- VI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI
- VI guruh kationlarini nitratlari, xloridlari, sulfatlari suvda eruvchan bo‘lib, kobalt (II) tuzlarini eritmasi – pushti, nikel (II) – yashil, mis (II) – ko‘k rangga ega. Kadmiy va simob (II) tuzlarini suvli eritmasi rangsiz. VI guruh kationlarini karbonatli, fosfatli, sulfidli tuzlari suvda kam eriydi.
- Ishqor yoki ammiak ta’sirida VI guruh kationlari (simob (II) dan tashqari) gidroksid yoki asosli tuz holida cho‘kmaga tushadi. Simob (II) ishqorlar ta’sirida HgO, ammiak ta’sirida [OHg2NH2]NO3 tarkibli cho‘kmalar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |