Vodorod pereoksidining ishqoriy sharoitdagi ta’siri - Vodorod pereoksidining ishqoriy sharoitdagi ta’siri
- VI guruh kationlariga ishqoriy sharoitda vodorod peroksidi ta’sir ettirilsa (NH3, NaOH) nikel, mis, kadmiy, simob (II) gidroksidlari cho‘kmaga tushadi. Kobalt (II) tezda oksidlanib kobalt (III)ga o‘tadi va qo‘ng‘ir Co(OH)3 cho‘kmaga tushadi. U esa mo‘l miqdordagi konsentrlangan ammiakda eriydi va olcha rangli [Co(NH3)6]3+ kompleksini hosil qiladi.
- 6.1.Kobalt kationining reaksiyalari
- Kobalt tuzlarining suyultirilgan eritmalari va kristallgidratlari pushti ranglidir. Bu rang akvakompleks ion - [Co(H2O)6]2+ ning hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi.
- 1.O‘yuvchi ishqorlar—NaOH va KOH Co2+ ion bilan ko‘k rangli asosli tuz cho‘kmasini hosil qiladi:
- Co2+ +C1-+OH-→ CoOHCl↓
- Agar cho‘kmaga ishqor qo‘shib qizdirilsa, asosli tuz pushti rangli Co(OH)2ga aylanadi:
- CoOHCl + OH-→ Co(OH)2↓ + Cl-
Do'stlaringiz bilan baham: |