Mashg‘ulot: Matematika, Rasm. Mavzu: 2 gacha sanashga o‘rgatish va poyezd vagonchasini chizish: Maqsad


Download 242.8 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi242.8 Kb.
#1042209
Bog'liq
2 gacha sanashga o‘rgatish va poyezd vagonchasini chizis


Mashg‘ulot: Matematika , Rasm .
Mavzu: 2 gacha sanashga o‘rgatish va poyezd vagonchasini chizish:

Maqsad: Bolalarda 2 to‘plam narsalarni taqqoslashga, bitta oz, ikkita ko‘p ekanligi haqida tushuncha hosil qilish . Ko‘p, kam, teng so‘zlarini tushunishga o‘rgatish . Bo‘yoqdan to‘g‘ri foydalangan holda vagonni to‘rtta chiziq chizish orqali ifodalashga o‘rgatish . Mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlash ko‘nikmasini mustahkamlash . Stol ustuni, kiyimlarini iflos qilmaslikka chaqirish, barmoq muskullarini rivojlantirish .

Kutiladigan natija: Bolalar 2 ichida sanashga o‘rganadilar. Qalamni to‘g‘ri ushlash va vagoncha chizish malakasini egallaydilar. Bolalar kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash ko‘nikmasini egallaydilar.
Jihoz: Quyon, sabzi, vago‘nchalar, mashina tasvirlangan rasmli kartochkalar, sanoq palatnolari, mo‘yqalamlar, rasm qog‘ozlari, suv, salfetkalar, to‘plar, rag‘bat kortochkalari.
Mashg‘ulotning borishi:
Bolalar mashina va poyezdning rasmlarini tanlashlariga qarab 2 guruhga ajratiladi. Mashinalar guruhi matematika, poyezdlar guruhi Sa’nat markazida faoliyat ko‘rsatadi. Tarbiyachi matematika markazida shug‘ulanadi. Mashinani ko‘rsatib bu nechta deb so‘raydi?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: To‘plar solingan mashinani ko‘rsatib, to‘plar ko‘pmi? yoki mashinalar ko‘pmi? deb so‘raydi .
Bolalar javobi:
T arbiyachi: So‘ngra o‘zi tushuntiradi . Mashina bitta, to‘plar esa ko‘p. Sanoq palatnosining pastki qismiga bitta sabzi rasmini qo‘yadi, yuqorigi qismiga ikkita quyonchani qo‘yadi, bitta sabzi va bitta ikkita ja’mi, ikkita quyoncha. Pastda esa bitta sabzi. Sabzi oz, quyonchalar esa ko‘p, chunki u ikkita.
Tarbiyachi barcha b olalarga sanoq palatnosining pastki qismiga bitta sabzi, yuqori qismiga ikkita quyoncha rasmini qo‘yishni taklif qiladi va sanatadi . So‘ngra sabzining yoniga ya’na bitta sabzi qo‘yishni taklif qiladi. Endi sabzilar ham, quyonchalar ham teng bo‘lganligini tushuntiradi va sanatadi.
Tarbiyachi : O‘ng qo‘limizda bitta mashinani yuqoriga ko‘tarib ko‘rsatamiz. Chap qo‘limizda ikkita quyonni ko‘tarib ko‘rsatamiz degan topshiriqni beradi . Mashg‘ulot davomida to‘g‘ri va xato javoblar aniqlanib boriladi. To‘g‘ri bajargan bolalalr rag‘batlantiriladi .
San’at markazida yordamchi tarbiyachi shug‘ullanadi. Bolalarning rasm qog‘ozlari quyidagicha tayyorlanib tarqatiladi .








Tarbiyachi : Bolalarga ikkinchi vago‘nning g‘ildiraklari bor. Lekin uning vago‘ni yoq ekan . Birinchi vago‘nga qarab, ikkinchi vago‘nni chizishlarini tayinlaydi. Bolalar to‘rtta chiziqlar o‘tkazib vago‘n hosil qiladi . Qiynalgan boalalarga boshqa qog‘ozda chizib ko‘rsatib tushuntiriladi . To‘g‘ri chizayotganlar rag‘batlantiriladi. Vaqt tugagach bolalar gilam ustiga yig‘iladi va “Poyezd-Poyezd” o‘yini oynatiladi. O‘yin tugagach guruhlar o‘rni almashtiriladi. Mashinalar guruhi san’at markazida , poyezdlar guruhi matematika markazida faoliyat ko‘rsatadilar . Mashg‘ulot oxirida bolalar gilam ustiga yig‘iladi va rag‘bat kortochkalari sanaladi, o‘rinlar aniqlanadi .
Download 242.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling