Mashg’ulot №9 narkoz tushunchasi, turlari, asoratlari bo’yicha shifokorning bemor bilan muloqot qilishining ahamiyati. Tana haroratini, pul’sni va arterial bosimni o’lchash. Narkoz


Download 252.59 Kb.
bet1/9
Sana30.11.2021
Hajmi252.59 Kb.
#178096
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mashg’ulot №9


Mashg’ulot №9

NARKOZ TUSHUNCHASI, TURLARI, ASORATLARI BO’YICHA SHIFOKORNING BEMOR BILAN MULOQOT QILISHINING AHAMIYATI.

TANA HARORATINI, PUL’SNI VA ARTERIAL BOSIMNI O’LCHASH.

Narkoz (yun. narcosis – karaxtlik) – sun’iy yo’l bilan (ba’zi kimyoviy moddalar va boshqa omillar ta’sirida) hosil qilinadigan chuqur uyqu holati, bunda kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yo’qoladi.

Qadim zamonlardan beri bemorlarni jarrohlik usulida davolash vaqtida insonning yuqori og’riq sezgisini yengib o’tish muammosini hal qilish zarurati olimlar va shifokorlarni tashvishga solib kelgan. Qadim zamonlardan buyon insoniyat og’riqsizlantirishning ishonchli va xavfsiz usullarini aniqlash maqsadida izlanishlar olib bormoqdalar va hozirgi kunda og’riqsizlantirish usullarini o’rganadigan alohida fan ham mavjud bo’lib, bu anesteziologiya fanidir. Hozirgi kunda anesteziologiya fani og’riqsizlantirish usullarini takomillashtirish yo’lida izlanishlarni davom ettirib, umumiy og’riqsizlantirish vaqtida tanada salbiy ta’sir va keyingi asoratlarni kamaytirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Anesteziologiya – og’riqsizlantirish to’g’risidagi fan bo’lib, operatsiya jarohatining bemor tanasiga nojo’ya ta’siridan himoya qilish usullarini o’rganadi. Zamonaviy nuqtai nazardan, anesteziologiya – tanani jarrohlik jarohati va uning oqibatlaridan himoya qilish, jarrohlik aralashuvi vaqtida hayotiy funksiyalarni nazorat qilish va boshqarishdir. Jarrohlik amaliyoti odam organizmi uchun nafaqat og’riqli, balki ma’lum bir darajada agressiv omil ham hisoblanib, buning natijasida organizmda kompensatsiya-adaptiv reaksiyalar kompleksini ham keltirib chiqaradi.




Download 252.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling