Mashg'ulot ishlanma mavzu: Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari Guruh


Download 6.64 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi6.64 Kb.
#1525225
Bog'liq
mashg`ulot ishlanma tasviriy faoliyat


Mashg'ulot ishlanma
MAVZU:Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari
Guruh:o`rta
Ta'limiy maqsad: Tarbiyalanuvchilarning nutq boyligini o'stirish , loy va plastilin bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish, ijodkorlik qobiliyatini o'stirish ,
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarnjng mayda qo'l va barmoqlar motorikasini rivojlantirish , badiiy didni o'stirish
Tarbiyaviy Maqsad: Tengdoshlari bilan do'stona munosabatlarga , jamoa bo'lib ishlashga o'rgatish
Kerakli jihozlar: rangli plastilinlar, plastilin taxtachasi, pichoqchasi, quruq salfetkalar , qalam .
Mashg'ulotning borishi:
Tarbiyachi: Assalomu alaykum bolajonlar. Bugungi mashg'ulotimizda sizlar bilan birgalikda plastilindan Turli gullar yasashni o'rganamiz. Atyingchi bolalar sizlarga gullar yoqadimi?
Bolalar: Ha , yoqadi.
Tarbiyachi: Kelinglar dastavval rasmlar orqali turli xil chiroyli gullarni ko'rib chiqamiz. (Tarbiyachi bolalarga gullar rasmini ko'rsatadi.Gullar haqida ma'lumotlarga ega bo'ladilar ). Endi esa gullar haqidagi hikoyani sizlarga o`qib beraman.( Said Ahmadning Bir tomchi suv nomli hikoyasi o`qib beriladi.)
Mashg'ulot uchun kerakli bo'lgan jihozlari oldindan tayyorlab qo'yiladi. Bolalar tarbiyachining topshirig'i bilan o'zlariga yoqqan ranglarni tanlab olishadi . So'ngra tarbiyachi bolalarga yasalish uslubini birma-bir ko'rsatadi. Avval gulning asos qismi yumaloqlab olinadi . So'ngra yashil rangli plastilindan poya va barglari yasaladi. Yakunida esa qog'oz salfetkalar mayda kvadratlar shaklida kesin olinib , qalamda asos qimiga tiqib chiqiladi. Gulimiz ham tayyor!

Mashg`ulot yakunida boalarning bajargan ishlari baholanib rag`batlantiriladi.


Uyga vazifa: Boychechak she`rini yod olib kelish.
Boychechak
Bahor keldi, tonglar oq,
Tiniq, feruza osmon.
Boychechaklar teraylik,
Qirga yur, dugonajon.

Bizga hamroh qushlarning,


Tinmaydi quvnoq sasi.
Boychechaklar bahorning,
Bizlarga ilk tuhfasi.
Download 6.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling