning ish faoliyatini kompleks ravishda qamrab oladi. Hozirgi paytda yangi texnologik jarayon, kichik korxonalar, yangi mashina va uskunalar albatta "mahsulot sifatiga" binoan bo`lishi zarur. Ergonomika ko`rsatkichlar belgilangan talablarga javob berishi kerak. Ish joyda narsalarni joylashtirish, ularning shakli rangi va boshqa qator omillar noto`g`ri joylashtirilsa ishchini charchatadi to`g`ri joylashtirilganda esa aksincha, ish unumdorligini oshiradi. Bunda ish joylarini tashkil qilish ham katta ahamiyat kasb etadi:asboblar to`qimalarining joylashtirilishi rangi,mashinaning balandligi va boshqa ishlab chiqarish sharoitlari shular jumlasidandir. Bular shunday joylashtirilishi lozimki, ishchi ortiqcha harakatsiz o`zini zo`riqtirmasdan ulardan osonlik bilan foydalansin. Ish joyning balandligi ham muhim ahamiyatga ega. Odatda u 1000-1600 mm oraliqda olingani maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari ko`zining imkoniyat doirasini ham hisobga olish kerak. Gorizonlal bo`yicha ko`rish burchaklari 180 ko`zining ish joyda oniy ko`rish burchagi 300-ko`zning ish joyida samarali ko`rish burchagi, 1200- ko`zining bosh qimirlatmay burgandagi ko`rish burchagi, 2200-ko`zining boshni burgandagi ko`rish burchagi. Vertikal bo`yicha yuqoriga ko`rish burchagi 55-600 ni, pastga ko`rish burchagi esa 70-750 ni tashkil qiladi. Bunda ham samarali ko`rish burchagi 30-400 ni tashkil qiladi. Masalan, to`qimachik korxonalarida (ayniqsa yigiruv va to`quv fabrikalarida) mashina va dastgohlarni boshqarish juda ko`p harakat qilishni taqozo qiladi. Masalan,ipni kalavalovchi smena davomida 10 km ga yaqin masofani yurib, 1800 marta uzilgan ipni ulash va bo`shagan g`allaklarni almashtirish uchun engashar ekan, kalavalovchining ishini yengillashtirish maqsadida korxonalarda ularga harakatlanuvchi o`rindiq qilib berilgan. U maxsus tepkini bosib, mashina bo`ylab o`ngga va chapga harakatlanishi va o`rindiqda o`tirgan ycrida uzilgan iplarni ulashi va boshqa operatsiyalarni bajarishi nuimkin. Bu ularning ishini ancha ycngillashtiradi. Sanoat korxonalarida ortish-tushirish va ko`tarish-tashish ishlari texnologik jarayonning bir qismi hisoblanadi. Bu ishlar sharoitni yengillashuvi va mehnat xavfsizligi yuklarini ortish, tushirish va tashish ishlarini keng ko`lamda mexanizatsiyalashtirishga bog`liq. Yuklarni ortish-tushirish va joylashiirish bilan bog`liq hamma ishlar, mehnat haqidagi qonunlar asoslarida "Ortish-tushirish ishlari xavfsizlikning umumiy talablari"ga muvofiq belgilab qo`yilgan. Ortish-tushirish ishlari ko`tarish-tashish tizimlaridan foydalanib bajariladigan bo`lsa korxona ma`muriyati ishlarining xavfsiz amalga oshirishga javobgar shaxsni ta`minlaydi. Bu shaxs yukni ortish, tushirish va tashish vositalari hamda uskunalarning to`g`ri tanlanishishni, shuningdek, mexanizatsiyalash vositalaridan to`g`ri foydalanilishini kuzatib turishi lozim. Ortish tushirish ishlari tajribali xodim rahbarligida olib boriladi. U xavfsizlik yo`llari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalaridan imtihon topshirishi kerak. Yuk ko`tarish kranlaridan foydalanilganda esa bu imtihon Davtexkonnazorat /agentligi/ tashkilotlari vakili ishtirokida o`tkazilishi zarur. Imtihondan o`tganlarga bu haqda maxsus guvohnoma bcriladi. Katta ish yurituvchi yuklar tushiriladigan maydonchani tayyorlaydi. Yuklarni ortish, tushirish hamda taxlash tartibi va usullarini aniqlaydi ishlarni amalga oshirish tcxnologiyasi hamda xavfsizlik yo`llari talablarini bajarish yuzasidan yo`1-yo`riq beradi, ish o`rinlari soz holatdagi moslama mexanizm va kranlar bilan ta`minlaydi. Yangi korxona uchun joy tanlashda quyidagi prinsiplarga amal qilish kerak:
Yerning relyefi. Suv ta`minoti. Oqava suvlarni tashlab yuborish. Yangi qurilayotgan korxona uchun yer uchastkasi ajratishda qurilish maydonining relyefi. gidrogeologik va geologik xaraklenstikasi seysmikligi hisobga olinadi. Yerosti suvlari qaysi chuqurlikda o`tgani ham hisobga olinadi. Ularning sathi eng chuqurda joylashgan muhandislik inshootlaridan ham pastda bo`lishi kerak. U yer tekis keskin qiyaliklardan holi bo`lishi kerak. Korxona hovlisi sanitariya talablariga javob berishi kerak, ya`ni atmosfera suvlarining chiqib ketishi, tabiiy ravishda shamollatish havoni suvni va tuproqni ifloslantirishning oldini olish imkom bo`lishi kerak. Korxona hududida obyektlarini to`g`ri joylashtirishda shamollar guldastasining yo`nalishi katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun shamollar guldastasini qaysi tomondan esishini hisobga olib so`ngra obyektlar zonalashtiriladi. Qurilish zichligi (yoki zichlikkoeffilsienti) hududdagi binolar bilan maydonlar yig`indisi shu hududning umumiy maydoniga nisbati o`lchanadigan kattalikdir. Odatda bu ko`rsatkich 55-60% borganda maqsadga muvofiq hisoblanadi. qolgan 40-45% maydon yo`l yo`lkalar va ko`kalamzorlashtirish uchun qoldiriladi. Zamonaviy paxta ipak to`qimachilik va yengil sanoat korxonalari ishlab chiqarish maishiy va yordamchi xo`jalik binolandan tashkil topadi va ular turli- tuman belgilari bilan xarakterlanadi. Masalan: portlash xavfi, yong`in xavfi, zararli gazlar va changlar ajralib chiqishi, avtomobil va temir yo`llar va h.k. lar bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi ishlovchilarga qulayliklar yaratish niyatida korxona hududini alohida gruppalarga ya`ni zonalarga bo`linadi. Zonalarga ajratish har bir binoning vazifasiga sanitariya xarakterislikasiga xom ashyoning yonuvchanligiga texnologik jarayonga transport xizmatiga, ishlovchilar soniga va boshqa ko`plab omillarga bog`liq. Korxona hovlisini planlashtirishda avtomobil yo`llarning va piyodalar yo`laklarining eng oddiy va qulay sxemasi tanlanadi. Bunda avtomobil yo`llari bilan piyodalar yo`llari kesishmasligig`a e`tibor berish kerak. Kcsishmasligining iloji bo`lmaganda yerosti yo`llari yoki qo`shimcha yo`llar qurish bilan xavfsizlik ta`minlanishi kerak. Magistral avtomobil yo`llarining eni 6 yoki 3 songa bo`linadigan qilib olinadi. Korxonada odatda yo`llar tutash bo`lishi kerak. Ayrim hollarda tupik yo`llar bo`lishiga ruxsat etiladi agarda ularning uzunligi 100m dan oshmasa. Piyodalar uchun mo`ljallangan yo`lkalarning (trotuar) eni 0,75 m, dan kam bo`lmasligi kerak. Mashinalarni boshqarishning qulay va oddiy bo`lishi, ish joylarida sanitariya- gigiyena psixofiziologik va estetik talablarni bajarishda charchatuvchi va toliqtiruvchi holatlarni yo`qotishda. mashinalami sozlashda va tuzatishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu qachonki mashinalarning o`zaro joylashishida va binoning qurilish konstruksiyalari bilan, sozlash zonalarini, boshqarish zonalarini transport yo`llari va yo`laklarini hisobga olgan holda bo`lsagina mumkindir. Shuning uchun mashinalami joylashtirishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
mashinalarning konstruksiyasi va gabarit o`lchamlari; xonalarning o`lchamlari va ustunlar to`ri; transport yo`laklari; mashinalami texnologik boshqarish, sozlash va yarim mahsulot va tayyor mahsulotlarni joylashtirish; ish yo`laklari mashinalar orasidagi montaj va boshqa oraliqlar, mashina bilan ustun va devor oraliqlari; evakuatsiya yo`laklari, markaziy va devorlar yonidan o`tgan; devorga o`rnatilgan asbob va uskunalar va boshqa moslamalar. Mashinalarning gabarit o`lchamlari ularning texnik pasportlartda beriladi; uzunligi eni va bo`yi. Hozirgi paytda bir qavatli va ko`p qavatli binolar qurish dorixona,ishlab chiqaruvchi korxona va yengil sanoat korxonalari uchun xosdir. Bir qavatli binolarda eng qulay ustunlar to`ri 12x 18m hisoblanadi. Bunda mashinalami boshqarish qulay bo`ladi, baxtsiz hodisalar xavfi kamayadi, sexning maydoni iqtisod qilinadi. Mashinalarni texnologik boshqarish zonasi - bunda ishoperatsiyalarni xavfsiz bajarishni ta`minlaydigan, yonma-yon turgan mashinalarorasidagi yo`lak nazardatutiladi. Bu mashinalarni chiqargan zavod tomonidan belgilanadi. Bu ishchining pozasiga ham bog`liq. Sozlash zonasi - bunda mashinani montaj va demontaj qilishda, sozlashda sozlovchining xavlsizligi uchun zarur bo`lgan mashina atrofidagi maydon tushuniladi. Sozlash zonasi ham sozlovchining pozasiga bog`liq.
Ish yo`laklari. Ularning eni quyidagi formuladan topiladi: B=a ,(m) a - qo`shni mashinalaroing boshqarish zonasining yarim summasi. m; am - mehnatni har xil tashkil qilishda texnologik zonalarning bir-biriga mos kelishini hisobga oluvchi koeffitsient. Bo`sh yo`lak eni uning uzunligiga qarab 0.5-0.7 m oralig`ida bo`ladi. Montaj oralig`i-0.3 m.
Evakuatsiya yo`laklari. Bular smena va tanaffus paytlarida zarur hollarda ishchilarni evakuatsiya qilish uchun hamda transport vositalari yurishi uchun mo`ljallangan. Ular joylashishi bo`yicha: markaziy va devorlarga yondoshgan; vazifasi bo`yicha: asosiy va yordamchi lurlariga bo`linadi. Evakuatsiya chiqish eshiklari sexlarda kamida ikkita bo`lishi kerak. Ish joyidan chiqish eshigigacha bo`lgan masofa bir qavatli binolarda 100 m gacha ko`p qavatli binolarda 75 m gacha bo`lishi kerak. Zinapoya kataklari yonmaydigan materialdan qo`llanilishi kerak. Zinapoya katagining kamida 50% maydoni tabiiy yorug`lik bilan yoritilishi kerak. Sexlardan chiqiladigan chiqish eshiklar tashqariga ochilishi kerak. Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar. 1.Korxona hududini obodonlashtirishga qo`yiladigan asosiy talablar. 2.Ergonomika fani nimani o`rganadi? 3.Ish joyini tashkil qilishda asosiy ergonomik talablar. 4.Yuklarni ortish-tushirish ishlaridagi xavfsizlik talablari 5.Korxona hududini zonalashtirish uchun joy tanlash talablari. 6.Korxona hududini zonalashtirish prinsipi nimalarni o`z ichiga oladi? Download 18.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling