Mashg’ulot jarayonida sportchilar tayyorgarligining asosiy bo’limlari


Alohida sport turlarida irodaviy sifatlarning


Download 191.5 Kb.
bet3/3
Sana12.06.2020
Hajmi191.5 Kb.
#118153
1   2   3
Bog'liq
3 маъруза матни MASHG’ULOT JARAYONIDA SPORTCHILAR TAYYORGARLIGINING


Alohida sport turlarida irodaviy sifatlarning qiyosiy ahamiyati

(F.Genov bo’yicha)*


Sport turlari

Yetakchi irodaviy sifatlar

Yetakchilarga eng yaqin

Ulardan

1-guruh: yengil atletikadagi yugurish, chang’ida yugurish, suzish, velosport, konkida yugurish, eshkak eshish, yelkanli sport

qat'iyat

o’zini qo’lda ushlay bilish, matonat

keyingi

2-guruh: sport va badiiy gimnastika, akrobatika, og’ir atletika, yengil atletikadagi sakrash va uloqtirishlar, konkida figurali uchish, otish

qat'iyat, o’zini qo’lda ushlay bilish

mardlik

tashabbuskorlik, mustaqillik, dadillik, mardlik

3-guruh: chang’ida sakrash, slalom, suvga sakrash, parashyutda sakrash, motosport, ot sporti, alpinizm

mardlik, dadillik

qat'iyat, o’zini qo’lda ushlay bilish

tashabbuskorlik, mustaqillik, dadillik

4-guruh: sport o’yinlari

tashabbuskorlik, mustaqillik

qat'iyat, dadillik, mardlik

tashabbuskorlik, mustaqillik

5-guruh: boks, kurash, qilichbozlik

tashabbuskorlik, mustaqillik

dadillik, mardlik

o’zini qo’lda ushlay bilish, qat'iyat

*Izoh: maqsadga intiluvchanlik barcha sport turlari uchun umumiy irodaviy sifat hisoblanadi.


Sportchining irodaviy tarbiyasidagi muhim bir jihat o’z-o’zini bilish, o’z faoliyatini mohiyatini anglash asosida o’z-o’zida tarbiyalashni izchil kuchaytirish sanaladi. Buning tarkibiga quyidagilar kiradi: a) umumiy yashash tartibiga rioya qilish; b) mashg’ulot dasturini bajarishga o’zini ishontirish, niyat qilish va o’zini majburlash; v) autogen va ularga o’xshash usul hamda priyomlar vositasida o’z hissiyotlari, psixik va umumiy holatini boshqarish; g) muntazam ravishda o’z-o’zini nazorat qilish (L.P.Matveev).
4.3. Musobaqalarga psixologik tayyorgarlik

Muayyan musobaqaga psixologik tayyorgarlikning musobaqalardan taxminan bir oy oldin boshlanadigan erta hamda chiqish oldidan, musobaqa davomida va u tugaganidan keyin bo’ladigan bevosita turlari bor (7-rasm).



Erta musobaqaoldi tayyorgarligi quyidagilarni ko’zda tutadi: bo’ladigan musobaqa va asosiy raqiblar haqida ma'lumot olish; sportchining shug’ullanganligi darajasi, uning shaxsiy xususiyatlari va tayyorgarlikning ayni bosqichidagi psixik holati to’g’risida axborot to’plash; bo’lajak musobaqalardagi harakat dasturini tuzish (mavjud axborotlarni inobatga olgan holda) va chiqishlar maqsadini belgilash; musobaqalarga psixologik tayyorgarlik ko’rish va xatti-harakatlarning batafsil dasturini tuzish (musobaqa bosqichi ham shu jumladan); bo’lajak musobaqalar sharoitini modellash tizimini ishlab chiqish, belgilangan maqsad, chiqishning vazifalari hamda mo’ljallangan tayyorgarlik dasturiga muvofiq musobaqalarda ishtirok etishning to’g’ri shaxsiy va ijtimoiy motivlarini rag’batlantirish; sportchida irodaviy sifatlarni, ishonch va taktik fikrlashni takomillashtirishga yo’naltirilgan musobaqa faoliyatini modellovchi sharoitlarda qiyinchilik va to’siqlarni yengib o’tilishini tashkil qilish; tayyorgarlik jarayonida sportchining psixik zo’riqishini pasaytirishga qaratilgan sharoitlar yaratish hamda shunday priyomlarni qo’llash.

Musobaqalar oldidan uning davomida o’tkaziladigan bevosita psixologik tayyorgarlik aynan maydonga chiqish oldidan psixik moslashuv va psixik holatning boshqarilishini; chiqishlar orasidagi tanaffuslarda psixologik ta'sir ko’rsatish va asabiy-psixologik tiklanish uchun sharoitlarning tashkil etilishini; bir chiqish davomidagi psixologik ta'sirni, navbatdagi chiqishdan keyingi psixologik ta'sirni o’z ichiga oladi. Har bir chiqish oldidan psixologik moslashuv chiqish uchun aqliy hozirlikni nazarda tutadi, bunda bo’lajak sport kurashini aniqlashtirish hamda detallashtirish kerak bo’ladi. Irodaviy moslashuv bo’lajak sport kurashi uchun zarur irodaviy sifatlarni namoyon etib, maksimal kuchlanishlarga tayyorgarlikni yaratish bilan bog’liq bo’lsa, ta'sir ko’rsatish tizimi sportchining hissiy zo’riqishlarini kamaytiradi. Bir chiqish mobaynidagi psixologik ta'sir quyidagilarni o’z ichiga oladi: tanaffuslar chog’idagi o’z-o’zini qisqa tahlil qilish va kurash paytidagi xatti-harakatlarni tahrir etish; irodaviy kuchlanishlarni rag’batlantirish, zo’riqishni kamaytirish; tasniflovchi chiqishlardan keyingi psixologik ta'sir ko’rsatish – psixik holatni yaxshilash, o’z imkoniyatlarini xoli baholashga halal beruvchi hissiyotlarni bartaraf etish, o’z kuchiga ishonchni mustahkamlash; alohida chiqishlar orasidagi tanaffuslarda psixologik ta'sir ko’rsatish – o’tgan chiqishlarni tahlil etish; raqiblar kuchini hisobga olgan holda navbatdagi chiqishni taxminan dasturlash; ishonchni tiklash; asabiy-psixik tiklanish uchun sharoitni tashkil qilish (psixik charchoqni kamaytirish, faol dam olishning xilma-xil vositalarini qo’llash chalg’ishi o’z-o’zini ishontirish va h.k. yo’llari bilan taranglikni pasaytirish).

Sportchining musobaqalarda muvaffaqiyatli chiqishi ko’p jihatdan uning musobaqalar oldidan va ular o’tayotgan paytda o’z psixik holatini boshqara olish qobiliyatiga bog’liq.

1) optimal qo’zg’alish – “jangga shaylik”. Bu holat sportchining o’z kuchiga ishonchi, xotirjamligi, yuqori natijalar uchun kurashga intilishi bilan tavsiflanadi;

2) haddan ortiq qo’zg’alish – “startoldi titrog’i”. Bu holatda sportchida hayajon, vasvasaga tushish, musobaqa ko’ngilli o’tishi uchun xavotirlanish paydo bo’ladi (6-jadval);

3) yetarlicha qo’zg’alishning yo’qligi – “startoldi loqaydligi”. Bu holatda sportchida lanjlik, uyquvchanlik, texnik-taktik imkoniyatlarning pasayishi va b. kuzatiladi;

4) haddan ortiq qo’zg’alish oqibatidagi tormozlanish. Bu holatda sportchida loqaydlik, psixik va jismoniy lanjlik, ba'zida asabiy holat yuzaga keladi. Sportchi hayolini chulg’ab olgan fikrlarning keraksizligini anglaydi, lekin ulardan qutula olmaydi.

Odatda, jangovar shaylik yuqori natijalarga erishishga yordam beradi, qolgan uchta turi – bunga halal beradi. Shunga ko’ra musobaqalar arafasida murabbiy va sportchi oldida to’rtta asosiy vazifa turishi mumkin:

1. “Jangovar shaylik” holatini imkon qadar uzoq vaqt saqlab turish;

2. Hissiy qo’zg’alish darajasini pasaytirish – agar sportchi “startoldi titrog’i” holatida bo’lsa;

3. Sportchining hissiy tetikligini oshirish – agar sportchi “startoldi loqaydligi” holatida bo’lsa;

4. Hissiy qo’zg’alish darajasini o’zgartirish – agar sportchi haddan ortiq qo’zg’alish natijasida tormozlanish holatiga tushib qolgan bo’lsa.

Shu maqsadda sportchini psixikasiga ta'sir ko’rsatuvchi har xil vositalar, usul va priyomlardan, o’quv-mashq jarayonining tegishlicha tashkil etilishidan foydalaniladi.

Hissiy qo’zg’alish darajasini pasaytirish uchun odatda quyidagilar qo’llaniladi:

a) murabbiyning sportchini tinchlantirishga, ishonchsizligini bartaraf etishga ko’maklashuvchi og’zaki ta'sir ko’rsatishi – tushuntirishi, ishontirishi, ma'qullashi, maqtovi va b. Bularni musobaqalar boshlanishidan bir necha kun avval qo’llay boshlash tavsiya etiladi. Sport amaliyotining ko’rsatishicha, musobaqalar o’tkaziladigan kuni, ayniqsa, ular boshlanishidan avval bu ta'sirlar ijobiy samara bermaydi, ba'zi hatto zarar keltiradi;

b) sportchining o’z-o’ziga ta'sir ko’rsatishi (autota'sir) – psixik zo’riqish holatini bartaraf etish uchun o’z-o’zini ishontirish, tinchlantirish, o’ziga buyruq berish. Masalan, “tinchlan”, “o’zingni qo’lga ol”, “hammasi joyida”, “barakalla” va b. shunga o’xshash o’z-o’ziga beriladigan buyruqlar keng qo’llaniladi;


Start oldidan suzuvchilarda yuqori qo’zg’alish darajasi belgilari

(V.N.Platonov, S.M.Vaytsexovskiy ma'lumotlari bo’yicha)


Fiziologik belgilar

Psixik belgilar

Yurak qisqarishlari sur'ati ortishi

Arterial qon bosimining oshishi

Nafas olishning tezlanishi

Mushaklarning yuqori darajada siqilishi

Asabiy harakatlar

Uyqusizlik

Ko’ngil aynishi
Adrenalinning haddan ortiq ajralib chiqishi
Harakatlar koordinatsiyasining buzilishi


Diqqatning tor fokuslanishi

Charchoq hissi

Siqilib nafas olish

Bosh aylanishi

Vasvasaga tushish

O’z ustidan nazoratni yo’qotish

Diqqatning hajmi va yo’nalishini boshqara olmaslik

Fikr jamlanishining ancha pasayishi, asabiylik holati

Shug’ullanishni istamaslik, musobaqalarda qatnashishdan qochish, befarqlik, tushkunlik


v) diqqatni, fikrlarni sportchida ijobiy hissiy reaktsiyalar hosil qiluvchi ob'ektlarga ko’chirish – yumoristik adabiyotlarni o’qish, kinofilmlar, teleko’rsatuvlarni tomosha qilish;

g) fikrlarni, ko’rib sezish qobiliyatini tabiat manzaralariga qaratish, naushniklar orqali musiqa asarlarani tinglash;

d) tinchlantiruvchi autogen mashqlar;

e) tinchlantiruvchi uqalash;

j) tinchlantiruvchi badan qizdirish mashqlari (shoshmasdan, bir maromda bajariladigan mashqlar hissasi ko’proq);

z) maxsus nafas olish ko’rigi mashqlari (nafas olish va chiqarish oraliqlarini o’zgartirish, nafasni tutib turish yo’li bilan nafasni olishni ixtiyoriy boshqarish).

Bo’lajak chiqishlar oldidan safarbar qilish maqsadida qo’zg’alish darajasini oshirish uchun o’sha usullardan foydalaniladi, lekin ular qarama-qarshi (ta'sir natijasiga ko’ra) yo’nalishga ega bo’lishi ham mumkin. Masalan, murabbiyning og’zaki ta'siri (ishontirishi, maqtovi, talabi va h.k.) psixik zo’riqishning oshishiga, diqqatning jamlanishiga ko’maklashishi kerak va b.

Bu holatda og’zaki va obrazli o’z-o’ziga ta'sir ko’rsatish fikrni g’alabaga, yuqori natijaga erishish uchun jamlash, o’z texnik-taktik va jismoniy imkoniyatlardan maksimal foydalanishga hozirlanish, o’ziga “nima qilib bo’lsa ham g’alaba qozon”, “bor kuchingni sarfla” singari buyruqlar berishdan iborat bo’ladi. Shuningdek, “tetiklashtiruvchi” harakatlar; qisqa muddatli giperventilyatsiyani qo’llagan holda nafas olishni erkin boshqarish; kuchlanish, tashlashlarga taqlidan badan qizdirish mashqlarini bajarish; uqalash va o’z-o’zini uqalash (ishqalash, urish); tananing ayrim qismlariga sovuq qo’zg’atuvchilar bilan ta'sir ko’rsatishdan ham foydalaniladi. Psixoprofilaktik usullardan, eng avvalo, autogen mashqlar, faollashtiruvchi terapiya hamda ta'sirchan dam oldiruvchi uyqu qo’llaniladi.

Sportchilarning hissiy holatini boshqarish vositalari va usullarini tanlash ularning o’ziga xos xususiyatlari (asab tizimi kuchi, harakatchanligi hamda muvozanatining namoyon bo’lishi, hissiy qo’zg’aluvchanlik darajasi, ko’rish, mushak harakat qobiliyatlarining holati, yoshi, tayyorgarligi va h.k.) bilan uyg’un tarzda amalga oshirilishi lozim.



Qattiq hayajon natijasida tormozlanish holati va yetarlicha qo’zg’almaslik holati tashqaridan qaraganda ko’pincha bir xil namoyon bo’lsa-da, turlicha boshqaruv usullarini qo’llashni talab etadi (buni hatto tajribali murabbiylar ham doim hisobga olavermaydilar). Tormozlanish holatini bartaraf etish uchun sportchiga e'tibor bilan, xotirjam munosabatda bo’lish, shu tariqa uning hayajonini bosish, psixikasini boshqaruvchi ta'sir ko’rsatish, past shiddatli mashqlar berish (yaxshisi alohida holda), iliq dush talab etiladi.
Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling