Mashg‘ulot chog‘ida amal qilinadigan qoidalar Suzishni bilmaganda o‘zini tutish


Download 1.97 Mb.
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1370975
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Suzish sport turlari qoidalari

127-rasm.
Start va burilishlar. Chalqancha suzishdan tashqari, barcha startlar tumbochkadan bajariladi.
Start beruvchining hushtagi chalinishi bilan suzuvchi tumbochkaning orqa qismiga chiqib turadi, ikkinchi hushtakdan keyin tumbochkaning old qismiga keladi va dastlabki holatni egallaydi.
Bunda tizzalar parallel joylashadi, ular orasidagi masofa 10 — 15 sm, oyoq panjalari tumbochka chetiga tekis qo‘yiladi, tana oldinga egilgan, oyoqlar tizzadan taxminan 150° bukilgan, qo‘llar orqada, bosh sal ko‘tarilgan holatda bo‘ladi. Start berilgandan keyin suzuvchi tumbochkadan siltanib sakraydi, qo‘llari oldinga-yuqoriga kuchli siltanadi va suvga kelib tushadi. Uchayotganda tana to‘g‘rilanadi, bosh qo‘llar orasiga o‘tadi, oyoqlar birlashadi va oyoq kaftlari cho‘ziladi.
Burilishlarni bajarish. 25—50 metrli havzalarda musobaqa va suzishga o‘rgatish chog‘ida to‘g‘ri burilish yasashga alohida e’tibor beriladi.
Qulochkashlab suzish usulida suzuvchi devorga yaqin keladi, chuqur nafas oladi, devorga o‘ng qo‘lini tekkizadi, boshi bilan suvga kiradi, tezda oyoqlarini bukadi va qo‘li bilan devorga tayanib buriladi. Burilgandan keyin u oyoqlarini devorga tiraydi, boshini ko‘tarmay, qo‘llarini oldinga cho‘zadi va kuch bilan devordan itariladi. Itarilgandan keyin suv ostida harakat sekinlashganda suzuvchi suza boshlaydi (127-rasm).
„Brass“ usulida burilish texnikasi boshqacha bo‘ladi. Devorga suzuvchi har ikkala oyog‘i bilan tiralishi kerak, tizzalarini ko‘kragiga yig‘adi (shu payt nafas olish uchun boshini ko‘taradi), buriladi va har ikkala oyog‘i bilan devordan itariladi (128-rasm).

Oʻzbekistonda qadimdan suvda turli oʻyin va musobaqalar oʻtkazilgan. Suvda suzish sporti respublikada 1924—25 yillardan rivojlana boshladi. Ana shu davrda ilk gidrostansiyalar qurilgan. Chunonchi, Toshkentda Boʻzsuv toʻgʻon bilan toʻsilib, sunʼiy suv ombori hosil qilindi. Bu yerda 2 ta suv stansiyasi qurilib, suzish havzasi va balandlikdan suvga sakrash minoralari bunyod etildi. 1927-yil 1marta shu yerda Toshkent va Samara (Rossiya) sh.lari jamoalari oʻrtasida suzish musobaqasi boʻlib oʻtdi. 1930-yil Toshkent toʻqimachilik k-ti qoshida stadion va uz. 50 m li suvi isitiladigan ochiq havza qurilib ishga tushirildi. 1935-yil Andijonning sunʼiy suv havzasida 1 marta respublika suv sporti bayrami, Suvda suzish boʻyicha Oʻzbekiston birinchiligi oʻtkaziddi, 1937-yil Toshkentdagi temiryoʻlchilar istirohat bogʻida ochiq suv havzasi qurilib, suzish boʻyicha 1-bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tashkil etildi. 1939-yil Oʻzbekistonda Suvda suzish boʻyicha respublika federatsiyasi tuzildi. Oʻtgan asrning 60y.larida Toshkentda (jismoniy tarbiya instituti qoshida, "Mehnat rezervlari" sport jamiyati huzurida, Armiya sport klubiga qarashli), Navoiy shahrida, boshqa viloyatlarda suvi istiladigan yopiq va ochiq suv havzalari qurilib foydalanishga topshirildi. Respublikada qobiliyatli yosh sportchisuzuvchilar yetishib chiqa boshladi. Olimpiada oʻyinlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan S.Babanina, N.Ustinova, S.Iskandarova, S.Konov, SZabolotnovlar sportning ana shu turida shuhrat qozondilar. Hozir respublikamizning viloyat va tuman markazlarida 200 dan ortiq suv havzalari mavjud.Odatda dars berish uslubi deganda shug'ullanuvchilarga nazariy bilim berish, ularda shu sohaga havas uyg'otish va amaliy ko'nikma hosil qilish hamda malakalarini takomillashtirish, sport texnikasi bilan asta-sekin, izchil tanishtira borish va o'rgatishda foydalaniladigan metod va qo'llanmalar sistemasi tushuniladi.


Suv sport inshootlari - sogʻlomlashtirish, oʻquvmashq hamda har xil sport musobakalari uchun muljallangan alohida bino, qurilishlar majmuasi. Zamonaviy Sport inshootlarining timsoli sifatida qad. Olimpiya shahridagi palestra va gimnasiy, stadion, otchopar, sirk kabilarni aytish mumkin. Yunoniston va Kdd. Rimdagi amfiteatr va kolizeylarda stadion va sirklar birlashtirilgan. 19-asrga kelib Si. qurilishi jadallashdi. Sunʼiy suv havzalari yaratildi (1820—30), gimnastika zallari (1850) qad. shaklda takroran uslublashtirildi. 1896-yildan Olimpiada oʻyinlarining tiklanishi Si. qurilishining koʻpayishiga imkoniyat yaratdi. 20-asrga kelib Si. har bir davlatning oʻz milliy meʼmorlik anʼanalari asosida yangi zamonaviy meʼmoriy uslublar bilan boyitildi. Bular Rim (1960), Tokio (1964), Myunxen (1972), Moskva (1980), Seul (1988), Atlanta (1996), Sidney (2000) va boshqa Olimpiada majmualari oʻziga xos loyihalashtirilgan: Yaponiya (Tokio)dagi yirik Olimpiada inshooti Ioyogi stadioni (1964, meʼmori K. Tange, muhandisi I. Subon) zamonaviy yapon meʼmorligining eng yaxshi asarlaridan biri hisoblanadi. Binoda osma konstruksiyalaraan foydalanish yuqori tejamkorlikka ega boʻlib, yangi plastikani vujudga kelishiga imkoniyat yaratdi. Zamonaviy Si. 50 ga yaqin sport turlariga xizmat qiladi. Asosiy qurilishlar mashq va musobaqa oʻtkaziladigan maydon, zal va yordamchi xonalardan iborat (garderob, dush, sudyalar xonasi, sport jihozlari saqlanadigan xona va boshqalar). Si. majmuasiga muhandislik qurilmalari (elektr, suv, kanalizatsiya, ventilyasiya)dan texnik foydalanish, tomoshabinlar uchun qurilma inshootlari (tribuna, foye, bufet, sanuzel va boshqalar) kiradi. Shuningdek, Si. ochiq va yopiq (mashgʻulotlar talabiga koʻra), bir yoki bir necha sport turlariga muljallangan (mas, gimnastika va boshqa sport oʻyinlari uchun universal zallar), shuningdek, umumiy hududda joylashgan sportning har xil turlari uchun ixtisoslashgan sport majmualari sifatida quriladi (mas, ochiq maydonli Si.; futbol, yengil atletika, changʻi sporti, tramplin, velotrek va boshqa, usti yopiq maydonli Si.; badiiy gimnastika, suv havzasi, kort, konkida yugurish sporti va boshqalar). Zamonaviy Si dan yil boʻyi foydalanish maqsadida bir shakldan ikkinchi shaklga (yezda ochiq, qishda yopiq) aylantiriladigan mahobatli inshootlar bunyod etila boshlandi [Yaponiyadagi Xalqaro Iokogama stadioni (1997, 72 370 oʻrindiqli), SenDenidagi "Stat de Frans" stadioni (1999, 80 000 oʻrindiqli, unda yengil atletika va regbi oʻyinlari oʻtkaziladi.
Shug'ullanuvchilarga tanlangan sportcha suzish turi bo'yicha mahoratlarini oshirishlari uchun kerakli sharoit yaratib beriladi. Bu vazifalarning hal etilishi sog'liqni mustahkamlash va organizmni chiniqtirish, har tomonlama jismoniy rivojlanish va umumiy ish qobiliyatini yaxshilash, sportcha suzish texnikasi asoslari bilan to'g'ri tanishish, shug'ullanuvchilarda axloq va iroda xususiyatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
Sportda yuqori natijalarga erishish maqsadida tanlangan suzish turi bo'yicha sport mahorati muntazam oshirib boriladi.

Bu masalalar rejali, ko'p yillik mashg'ulotlar asosida umumiy va jismoniy tayyorgarlik saviyasini oshirish yo'li bilan hozirgi zamon sport texnikasi va taktikasining ilg'or yutuqlarini qo'llash, suzuvchilarda axloqiy va irodalilik xususiyatlarini tarbiyalash orqali hal etiladi.


Suzishga o'rgatishning boshlang'ich uslubiyasi jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalariga bo'ysundirilgan bo'lib, u dialektik materializm, sovet pedagogikasi didaktik prinsiplari va harakatning ko'nikma hamda malakalarini takomillashtirish asosida qo'llaniladi. Butun jarayon-suzishga o'rgatish va uni mukammal bilish jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi Har tomonlama kamolotga erishgan, sog'lom, jasur, ahloqan pok kommunizmning aktiv quruvchilarini, sosialistik Vatan mudofaasiga tayyor yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan bo'lishi kerak. Sportcha suzish bilan shug'ullanish, avvalo sog'liqni yaxshilashga va organizm (badan) ni chiniqtirishga qaratilishi lozim. Chunki busiz jismoniy va sport mahoratiga erishib bo'lmaydi. O'qituvchi va murabbiylar suzish mashg'ulotini uyushtirish hamda o'tkazishda mashg'ulot rejimi va sharoiti sanitariyagigiyena talablariga javob berishini qat'iy nazorat qilishlari lozim.




Xulosa
Shug'ullanuvchilar u yoki bu sportcha suzish texnikasini egallaganlaridan so'ng urilish texnikasini o'rganishga kirishishlari kerak. Oldin oddiy burilishlar texnikasi o'rganiladi, so'ngra shu asosda bir necha murakkab variantdagi burilishlar texnikasini bajarishga kirishiladi. Shug'ullanuvchilar burilishni o'zlashtirishlari uchun uning texnikasini aloxida fazalarga bo'lib o'rganishlari kerak: a) depsinish va sirg'anish; b) aylanish; v) burilish va sirg'anish; g) burilish devoriga suzib kelish, devorga tegish. Burilish texnikasini o'zlashtirish uchsn mashqlar. 1. Hovuzning sayoz qismida devorga orqa qilib turiladi. Suvga yelka botguncha cho'kiladi. Bir oyoqni bukib, lanja bilan hovuz devoriga tayaniladi. Luftlangan kaftlari bilan pastga qaragan qo'llar oldinga uzatiladi. Nafas olib bosh suvga qo'yiladi va ikkinchi oyoq bukilib, birinchisi sniga qo'yiladi. Suvga botib, g) ovoz va ko'rish signalini payqash tezligini rivojlantirish mashqlari shular jumlasiga kiradi. Maxsus jismoniy mashqlarni bajarishda gimnastika devori, skameyka, to'ldirilgan to'p, gantel va uncha og'ir bo'lmagan shtanga, cho'ziladigan rezinka, blok qurilmasidan va hokazolardan foydalaniladi. Mashqlar oyoq va qo'llarning turli holatlarida-turib, o'tirib, yotib va osilib, turli miqdorlarda takrorlanib, sekin va tez sur'atda bajariladi.
Suzishga o'rgatishning birinchi darsidayoq umumrivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga kirishiladi va uni takomillashtirish keyingi yillarda davom ettiriladi.
Umumjismoniy tayyorlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirish darslari suzish mashqi darslari bilan bir vaqtda va muntazam o'tkazilishi kerak.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling