Mashg`ulot jarayonida o`yin texnologiyasidan foydalanish


Download 103.72 Kb.
bet3/8
Sana14.03.2023
Hajmi103.72 Kb.
#1267346
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Metodika (2)

Texnologik
bosqichlar

 O’qituvchining faoliyati

Talabaning faoliyati

I bosqich.
Tashkiliy qism, 5-daqiqa.
II bosqich.
O’quvchlarning
bilish faoliyatini tashkil etish,
5-daqiqa.
III bosqich
Yangi mavzuni o’rganish,
60-daqiqa.
IV bosqich.
Natijani tahlil qilish va yakunlash,
10-daqiqa.

O’quvchlarni mashg’ulotning mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.
Bajariladigan o’quv topshiriqlari va ularning didaktik maqsadi bilan o’quvchlarni tanishtiradi.
O’quvchlardan «Olimlar» guruhlarini va ularning mustaqil ishlash jarayonini tashkil etadi.
O’quv materialining topshiriqlar yordamida mustaqil o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
Har bir guruhning o’quv materiali yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini tinglaydi.
Ma’ruza yakunida o’quvchlar bilan savol-javob, o’quv bahsi o’tkazadi.
O’quvchlar faoliyatini tahlil qiladi, ularga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarni beradi.

Mashg’ulotning mavzusi, maqsadi, borishi va bajarilishi kerak bo’lgan topshiriqlarni anglaydi.
Bajariladigan o’quv topshiriqlari yuzasidan ko’rgazmalar va didaktik maqsadni anglaydi.
O’quv faoliyatini tashkil etadilar, «Olimlar» guruhiga berilgan topshiriqlarni bajaradilar.
1-guruh
2-guruh
3-guruh
4-guruh
Har bir guruh o’quv materiali yuzasidan ma’ruzalar tayyorlaydi.
O’quvchlar bilan o’tkaziladigan savol-javob, bahs-munozarada faol ishtirok etadi.
O’quv faoliyati va erishilgan natijani tahlil qiladi va baholaydi.
Mustaqil ish va ijodiy topshiriqlarni oladi.

V. Mashg’ulotni umumiy yakunlash.
V1. Uyga vazifa berish.
O’quvchlarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va qo’shimcha bilim olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o’yinlar muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o’quvchlar o’zaro hamkorlikda avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini ijodiy qo’llanish va izlanish orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o’yinlar ijodiy o’yinlar deb ataladi.
Ijodiy o’yinli mashg’ulotlardan «Geomertiya» fanini o’qitishda va «Pifagor teoremasi» mavzusini o’rganishda foydalanish mumkin. Bunda o’quvchlar teng sonli guruhlarga ajratiladi. Bu yerda har qaysi guruhi ijodiy izlanib, kelgusidagi ishlarini rejalashtirishga o’rganadilar. O’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan topshiriqlarni bajarib, dalil va isbotlar asosida o’z javoblarini bildiradilar.
Ijodiy o’yin mashg’ulotlarida guruhdagi barcha o’quvchlar hamkorlikda ishlaydilar, avvalgi mashg’ulotlarda o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llaydilar. Bu esa ularda o’z bilim va iqtidoriga nisbatan ishonch hissini uyg’otadi.

Download 103.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling