BU HIKOYA METAFORADIR. Shu bilan birga, yagona yechim bo‘lmay, barcha muammoga ko‘plab yechimlar topish mumkinligini ta’kidlang
2-mashq: “MUAMMONI YeCHISH”.
Iloji bo‘lsa, ishtirokchilardan 6 kishilik guruh shakllantiring - agar guruhda 6tadan kam ishtirokchi bo‘lsa ham hech qisi yo‘q. Har bir kishiga kesilgan iboralardan birini bering. 6 kishidan kam bo‘lgan guruh ishtirokchilariga yana bitta ibora yozilgan qog‘oz parchasini olishlarini so‘rang
Boshlovchi: “Bu muammolarni hal qilish bosqichlari. Hozir ular tartibsiz holatda. Aniqroq tavsiyalar bering. O‘zingizni muammoni hal qilish bosqichlaridina biri sifatida tasavvur qiling. Oldinda turgan odam birinchi bosqich sanaladi.
Guruhlar topshiriqni bajargandan so‘ng, bayonotlarni yuqorida keltirilgan tartibda oching
Tavsiya etilgan tartib:
1.Muammoni aniqlang
2.Boshqalarini qo‘shing
3.Extimoliy eng yaxshi natijani tasvirlab bering
4.Variantlar ro‘yxatini keltiring
5.Kamchilik va afzalliklarni e’tiborga oling
6.Qaysi variantni tanlashni hal qiling
Agar guruhlar bosqichlarni boshqacha tartibda joylashtirgan bo‘lsa, ulardan buni asoslab berishlarini so‘rang, masalan: O‘zingiz tanlagan tartib haqida bizga nima deya olasiz? Bosqichlarning barchasi muhim bo‘lsa-da, ularni boshqa tartibda joylashtirish uchun yaxshi sabab bo‘lishi mumkin.
Eslatma: Bosqichlarning tartibi, ishtirokchilar muammoni hal qilish bosqichlari va elementlari haqida fikrlashlari oldida kamroq ahamiyatga ega. Shuningdek, ularning boshidanoq boshqalarni jalb qilish kabi ba’zi javoblari ishtirokchilar uchun yaxshi ma’noga ega bo‘lishi mumkin.
TARTIBSIZLIK FOYDALI EKANLIGINI AYTING. ULAR O‘RINLARIDAN TURISHLARI LOZIM
Barcha bosqichlar haqida tushunchaga ega bo‘lishi uchun har bir bosqichni qisqacha muhokama qiling:
1. Muammoni aniqlang - Muammoni odam qanday aniqlayotgani, qanday natijaga erishishingizni ko‘ra bilishga yordam beradi. Bir kishining muammosi deb hisoblagan narsa boshqasi uchun muammo bo‘lmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |