Mashg’ulot ishlanmasi Oy: Sentabr Guruh: Katta-1 Mashg’ulot mavzusi
Download 25.31 Kb.
|
Mashg'ulot ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad
- Kutiliyotgan natijalar
- Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
- Harakatli o’yin O’yinning nomi
- O’yinning nomi
Mashg’ulot ishlanmasi Oy: Sentabr Guruh: Katta-1 Mashg’ulot mavzusi: Tizzalarni baland ko’tarib, oyoq uchlarida yugurish. Kichik va katta qadam qo’yib yugurish. Maqsad: Bolada o’zining harakatlarini va o’rtoqlarining harakatlarini baholash qobiliyatlarini shakllantirish. Ta’limiy maqsad: Bolalarga ketma-ket yurishni, Tizzalarni baland ko’tarib yugurishni o’rgatish. Tarbiyaviy maqsad: Bolalar o’rtasida do’stona munosabatlarni rivojlantirish, jamoa bo’lib harakat qilishni, sport anjomlaridan to’g’ri foydalanishni o’rgatish. Kerakli jihozlar: sport zali, bolalar soniga yetarli sport jihozlari (koptok, halqalar, arg’amchilar, tayoqcha) Kutiliyotgan natijalar: Tizzalarni baland ko’tarib, oyoq uchlarida yugurish. Kichik va katta qadam qo’yib yugurish. Mashg’ulotning davomiyligi: 25-30 daqiqa Tayyorlov qism: Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar. (Bolalar umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni quvnoq she’ r bilan boshlashadi.) I.Kirish Quvnoq mashqlar qilgani Ertalabdan saflandik Sog‘lom, baquvvat bo‘lishni Qaddimizni tik tutib, Hech ham boshni egmaymiz SHundayin quvnoklikda Biz yurishni boshlaymiz.
D.x.: oyoqni oyoq yuzi kengligida ochib paralel qo‘yish, qo‘llar belda. 1-qo‘llarni yon tomonga uzatish, 2-qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib, oyoqk uchida ko‘tarilish; 3-qo‘llarni yon tomonga tushirish; 4-dastlabki xolatga qaytish (7-8 marta). D.x.: oyoqlar elka kengligida, qo‘llar bosh orqasida. 1-gavdani o‘ngga burib, qo‘llarni yon tomonga ko‘tarish; 2- dastlabki xolatga qaytish. Xuddi shuning o‘zi chap tomonga burilib bajariladi (8 marta). D.x.: oyoqlar elka kengligida, qo‘llar yonda. 1- qo‘llarni yon tomonga uzatish, 2-o‘ng (chap) oyoqqa tomon engashish, qo‘l barmoqlarini oyoqlarning uchiga tekkizish; 3-rostlanib qo‘llarni yon tomon uzatish; 4-dastlabki xolatga qaytish (6-8 marta). D.x.: asosiy tik turish, qo‘llar belda. 1-2 cho‘qqayib, qo‘llarni oldinga uzatish; 3-4 dastlabki xolatga qaytish (6-8 marta). D.x.: asosiy tik turish, qo‘llar yonda. 1-o‘ng oyoqni yonga qo‘yib, qo‘llarni yon tomonga uzatish; 2-o‘ng qo‘lni yonga tushirish, chap qo‘lni yuqoriga ko‘tarish; 3-qo‘llarni yon tomonlarga uzatish; o‘ng oyoqni o‘z joyiga qo‘yish, dastlabki xolatga qaytish. Xuddi shuning o‘zi chap oyoqda bajariladi (8marta). D.x.: asosiy tik turish, qo‘llar belda. 1-sakrab oyoqlarni kerib qo‘yish, qo‘llarni yon tomonga uzatish; 2-dastlabki xolatga qaytish. 1-8 sanogida 3-4marta takrorlash. O‘rtacha sur’atda tarbiyachining sanog‘i yoki kuy jo’rligida bajariladi. Asosiy qism: a) Sport yo’riqchi bolalarni bir qatorga saflantiradi. Bolalarga o’ngga, chapga, ortga buyruqlari beriladi. b) Ikki jamoaga bo’linib navbat bilan 8-10metr masofaga oyoq uchida ko’tasrilib yurish; c) 8-10 metr masofaga tizzalarni baland ko’tarib yugurish; d) 8-10 metr masofaga katta- katta qadam tashlab yugurish; e) mavzuga oid ko’rgazmali qurollardan foydalanish: mavzuga oid sport rasmlarini rangli qalamlarda bo’yash.
O’yin shu tarzda davom ettiriladi. O’yinni birinchi bo’lib yakunlagan jamoa g’olib deb e’lon qilinadi. O’yinning nomi: “To’p havoda” O’yinning borishi: bolalar ikki guruhga bo’linishadi. Tarbiyachi signalidan so’ng 1- ishtirokchi 2-3 qadam tashlab qo’lidagi koptpkni yuqoriga otib ilib oladi, yana 2-3 qadam tashlab shu ishni takrorlaydi, 8 metr masofaga joylashtirilgan bayroqchaga yetib borgach, koptokni qo’liga olib yugurgan holda ortiga qaytib koptokni navbatdagi bolaga beradi. O’yin shu tarzda davom ettiriladi. O’yinni birinchi bo’lib yakunlagan jamoa g’olib deb e’lon qilinadi. Quvnoq daqiqa: Bolalar o’rnilaridan turgan holda musiqa sadolari ostida sport turlari haqida qiziqarli qo’shiqlarni aytishadi (Futbol haqida qo’shiq). Katta nchimli maydonda To’p surar futbolchilar Raqib chiziqqa o’tib Darvozaga Tepishar Koptok mo’lja;lga kirsa “Gol deya” hayqirishar Stadionda o’tirgan Yuzlab, minglab muxlislar. Yakuniy qism: Buben sadolari ostida yurish va engilgina yugurish. Nafas mashqlarini bajarish. Burundan nafas olish, og‘izdan chiqarish. Burundan nafas olish, og‘izdan bo‘lib- bo‘lib nafas chiqarish. Burundan nafas olish, og‘izdan unli tovushlarni aytib nafas chiqarish. O-o-o, u-u-u. Mashg’ulot davomida faol bo’lgan, shartlarni to’g’ri, chaqqonlik bilan bajargan bolajonlarni rag’batlantirish. Download 25.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling