Mashg`ulot Mavzu: Gemoproteidlar va nukleoproteidlar almashinuvi. Qon zardobi va siydikda mochеvina miqdorini kolorimеtrik aniqlash


Jihozlar: sentrifuga probirkalari, shtativlar, pipetkalar, FEK Ishning bajarilishi


Download 43.66 Kb.
bet4/5
Sana18.02.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1209282
1   2   3   4   5
Bog'liq
14 Laboratoriya

Jihozlar: sentrifuga probirkalari, shtativlar, pipetkalar, FEK
Ishning bajarilishi:
Sentrifuga probirkasiga (tarjiba sinamalari uchun) 0.8 ml dan distillangan suv, 0.2 ml dan qon zardobi va 1 ml dan 10 % uch xlor sirka kislgotasi solib aralashtiriladi. 2- probirkaga qon zardobi o`rniga mochevinaning doimiy standart eritmasi solinadi. 3 - probirkaga (standart sinama uchun) 0.8 ml va 1 ml 10% uch xlor sirka kislotasi quyiladi.
Probirkalarni aralashtiriladi va 15-20 daqiqadan so’ng 10 daqiqa davomida daqiqasiga 1500 aylanma tezligida sentrifugalanadi. 3 ta kimyoviy toza probirka tayyorlanadi. Ularning birinchisiga 0.5 ml tajriba sinamasidagi sentrifuga qilingan probirkalardan, cho’kma ustidagi suyuqlikdan quyiladi, 2-siga 0,5 ml mochevinaning doimiy standart eritmasidan solinadi. 3 -siga esa 0.5 ml distillangan suv solinadi. Har qaysi probirkaga 5 ml rangli eritma solib aralashtiriladi. Barcha probirkalarni 20 daqiqaga (kontroldan tashqari) qaynab turgan suv hammomiga qo’yiladi, so’ng 2 -3 daqiqa davomida oqar suv tagida sovutiladi. Sovutilgach ( 15 daqiqadan kechikmay) tajriba (1-probirka) va standart tajribalar (2-probirka) FEK ning 500-560 nm to’lqin uzunligida (yashil svetofiltr) nazorat eritma qarshisida 10 mm li kyuvetalarda fotometrlanadi.
Mochevinaning zardobdagi miqdori 10 mg % dan ortiq bo’lsa, uni natriy xloridning izotonik eritmasi bilan suyultiriladi, so’ng natijalarni suyultirish nisbatiga ko’paytiriladi. Hisoblashni quyiagi formula bo’yicha bajariladi:
X=E teksh/Est x 100
bunda X -mochevinaning qon zardobidagi miqdori, mg/100 ml; E teksh – tajribaning sinamasining ekstinksiyasi; Est -standart sinamaning ekstinksiyasi; 100 -mochevinaning standart eritmadagi konsentrasiya, mg/100 ml. SI birligida qayta hisoblash uchun olingan natijalarni qayta hisoblash 0.1665 ga koeffisientiga ko’paytiriladi (mochevinaning molekullyar massasi - 60.06).
Sog`lom odam qon zardobida 3,33-8,32 mmol/l (20-50 mg%) mochevina bo`ladi.
Qon zardobida mochevina miqdorining ko’payishi buyrakning surunkali kasalliklarida (buyrak etishmovchiligining stadiyasi, sulema bilan zaharlanishda, ba'zi infektsion kasalliklarda, siydikchiqarish yo’llarining xavfli o’smalarida) kuzatiladi.

Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling